Quritish apparatlari



Yüklə 411,52 Kb.
səhifə2/13
tarix10.03.2023
ölçüsü411,52 Kb.
#87121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3- mavzu uz-assistant.uz (1)

Tunnelli quritkichlar
Bunday tipdagi quritkichlar to‘g‘ri burchak kesimiga ega bo‘lgan uzun kameradan (koridordan) iborat bo‘ladi (1.97-rasm).

1.97-rasm. Tunnelli quritkich:
1- kamera; 2- vagonlar; 3 - ventilyator; 4- kalorifer.

Kamyera ichida vagonetkalarning sekin harakatlanishi uchun temir yo‘l izlari o‘rnatilgan. Koridorga kiruvchi va undan chiqadigan eshiklar zich yopiladi. Vagonetkalarning ichiga nam material joylashtiriladi. Qurituvchi agent (xavo) kaloriferlardan beriladi. Havo oqimi ventilyatorlar yordamida nam materialga nisbatan to‘g‘ri yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatga keltiriladi. Vaganetkalar esa mexanik chig‘irlar yordamida harakatlanadi.
Tunnelli quritkichlarda qurituvchi agent qisman retsirkulyasiya qilinadi. Bunday apparatlar katta o‘lchamli donasimon materiallarni (masalan, keramik buyumlarni) quritish uchun ishlatiladi. Kamchiliklari: quritish tezligi kichik, protsess uzoq vaqt davom etadi, quritish bir meʼyorda bormaydi, qo‘l kuchidan foydalaniladi.
Lentali quritkichlar. Bunday quritkichlarda material uzluksiz ravishda atmosfera bosimida quritiladi (1.98-rasm).
Quritish kamerasi ichidagi ikkita baraban o‘rtasida uzluksiz lenta tortilgan. Barabanlarning bittasi elektromotor yordamida harakatga keladi, ikkinchisi esa yordamchi bo‘ladi. Nam material lentaning bir uchiga beriladi, quruq material esa lentaning ikkinchi uchidan ajraladi. Quritish protsessi issiq havo yoki tutunli gazlar yordamida olib boriladi.
Bu tipdagi quritkichlar bitta yoki ko‘p lentali bo‘ladi. Sanoatda ko‘p lentali quritkichlar keng ishlatiladi. Qo‘p lentali quritish apparatlarida qurituvchi agent nam materialga nisbatan perpendikulyar yo‘nalgan bo‘ladi. Material bir lentadan ikkinchisiga tushayotganda uning qurituvchi agent bilan kontakt yuzasi ko‘payadi. Bunday quritkichlarda quritish protsessining turli variantlarini tashkil qilish mumkin.


1.98-rasm. Lentali quritkich:
1 -quritish kamerasi; 2- lenta; 3- harakatlanuvchi baraban; 4- yordamchi baraban; 5- kalorifer; 6-bunker; 7-tayanch roliklar.

Lentali quritkichlar ko‘p joyni egallaydi va ularni ishlatish ancha murakkab (lentalarning cho‘zilishi va barabanda noto‘g‘ri joylanish holatlari ro‘y berishi mumkin). Bunday apparatlarning solishtirma ish unumi kichik, solishtirma issiqlik sarfi esa katta, pastasimon materiallarni quritish mumkin emas.


Yüklə 411,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin