1.2 ISSIQLIKNI ISTЕ’MOL QILISH GRAFIKLARI Mavsumiy istе’molchilarda oʻrtacha issiqlik oqimlarining qiymatlari va ifodalarga koʻra tashqi havoning haroratiga chiziqli bogʻlanishga egadir. Turar-joy va jamoat binolari uchun isitish va vеntilyatsiya tizimiga boʻlgan oʻrtacha issiqlik oqimlarining minimal qiymatlari tashqi havoninng harorati +8C boʻlganda aniqlanadi (1.1-rasm).
Vеntilyatsiyaga boʻlgan maksimal issiqlik sarfi tashki havoning isitishi uchun loyihalash harorati bilan aniqlanadi va grafikda toʻgʻri chiziq bilan ifodalanadi. Turar-joy tumanlari uchun issiq suvga boʻlgan issiqlik sarflari kun davomida va hafta davomida boʻladigan sarflariga koʻra katta farq qilinadi. Turarjoy binolari uchun qish faslida, hamda yakshanba va bayram kunlarida issiq suvga boʻlgan talab maksimal miqdorda boʻladi.
Ishlab chiqarish korхonalarida esa tехnologik apparatlar juda koʻp miqdorda issiq suv talab qiladi. Shuning uchun ularning vaqt buyicha issiqlik sarfi oʻzgaradi.
1.3 Issiq suv ta’minoti sistemasining turlari Issiq suv ta’minoti tizimi:
a) issiq suv tayyorlash manbai,
b) manbadan iste’molchilarning tarqatuvchi qurilmalariga boruvchi quvurlar hamda
v) issiqlik tashuvchi sarfining parametrlari va nazoratini rostlovchi qurilmalardan iboratdir.
Manbaning joylashish joyiga qarab issiq suv ta’minoti tizimlari markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan bo‘lishi mumkin.
Markazlashtirilmagan tizimlar suv tarqatuvchi qurilmalarga yaqin joylashgan mahalliy manbalardan issiq suv bilan ta’minlanadi. Markazlashtirilgan tizimlarda iste’molchilarga issiq suv tashqi tizimlar orqali IEM va mahalliy qozonxonalardan uzatiladi.
Tashqi suvli issiqlik tarmoqlari orqali markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti 2 turda bo‘ladi: ochiq issiqlik ta’minoti tizimlarida bevosita suv qabul qilish va yopiq issiqlik ta’minoti tizimlarida suv isitgichlarda mahalliy vodoprovod suvini isitish orqali. Tashqi bug‘li issiqlik tarmoqlari orqali markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti ham 2 turga bo‘linadi: bug‘- suvli isitgichlarda vodoprovod suvni isitish orqali va vodoprovod suvni bug‘ bilan aralashtirish orqali.
Mahalliy qozonxonalar orqali markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti tizimlarida issiq suvni isitish usullari qozonlar va suv isitgich uskunalar turlariga bog‘liq buladi. Agarda suv isitish uskunalari katta hajmga ega bo‘lsa, u holda issiq suv suv qabul qilish priborlariga bevosita uzatiladi. Suv isitgich uskunalarida issiq suvni bevosita tayyorlanishi iqtisodiy jihatdan shu bilan ma’qulki, suvning ko‘p miqdordagi zahirasi akkumulyatorlar talab qilmaydi. Issiq suv ta’minoti uchun suvni 60-70 S gacha isitishda katta unumdorli po‘lat suv isitgich qozonlardan foydalanish isitishning qoldiq yuzasi korroziyasining o‘sishi sababli texnik samarasizdirdir. Bug‘li qozonlari mavjud mahalliy qozonxonalarda issiq suv qozonxonaning o‘zida joylashgan bug‘- suvli isitgichlarda isitiladi.
Iste’molchilar maqsadiga qarab turar-joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarining issiq suv ta’minoti tizimlariga ajratiladi. Turar-joy binolari va mexmonxonalarning issiq suv ta’minoti tizimlari stoyaklar va butun bino bo‘yicha o‘rnatilgan suv tarqatuvchi priborlarga boruvchi tarqatuvchi quvurlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Jamoat, ma’muriy va ishlab chiqarish binolarida umumiy issiq suvdan foydalanish punktlari (sanitar tugunlari, umumiy hamda individual dushxona va vannaxonalar, moykalar) bir necha xonalarda joylashgan bo‘ladi. Turar-joy, shifoxona, mexmonxona binolarida suv tarqatuvchi priborlar binoning har xil qavatlarida o‘rnatiladi; kommunal, sport va sanoat binolarining umumiy issiq suvdan foydalanish punktlari asosan birinchi qavatda joylashtiriladi.
Mahalliy issiqlik punktdan suv tarqatuvchi priborlarga boruvchi quvurlar yotqizilishiga qarab: yuqoridan va pastdan taqsimlanuvchi, berk va aylanma mahalliy tizimlarga ajratiladi. Issiq suv aylanishi usuli bo‘yicha issiq suv ta’minoti tizimlari tabiiy va majburiy(nasosli) bo‘ladi