2.2. Bugʻli issiqlik bilan ta’minlash tizimlari Issiqlik bilan ta’minlashda bugʻii tizimlar: bir quvurli va koʻp quvurli, yuqori va kichik bosimli, qaytadigan va qaytmaydigan kondensatli boʻladi. Isitish asboblari bugʻ quvurlariga bogʻliq va bogʻliq boʻlmagan sxemalarda ulanadi. Issiq suv tizimidagi uskunalar bogʻliq boʻlmagan sxema, ya'ni isitkichlar yordamida ulanadi.
Kondensat qaytadigan sistemalar turar joy, jamoat binolari va ishlab chiqarish korxonalari uchun xizmat qiladi. Bugʻ bilan isitish sistemasida, bugʻ sarfi sozlash joʻmragi orqali sozlanadi.
Ventilatsiya, issiq suv issiqlik bilan ta’minlash va texnologik apparatlar uchun bugʻ sarfi avtomatik rostlagichlar, harorat rostlagichi va sarf rostlagichi yordamida sozlanadi. Isitish sistemasi va issiq suv issiqlik bilan ta’minlash sistemasidan keyin kondensat ajratuvchi, kondensat yiguvchi va kondensat nasoslar binolarga kiriladigan joyga oʻrnatiladi. Ventilatsiya va texnologik agregatlarda kondensat ajratuvchilar har bir uskunadan yoki bir guruh uskunadan keyin oʻrnatiladi. Kondensat bitta umumiy quvur boʻyicha qaytadi. Uning diametri uzatish quvurining diametriga nisbatan 3-5 marta kichik boʻladi.
Issiqlik stansiyasiga qaytayotgan kondensatning bosimi yetarli boʻlsa, kondensat yigʻuvchilarda kondensat nasoslar yordamida haydaladi. Bunday kondensat quvurlar bosim quvurlari deb ataladi. Kondensat qaytmaydigan sxemalar turar joy binolari va ishlab chiqarish korxonalaridagi isitish, ventilatsiya va issiq suv issiqlik bilan ta’minlashda juda kam qoʻllaniladi.
Issiqlik iste'molchilari bu sistemalarga bogʻliq boʻlgan sxemalari yordamida ulanadi. Isitish asboblarida hosil boʻlgan kondensat kerakli haroratgacha sovutilib, issiq suv bilan ta'minlashda ishlatiladi (2.3- rasm a, b).
Issiq suvni dushxonalar uchun tez tayyorlashda, bugʻni sovuq suv bilan aralashtirish maqsadida akkumulyator, oqimli isitgichlar va injektorlardan foydalaniladi
(2.3- rasm, d).
Bugʻli issiqlik bilan ta’minlash tizimlarida quvurlar soni korxona ish xarakteri, vazifasi va ishlab chiqarish quwatiga bogʻliq boʻladi. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash, yogʻochlarni quritish, sanoat korxonalari uchun va mavsumiy issiqlik yuklanmalarining oʻzgarishi sezilarli darajada boʻlgan joylarda koʻp quvurli bugʻ tizimlaridan foydalanish mumkin.
Bunda bitta bugʻ quvuri oʻrtacha bugʻ sarfi uchun hisoblanadi, qolgan quvurlar rezerv quvurlar boʻlib, ular korxonaga qoʻshim- cha minimal bugʻ yuklanmalarini yuborishda foydalaniladi. Kondensatning qaytishi, doimo issiqlik bilan ta'minlash tarmoqning iqtisodiyotiga katta ta'sir koʻrsatadi. Agar kondensatning qaytishi toʻxtab qolsa, issiqlik manbaidan kelayotgan issiqlik kam boʻladi. Qaytayotgan kondensatda har xil mexaniq aralashmalar boʻlmasligi kerak. Kondensatlarning yigʻilishi va qaytishi ochiq va yopiq sxemalar boʻyicha keladi.
Ochiq sxemalarda kondensat iste'molchilardan kondensatni ajratuvchi uskunadagi ortiqcha bosim hisobiga yigʻiladi. Bu kondensat kondensat yigʻish punktiga keladi va atmosfera bilan bogʻliq boʻlgan bakda yigʻiladi. Yigʻish punktiga kondensat umumiy kondensat quvuri yoki har xil iste'molchilardan kelayotgan alohida quvurlar orqali uzatiladi.
Kondensatni yopiq sxemalarda yigʻishda iste'molchilardan bakkacha va undan issiqlik manbaigacha boʻlgan hamma uchastkalarda ortiqcha bosim ta'sirida boʻlishi va bosim 0,005 MPa dan past boʻlmasligi kerak. Kondensat yigʻish uskunasida kondensat ustida ortiqcha bosim hisobiga bugʻ yostigʻi hosil boʻlib, havoni soʻrib olishga toʻsqinlik qiladi.
Kondensat ajratuvchidan keyingi ortiqcha bosim, bakka kondensatning kelishi yetarli boʻlmasa, kondensat iste'molchilardan nasoslar yordamida haydab keltiriladi.