Bu turdagi quritish apparatlariga vakuum-quritish shkaflari, aralashtirgichli vakuum-quritkichlar, valsovkali va barabanli quritkichlar kiradi.
Vakuum-quritish shkaflari Bunday kontaktli quritkichlarning tuzilishi oddiy bo‘lib, ular davriy ravishda ishlaydi. Vakuum-quritish shkaflari har xil assortiment bilan mahsulot tayyorlaydigan kichik hajmli ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi.
1.106 - rasmda ko‘rsaiglgan vakuum-quritish shkafi silindrsimon (ayrim vaqtda to‘rri burchakli) kameradan iborat bo‘lib, unga ichi bo‘sh plitalar joylashtirilgan. Plitalarning ichki kismiga suv bug‘i yoki issiq suv yuboriladi.
1.106-rasm. Vakuum-quritish shkafi:
1— quritish kamerasi; 2— bo‘sh plitalar.
Quritiladigan material tarnovsimon idishlarga solinib, plitalarning ustiga qo‘yiladi. Kamera ish paytida jips yopiladi va vakuum hosil qiladigan qurilma (masalan, sirtiy kondensator va vakuum-nasosli qurilma) bilan bog‘langan bo‘ladi. Materialning asta-sekin qizishi natijasida namlik ajralib chiqadi. Hosil bo‘lgan suv burlari havo bilan birgalikda vakuum-nasos orqali so‘riladi. Materialni kameraga joylashtirish va undan olish qo‘l kuchi bilan bajariladi.
Bu turdagi quritkichlar oson oksidlanuvchi, portlash xavfi bo‘lgan va zararli mahsulotlarni quritishda ishlatiladi. Agar sanoat uchun muhim bo‘lgan erituvchilarni (masalan, spirtni) materialdan ajratish lozim bo‘lsa, bunda ularning bug‘lari kondensatsiyalanish qurilmalari yordamida ushlab qolinadi. Vakuum-quritish shkaflarining ish unumi juda kichik, ularni ishlatish uchun qo‘l mehnati talab qilinadi.
Taroqli vakuum-quritkich Bu turdagi kontaktli quritkichlarda material sekin aylanuvchi, gorizontal holda joylashgan taroqli aralashtirgich yordamida aralashtiriladi, natijada apparat davriy ishlasa ham quritish tezligi ancha yuqori bo‘ladi. Taroqli vakuum-quritkichlar qo‘l mehnatini talab qilmaydi.
Quritkich gorizontal bug‘ qobiqli silindrsimon korpusdan tashkil topgan (1.107 - rasm).
Apparat tepasida nam materialni yuklaydigan lyuk, pastki qismida esa qurilgan materialni tushiradigan lyuk bor. Korpusning ichida taroqlari bo‘lgan aralashtirgich joylashtirilgan. Aralashtirgichning taroqlari o‘qda o‘zaro perpendikulyar qilib o‘rnatilgan; baraban uzunligining birinchi yarmida aralashtirgichning taroqlari bir tomonga egilgan bo‘lsa, yarmida esa qarama-qarshi tomonga egilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, aralashtirgnch har 5 ... 8 minutda reversiv qurilma yordamida aylanish yo‘nalishini o‘zgartiradi. Shu sababli apparatga tushgan material davriy ravishda barabanning ichki devori yaqinidan uning markaziga qarab va teskari yo‘nalishda harakat qiladi. Aralashtirgich o‘kining ichida bo‘shliq bo‘lishi ham mumkin, bunday holda bu bo‘shliq orqali isituvchi agent yuborilib, material qo‘shimcha ravishda qizdiriladi. Taroqlar o‘rtasida erkin harakat qiluvchi trubalar materialni intensivroq aylantirish uchun xizmat qiladi. Quritkichning korpusi kondensator va vakuum-nasos bilan tutashgan.
Aralashtirgichi bo‘lgan vakuum-quritkichlar asosan anilin bo‘yoq olishda va kimyo sanoatining boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Asosiy afzalligi - boshqa apparatlarga nisbatan quritish jarayoni past haroratlarda olib boriladi. Unga xizmat ko‘rsatish uchun ishchi kuchi kam talab qilinadi, bunday quritkichlarda portlash xavfi bo‘lgan va zararli materiallarni quritish maqsadga muvofiqdir. Bu apparatlardan material tarkibidan suvsiz erituvchilarni ajratib olish uchun foydalanish mumkin.
Quritilgan materiallarning sifati ancha yuqori bo‘ladi.