Ishlatilgan monomerning
turiga qarab izoprenli, butadienli, xlorprenli,
butadien-stirolli va boshqa turdagi kauchuklar tayyorlanadi.
Sintetik kauchuklar linoleum va pol uchun plitkalarni elimlovchi elimlar
va mastikalar, germetiklar tayyorlashda ishlatiladi. Germetiklar butilkauchuk,
xlorprenkauchuk asosida olinadi. Sintetik kauchuklar
elastiklik xususiyatlari
berish uchun boshqa turdagi polimerlar tarkibiga kiritilishi mumkin.
Vulkanizatsiyalashtirilgan kauchuk tarkibiga, qurum, bo‘r va sh.k. kukun
to‘ldirgichlar kiritib rezinalar olinadi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk va
oltingugurt orasidagi reaksiya natijasida yoki radiatsion ishlov berish tufayli
mahsulotda yangi qo‘shbog‘lar hosil bo‘ladi.
Vulkanizatsiyalashtirilgan
kauchuklar issiqqa bardoshli, Yuqori bikrli, organiq
erituvchilar ta’siriga chidamli bo‘ladi. Kauchukli rezina polbop va
gidroizolyasiya
materiallari, germetiklar va boshqa buyumlar tayyorlashda
ishlatiladi. Rezina chiqindilari uvoqlanib (maydalab) bitumrezinali o‘rama
materiallar va mastikalar olinadi.
Nazorat uchun savollar
1.
Plastmassa nima? U qanday tarkibga ega?
2.
Plastmassa tarkibiga kiruvchi komponentlar qanday vazifalarni bajaradi?
3.
Plastmassalarning asosiy xossalarini aytib bering.
4. Termoplastik va termoreaktiv polimerlar klassifikatsiyasi.
5. Plastmassalarni tayyorlash texnologiyalarini aytib bering.
6.
Polbop, devorbop va bezak polimer materiallarni izohlab bering.
7.
Polimerlar
asosida olinadigan pogonaj, santexnika va boshqa buyumlar
haqida gapirib bering.
8.
Polimer elimlar, mastikalar, qorishmalar
va betonlar haqida gapirib
bering.
9.Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish materiallari to‘g‘risida aytib
bering.
Dostları ilə paylaş: