”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Inden-kumaronli polimer
kumaron, inden, stirol va ularning 
gomologlari kabi aromatik birikmalarni polimerizatsiyalab olinadi. Xom ashyo 
sifatida toshko‘mir qatroni ishlatiladi. U asosida loklar, pol uchun plitkalar 
tayyorlash mumkin.
Polikondensatsion polimerlar 
 
Fenol-aldegidli polimerlar
fenollar (fenol, rezorsin, krezol va boshqa) va 
aldegidlarni (formaldegid, furfurol, lignin va boshq.) polikondensatsiya 
reaksiyalari natijasida olinadi.
Fenol-
formaldegid polimerlari yog‘och, mato, qog‘oz, shisha va mineral 
tolalar bilan yaxshi yopishgani uchun ushbu materiallar kukuni va 
to‘ldirgichlari asosida kompozitsion pressmateriallar va issiqlik izolyasiyasi 


mahsulotlari tayyorlanadi. Ular yog‘och-payraxali plitalar, qog‘oz qatlamali 
plastiklar, shishaplastiklar, mineral paxta yarim bikr plitalari, suvga chidamli 
fanera va opalubkalar, elimlar, bakelit loklari hamda polimer mastikalar, 
qorishmalar va betonlar tayyorlashda bog‘lovchi sifatida ishlatiladi. Qattiq 
rezolli polimerlar asosida press-kukunlar va faolit, ular zaminida esa quvurlar, 
listlar, plitkalar, elektrotexnika buyumlari olinadi.
Fenol-
aldegidli polimerlar olish xom ashyo bazasi katta va nisbatan 
arzon, texnologik ishlov berish oson bo‘lgani uchun maxsus qurilish 
materiallari ishlab chiqarishda keng miqyosda ishlatiladi.
Karbamidli polimerlar
karbamid (mochevina) va formaldegidni organiq 
sintez qilib olinadi. Karbamidli polimerlar oqish-rangsiz, qovushoq-oquvchan 
suyuqlik bo‘lib, pigmentlar qo‘shib istalgan rangga kiritish mumkin. U suvda 
istalgan nisbatda mineral kukun, mayda va yirik to‘ldirgichlar bilan yaxshi 
aralashadi. Organiq to‘ldirgichlar (qipiq, payraxa, qog‘oz maydasi va sh.k.) va 
yog‘ochga katta kuch bilan yopishadi: nisbatan arzon va xom ashyo zaxiralari 
behisob sanaladi.
Karbamid polimeri kuchsiz kislotalar, tuz eritmalari ta’sirida qotadi. 
Mo‘rtligini kamaytirish uchun tarkibiga plastifikatorlar qo‘shiladi.
Karbamid polimeri asosida yog‘och va qog‘oz materiallarni biriktirish 
uchun elimlar, mastikalar, pastalar, qorishmalar va betonlar tayyorlanadi. 
Yog‘och tolali plitalar, yog‘och payraxali plitalar, elimlangan konstruksiyalar 
olishda bog‘lovchi sifatida ishlatiladi. Karbamid smolasi tarkibiga gaz hosil 
qiluvchi komponentlar kiritilib yacheykali plastiklar, ko‘pqatlamli va tolali 
plastiklar tayyorlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin