”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 
bu yerda: 
m
1
– quruq holatdagi linoleumning massasi, g; 
m
2
– suvga to‘yingan linoleumning massasi, g. 
QURILISHDA ISHLATILADIGA POLIMER MATERIALLAR 
(adabiyot va ko‘rgazmali materiallardan foydalanib quyidagi jadvalni 
to‘ldiring) 
Buyum nomi 
Ko‘rinishi (rasm, 
sxema) 
Ishlatilish sohasi 


LOBARATORIYA ISHI № 16 
 LOK VA BO’YOQ MATERIALLARINING ASOSIY 
XOSSALARI.BO’YOQNING YOPISHUVCHANLIGI VA QURISH 
MUDDATINI ANIQLASH. 
1-ISH. BO‘YOQ VA LOKLARNING QUYUQ-SUYUQLIGINI 
ANIQLASH 
Bo‘yoq va loklarning quyuq-suyuqligi O‘zRST shartlarini qanoatlantirishi 
kerak. Masalan, olifning quyuq-suyuqligi viskozimetr asbobida aniqlanadi. Bo‘yoq 
va loklarning quyuq-suyuqligini topishda asosan uch xil viskozimetr ishlatiladi: 
V3-1 (Engler viskozimetriga o‘xshash), V3-4 va sharikli viskozimetr, og‘irligi 
2,033 g bo‘lgan sharik va uzunligi 370 sm, diametri 20 mm li po‘kak bilan 
berkitiladigan shisha naychadan iborat. Bu viskozimetrda olif va lokning quyuq-
suyuqligi shisha naychadagi sharning cho‘kish tezligiga asoslangan. 
 
OLIFNING QUYUK-SUYUQLIGINI VISKOZIMETR VZ-4 DA 
ANIQLASH 
Asbob-uskunalar
: VZ-4 viskozimetri, vizkozimetr uchun shtativ, stakan, 
termometr, sekundomer. 
Ishlash tartibi
. Obdon suyuq eritmada yuvib, keyin quritilgan viskozimetr 
(1-rasm) shtativga o‘rnatiladi. Sinashga tayyorlangan lok, olif yoki bo‘yoq shisha 
tayoqcha bilan aralashtiriladi va 5-10 min tindiriladi. Viskozimetr ostiga 
sinalayotgan suyuqlikni oqib quyilishi uchun hajmi 110 ml dan kam bo‘lmagan 
shisha stakan qo‘yiladi. Viskozimetrning quyi teshigini barmoq bilan berkitib
unga sinaladigan suyuqlikdan (olif, lok yoki bo‘yoq) to‘ldirib quyiladi. Keyin 
zudlik bilan teshikdan barmoqni olib sekundomer yurgiziladi. 
Viskozimetrdan suyuqlikni tushishi to‘xtashi bilan sekundomer to‘xtatiladi. 
Sinash odatda xona haroratida (t=20-22°Cda) bajariladi. 


VZ-4 viskozimetridan 100 ml suyuqlikning oqib tushishi uchun ketgan vaqt 
(sek da) uning quyuq-suyuqligini ifodalaydi. O‘zRST shartlariga ko‘ra, VZ-4 
viskozimetri bilan quyuq-suyuqligi 20-150 sek bo‘lgan suyuqliklar sinalishi kerak. 
Bundan suyuq bo‘lgan boglovchilar uchun VZ-1 viskozimetri ishlatiladi. 
Qaymoqsimon quyuq boglovchilar uchun esa, sharikli viskozimetrdan 
foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin