69
va egalarini loyihalash jarayonida faol ishtirok etish uchun taklif qilinadilar. Ekologik binolar
insonlarning
talab va ehtiyojlari, afzal ko‘rishlari va yoqtirmasliklariga qarab moslashtirib
loyihalashtiriladi.
Hozirgi globallashuv davrida arzon va mo‘l-ko‘l energiya va materiallarning borligi
joyning ahamiyati yo‘qdek tuyilishi mumkin.
Aytaylik joy topish, aniqlashtirish muammo
emas. Bir joy ikkinchisi bilan o‘zaro o‘rin almashishi mumkin. Agarda biz dunyoning har
qanday yirik shaharlarining markazida bo‘lsak, biz bilamizki qayerdadir markazda bo‘ldik,
lekin qayerda? Arxitektorlar va ularning buyurtmachilari tomonidan
bir joyni boshqasidan
madaniy va moddiy holatiga ko‘ra farqlanuvchi holatlarini hisobga olmay turib, “yaxshi
bo‘lmagan geografiya” yaratildi. “Jamiyat” so‘zi juda ko‘p ishlatilgan va noaniq so‘zdir.
Bundan farqli o‘laroq “joy” – so‘zi ekologok aloqalar, oqimlar,
davrlar va tarmoqlarning
barchasi moddiy va madaniy xususiyatlarga ishora beradi. Biom esa jamiyatga va ekotizimga
aloqador o‘ziga xos xususiyatdir. Ekologik yuksak salohiyatli loyihaning asosi ham “joy”
uchun loyihalashni ko‘zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: