Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi


Issiqlik tаrmоqlаridаgi issiqlik yoʻqоtishlаri



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə10/10
tarix30.05.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#60067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
eldor kurs ishi

3.4 Issiqlik tаrmоqlаridаgi issiqlik yoʻqоtishlаri
Quvurlаr оrqаli issiqlik tаshuvchi oʻtkаzilgаndа chiziqli Ql vа mahalliy Qm issiqlik yoʻqоtilishlаri vujudgа kеlаdi. Quvurning toʻgʻri yoki egri (burilishlаr, P-shаklidаgi kоmpеnsаtоrlаrning tirsаklаri vа х.k) uchаstkаlаri uzunliklаri boʻyichа chiziqli issiqlik yoʻqоtilishlаri quyidа kеltirilgаn fоrmulа boʻyichа аniqlаnаdi:

Bundа q - sоlishtirmа issiqlik yoʻqоtilishlаr, Vt/m; l-quvur uzunligi, m. Mahalliy issiqlik yoʻqоtishlаri tаyanch kоnstruksiyalаri, flаnеsli birikmаlаr, bеrkituvchi sоzlоvchi аrmаturаlаr, sоlnikli kоmpеnsаtоrlаr vа quvurgа oʻrnаtilgаn bоshqа uskunаlаr оrqаli issiqlik yoʻqоtishlаri nаtijаsidа vujudgа kеlаdi.
Bu yoʻqоtishlаr tаqribаn vа turli usullаr bilаn аniqlаnаdi. Issiqlik tаrmоgʻigа oʻrnаtilgаn аsbоb-uskunаlаr sоni аniq boʻlsа, ulаrdаgi issiqlik yoʻqоtishlаri, issiqlik tаshuvchini hаrоrаti, quvurlаrni oʻtkаzish usullаri vа issiqlik izоlyatsiyasi kоnstruksiyasigа bоgʻliq rаvishdа mа’lumоt bеruvchi аdаbiyotlаrdаn qаbul qilinаdi. Ikkinchi usul flаnеslаr, аrmаturаlаr, tаyachlаr vа issiqlik tаrmоgʻining bоshqа elеmеntlаrini, huddi shu diоmеtrdаgi izоlyatsiyalаngаn quvur yoʻqаtаyotgаn issiqlik miqdоrigа tеng boʻlgаn ekvivаlеnt uzunliklаrdаn fоydаlаnishgа аsоslаngаn.
Bu usuldа qoʻshimchа yoʻqоtilаyotgаn issiqlikni hisоblаshdа quvurlаr uzunligi, shаrtli rаvishdа quvurgа oʻrnаtilgаn аrmаturаlаr, flаnеslаr, tаyanchlаr vа bоshqа elеmеntlаrni issiqlik yoʻqоtilishlаrigа ekvivаlеntrаvishdа uzаytirilаdi.
Аmаldа ekvivаlеnt uzunliklаri:
а)izоlyatsiya etilmаgаn flаnеs jufti uchun-shu diаmеtrdаgi izоlyatsiyalаngаn quvurni 8-10 m gа;
b)izоlyatsiyalаngаn flаnеs jufti uchun-shu diаmеtrdаgi izоlyatsiyalаngаn quvurni –1-1,5 m;
c)diаmеtrni 100-500 mm boʻlgаn izоlyatsiya etilmаgаn аrmаturа uchun issiqlik tаshuvchi hаrоrаti 100 vа 4000 S boʻlgаndа huddi shu diаmеtrdаgi izоlyatsiyalаngаn quvurni mоs rаvishdа 12-24m gа tеng qilib qаbul qilish mumkin.
Izоlyatsiya etilmаgаn tаyanchlаr оrqаli issiqlik yoʻqоtilishlаrni tаrkibаn quvurning chiziqli yoʻqоtilishlаrni 10-12% gа tеng etib qаbul etish tаvsiya etilаdi.


XULOSA
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 aprel kuni «2018−2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarorni tasdiqladi. Hujjat iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish va uzluksizligini ta’minlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish, zamonaviy tejamkor va energiyani iqtisod qiladigan texnologiyalarni joriy etish asosida issiqlik ta’minoti tizimining asosiy fondlarini yangilash va modernizatsiyalash, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida qabul qilindi.
Qarorga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, O‘zbekistonda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi 1950−1970 yillarda ochiq suv taqsimoti hamda bino va inshootlarning isitish tizimlarini issiqlik tarmoqlariga ulash sxemasi asosida tashkil qilingan.
Montaj qilishda kam mablag‘ sarflanadigan, ammo foydalanishda katta miqdorda mablag‘ talab qiladigan bunday markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarining o‘ziga xosligi ichki isitish tizimi va issiqlik tarmoqlari quvurlarining xizmat qilish muddati qisqaligi, issiqlikni ishlab chiqarish, transportirovka va iste’mol qilishda ekspluatatsiya xarajatlarining yuqoriligi, tarmoqlar orqali suv uzatish va issiqlik quvvati ta’minotida belgilangan me’yordan ortiq mablag‘ sarflanishi bilan ifodalanadi.
Bugungi kunda qozonxona uskunalari va tarmoqlarning o‘ta eskirgani sababli, mavjud issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik manbalaridan maqbul darajada foydlanishning imkoni bo‘lmayapti, bu esa issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatiga, iste’molchilarni issiqlik xizmati va issiq suv bilan ta’minlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Markazlashtirilgan issiqlik ta’minotidan uzilgan ayrim ko‘p xonadonli uylar ko‘pincha sertifikatga ega bo‘lmagan va yong‘in xavfsizligi kafolatlanmagan gaz va elektr uskunalari bilan isitilmoqda.
Mazkur qaror bilan mamlakatimizda issiqlik ta’minoti tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:

  • issiqlik ta’minoti tizimiga energiya va resurs tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda joriy etish;

  • ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarning markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minot tizimini o‘rnatish orqali rivojlantirish;

  • jismoniy va ma’naviy eskirgan, tejamkor bo‘lmagan qozonxona agregatlarini, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, almashtirish;

  • energiya resurslari iste’moli va ishlab chiqarilishini me’yor bo‘yicha hisoblashni amalda qo‘llash, iste’molchilarni hamda issiqlik ta’minoti xizmatlarini hisoblash va to‘lovlarni amalga oshirishga avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilish.

  • Qarorda 2018−2022 yillarda markaziy qozonxona, issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan, jumladan, gelioqurilmalarni qo‘llash orqali mahalliy qozonxonalar qurish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimini o‘rnatish parametrlari, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Ushbu qarorda Dasturning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mas’ul etib, shuningdek, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish (ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va iste’mol qilish)ning barcha bosqichlari inobatga olingan holda loyihalarni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda tutuvchi Issiqlik ta’minoti tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilandi.
Yuqorida qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Davlat byudjeti, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, pudrat tashkilotlari mablag‘lari va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1,7 trillion so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Qarorda mahalliy qozonxonalar va xonadonlar ichidagi yakka tartibdagi issiqlik ta’minoti tizimining energiya samaradorligi bo‘yicha shaharsozlik me’yor va qoidalarini ishlab chiqish, bino va inshootlar loyihasida ularga quyosh kollektorlari o‘rnatishni nazarda tutish, shuningdek, quyosh kollektorlarini tayyorlash, sinovdan o‘tkazish va qo‘llashga doir davlat standartlarini ishlab chiqish belgilangan.
Shuningdek, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatda energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda o‘rnatiladigan ichki issiqlik ta’minoti tizimlari ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda ularni Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish nazarda tutilgan.
АSOSIY ADABIYOTLAR
1. K.S.Tashmuxamedova Ekonomika stroitelьstva. Uchebnoe posobie .- TАSI, T.: 2018 g. -162 s.
2. Isamuhamedova Sh.A., Davletov I.X., Saidov M.S., Berdieva D.A. Qurilish iqtisodiyoti. O`quv qullanma. I-qism. – T.: TAQI, 2011
3. Maxmudov E.X., Isakov M.Yu. Kapital qurilish iqtisodiyoti. Maʼruza matnlari. - TDIU, 2007. – 8-18 b.
4. Yodgorov V.U., Butunov D.Ya., Xaitov E.B. Qurilishda bahoni shakllantirish. TАQI. «AQIIM» ShK, T.: 2014g.-245 b.
5. Yodgorov V.U., Butunov D.Ya., Xaitov E.B. Senoobrazovanie v stroitelьstve. TАSI. DP «AQIIM», T.: 2012g.-188s.
6. Isoqov M.Yu. Kapital qurilish iqtisodiyoti (maʼruzalar matni) - T.: TDIU, 2006. - 219 b.
7. Buzыryova V.V. Ekonomika stroitelьstva. Uchebnoe posobie .- M.: 2007.

QOʼSHIMCHA ADABIYOTLAR


1. Gavrilov D.А Proektno-smetnoe delo : Uchebnoe posobie / rets. V.V Bыchkov. - [b. m.] : Infra-M, 2017. - 352 s
2. “Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxda aniqlash qoidalari. Shaharsozlik normalari va qoidalari. (ShNQ 4.01.16–09 Iqtisodiy normativlar). Oʼzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi. Toshkent 2009.
3. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 iyundagi qabul qilingan 261 sonli qaroriga 1-ilova "Obʼektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʼgʼrisida" Vaqtinchalik Nizom.
4. Metodicheskie rekomendattsii po opredeleniyu raschetnix tekuщix sen na ekspluatatsiyu stroitelnix mashin i mexanizmov. Sentr ekonomicheskix reform i senoobrazovanie v kapitalьnom stroitelьstve. Tashkent 2004g.
5. Metodicheskie rekomendatsii po opredeleniyu “Prochix zatrat” zakazchika i podryadchika pri raschete stoimosti stroitelьstva obektov v dogovornix tekuщix senax. Razrabotanы Senrom ERiTsKS. Utverjdenы prikazom Gosedarstvennogo Komiteta Respubliki Uzbekistan po arxitekture i stroitelьstvu ot 28 dekabrya 2007 goda №129. T.: IVS “AQATM”, 2008.
6. «Sbornik smetnix resursnix norm na ekspluatatsiyu stroitelnыx mashin i mexanizmov». Ekonomicheskie normativы. ShNK 4.03.01-04. Gosarxitekstroy Respubliki Uzbekistan. Tashkent 2004g.
7. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish Qoʼmitasining 2008 yil 10 noyabrdagi Qarori bilan tadiqlangan “Loyiha –tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibib toʼgʼrisida” Nizom
INTERNET SAYTLARI:
1. www.gkas.uz (Oʼzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi)
2. www.stat. uz (Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi)
3. www.mf.uz Oʼzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi.
4. www.stroyinfo.uz (Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish Markazi sayti)
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin