2. MARKAZLASHGAN ISSIQLIK BILAN TA’MINLASH TIZIMLARI 2.1 Suvli issiqlik bilan ta’minlash tizimlari Markazlashgan issiqlik bilan ta’minlash tizimi, asosan, isiqlik manbai, issiqlik tarmogʻi, iste'molchiga kirish joyi (wwod) va mahalliy issiqlik iste'mol tizimlaridan iborat boʻladi. Issiqlik manbalarining iste'molchilarga nisbatan joylashishiga qarab, issiqlik bilan ta’minlash tizimlari markazlashtirilgan va markazlashtiriljnagan boʻladi. Markazlashmagan tizimlarda issiqlik manbalari bilan iste'molchilarning issiqlikni qabul qiluvchi moslamalari yagona bir qurilmaga birlashtirilgan boʻladi.
Markazlashtitilgan issiqlik bilan ta’minlash tizimlarida issiqlik manbai va iste'molchilarning issiqlikni qabul qiluvchi moslamalari bir-biriga nisbatan alohida, koʻpincha uzoq maso- fada joylashgan boʻladi va manbaidan issiqlikning iste'molchilarga uzatilishi issiqlik tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
Markazlashtirish darajasi boʻyicha issiqlik bilan ta’minlash tizimlarini quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin:
guruhli — bir nechta guruh binolarini issiqlik bilan ta'min- lash;
tuman — bir necha binolar guruhini issiqlik bilan ta'minlash;
shahar — bir necha rayonning issiqlik bilan ta’minlash;
shaharlararo — bir necha shaharning issiqlik bilan ta’minlash.
Markazlasgan issiqlik bilan ta’minlash tizimlari issiqlik tashuvchi- ning turiga qarab suvli va bugʻli boʻladi.
Suvli issiqlik bilan ta’minlash tizimlari quvurlar soniga koʻra bir, ikki, uch, toʻrt va koʻp quvurli boʻlib, bu quvurlar ichida issiqlik tashuvchi sifatida suv xizmat qiladi. Ochiq va yopiq suv tizimlari farq qilinadi. Yopiq tizimlarda issiqlik tarmogʻidagi suvdan faqat issiqlikni tashuvchi muhit sifatida foydalaniladi.
Ochiq tizimlarda issiqlik tarmogʻidagi suv iste'molchilar tomonidan qisman yoki toʻlaligicha ishlatiladi. Quvurlar soni ochiq va yopiq tizimlarda ikkita boʻladi. Koʻp xollarda shaharni issiqlik suv bilan ta'minlash uchun ikki quvurli suvli tizimlardan foydalaniladi. Issiqlik tizimlarida quvurlar uzatish va qaytish quvurlariga boʻlinadi. Uzatish quvurlari yordamida issiq suv stansiyadan iste'molchilarga yetkazib beriladi, qaytish quvurlari orqali esa sovugan suv yana stansiyaga qaytariladi. Texnologik issiqlik yuklamasi mavjud boʻlgan sanoat tumanlarida uch quvurli tizimlarni qoʻllash mumkin (ikkita uzatish quvuri va bitta qaytish quvuri). Ayrim hollarda koʻp quvurli tizimlardan ham foydalaniladi. Ular eng koʻp kapital mablagʻ talab qiladigan va ishlatilishi murakkab boʻlgan tizimlar hisoblanadi. Yopiq tizimlarda nazariy jihatdan issiqlik manbaidan kelayotgan suv miqdori qaytib ketayotgan suv miqdoriga teng boʻladi. Lekin amalda bir oz farq qiladi, chunki koʻpincha suv kameralardan, armatura va nasoslardan oqib ketishi mumkin.
Yopiq tizimlarda quvurlar soni ikkita boʻlib, issiq suv oʻz issiqligini qurilmalarga berganidan soʻng stansiyaga qaytarilishi lozim. Yopiq tizimlarda iste'molchilarning issiqlik qurilmalariga berilayotgan suvni, tarmoq suvi issitish vazifasini bajaradi. Natijada, iste'molchilarga voʻdoprovod stansiyasidan kelayotgan yuqori sifatli issiq suv berilishi ta'minlanadi. Likin bu usulning kamchiliklardan biri alohida isitgich oʻrnatilishi natijasida issiqlik bilan ta’minlash tizimi murakkablashib ketadi. Isitgichlarda va issiqlik qurilmalarida suv tarkibidagi tuz choʻkmalari oʻtirib qoladi. Issiq suv issiqlik bilan ta’minlashning mahalliy qurilmalarida uskunalarni zang bosadi. Yuklama grafigini tekislash maqsadida issiq suv toʻplagich (akkumulyator) oʻrnatiladi. 2.1.- rasm, g da yashash joylarida ikki xil issiqlik yuklanmasi, ya'ni isitish va issiq suv issiqlik bilan ta’minlash tasvirlangan. Bu sxemaga muvoflq ikkala yuklama, bir-biriga bogʻliq boʻlmagan xolda, alohida sozlanishi mumkin. Isitish qurilmalarini issiqlik tarmogʻiga mustaqil ulash (g sxema) bilan berilayotgan suv sarfini tejash imkonini beradi.
2.1- rasmda issiqlik bilan ta’minlashning ikki quvurli yopiq suvli tizimi tasvirlangan. Unda: a, b, d, e - isitish qurilmalarining issiqlik tarmogʻiga ulanish sxemalari; f, g - issiq suv issiqlik bilan ta’minlash qurilmalarining issiqlik tarmogʻiga ulanish sxemasi; h, i - isitish va issiq suv issiqlik bilan ta’minlash qurilmalarining birgalikda issiqlik tarmogʻiga ulanish sxemasi.
Ochiq tizimlarda Gka > GM tarmoq suvi mahalliy issiq suv tizimining suv tarqatish joʻmraklari orqali tarqatiladi. Ochiq suv tizimlarida tarmoq suv bilan doimo ta'minlab turiladi.
Issiqlik bilan ta’minlashning ochiq suv tizimlari, asosan, ikki quvurli boʻladi. Issiq suv iste'molchilarga stansiyadan uzatish quvuri orqali beriladi. Suvni stansiyaga kaytarish uchun qaytish quvuri xizmat qiladi. Iste'molchilar bevosita issiqlik tarmogʻidagi issiq suv bilan ta'minlanadi.
Ochiq suv tizimlarining yopiq suv tizimlariga nisbatan afzalliklari quyidagilar:
elektr stansiyasi va sanoat korxonalarida ishlatilgan past haroratli suvni issiq suv bilan ta'minlash maqsadida foydalanish mumkin;
mahalliy issiq suv issiqlik bilan ta’minlash qurilmalarining konstruksiyasi sodda va arzon boʻladi, ularda ish muddati ancha uzun; kamchiliklari quyidagilar;
stansiyada issiq suvni tayyorlash murakkab va qimmatga tushadi;
iste'molchilarga berilayotgan suvning sifati sanitariya jihat- dan talabga javob bermaydi;
issiqlik bilan ta’minlash tizimi ustidan sanitariya nazoratini oʻtkazish murakkab;
issiqlik tarmogʻining suv qaytish quvurida suv sarfming doimo oʻzgarib turishi va tarmoqning gidravlik xolati barqaror boʻlishi oqibatida foydalanishning murakkabligi;
issiqlik bilan ta’minlash tizimi zichligini nazorat qilishning murakkabligi.