Pnevmatik quritkichlar Donador (lekin qovushib qolmaydigan) va kristall materiallarni eritilmagan holda quritish uchun pnevmatik quritkichlar ishlatiladi. Quritish jarayoni uzunligi 25 м gacha bo‘lgan vertikal trubada olib boriladi. Materialning zarrachalari isitilgan havo (yoki tutunli gaz) oqimi bilan birga harakat qiladi. Bunda havo oqimining tezligi qattiq zarrachaning harakat tezligidan katta bo‘ladi (10 ... 30 m/s). Bunday trubasimon quritkichlarda protsess juda qisqa vaqt (1 ... 3 s) davom etadi, shu sababli material tarkibidagi erkin namlikning bir qismigina ajralib chiqadi.
Pnevmatik quritkichda (1.102-rasm) material bunkerdan taʼminlagich orqali vertikal truba-quritkichga tushadi. Havo oqimi ventilyator yordamida kalorifer orqali vertikal trubaga yuboriladi. Trubada havo oqimi material zarrachalarini o‘zi bilan birga olib ketadi.
Havo qurigan material bilan birga yig‘uvchi amortizatorga kiradi, keyin siklonga o‘tadi. Siklonda qurigan material havo oqimidan ajraladi, so‘ngra to‘kish qurilmasi yordamida tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan havo filtrda tozalangandan so‘ng atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib, quritish jarayoni pnevmotransport rejimida olib boriladi.
Pnevmatik quritkichlarda energiya sarfi ancha katta, bu sarf material zarrachasining o‘lchami kichranishi bilan kamayadi, biroq zarrachalarning o‘lchami 8 ... 10 мм dan oshmasligi kerak. Katta o‘lchamli zarrachalari bo‘lgan materiallarni quritish hamda materialdan namlikni chiqarish uchun pnevmatik quritkichlarni boshka tipdagi quritkichlar bilan birga ishlatish zarur. Demak, tuzilishi oddiy va ixcham bo‘lishidan qatʼiy nazar pnevmatik quritkichlarni ishlatish chegaralangan.
Tolali materiallar uchun quritkichlar Tolali materiallarni (masalan, paxta chigitini) quritishga moslangan bir qator apparatlar (ko‘p kamerali, mavhum qaynash qatlamli qurilma, o‘zgarmas issiklik maydonidan foydalanuvchi quritkich, ikkita qobiqli perforatsiyali shnekli apparat) mavjud.
Bir necha seksiyasi bo‘lgan mavhum qaynash qatlamli quritkichning sxemasi 1.103-rasmda ko‘rsatilgan. Bu quritkich to‘g‘ri burchakli kesimga ega bo‘lgan 5 ta seksiyadan iborat, dastlabki 4 ta seksiyada material quriydi, oxirgi seksiya esa qurigan materialni sovitish uchun mo‘ljallangan. Kameraning pastki qismida, tarqatuvchi to‘rning ustida parrakli shnek o‘rnatilgan, bu shnek materialni bir meʼyorda siljitadi va qatlamni qo‘zg‘atib turadi.
1.103- rasm. Ko‘p seksiyali mavhum qaynash qatlamli quritkich:
a— quritish seksiyasi; б— sovitish seksiyasi; 1— quritish kamerasi; 2— kurakchali shnek; 3— gaz taqsimlovchi to‘r; 4— vertikal to‘siqlar; 5—bunker; 6—shnek; 7—material tushiriladngan shnek; 8— havoni tozalash qurilmasi; 9— siklon; 10— tolani uzatadigan shnek; 11, 12— ventilyator; 13— bug‘ kaloriferi.
Apparat quyidagicha ishlaydi. Nam material bunker va taʼminlovchi shnek orqali quritish kamerasining birinchi seksiyasiga beriladi. Kameraning dastlabki 4 ta seksiyasiga ventilyator yordamida yuqori bosimli issiq havo yuboriladi. Havo plastinali kaloriferda isitiladi. Havo oqimining tezligi material qatlamini mavhum qaynash holatida ushlab turish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Material dastlabki seksiyalardan bir tekisda o‘tib quriydi, so‘ngra kameraning oxirgi seksiyasiga o‘tadi. Oxirgi seksiyada qurigan material soviydi, so‘ngra apparatdan chiqib shnekka tushadi va qurigan material tegishli joyga yuboriladi. Ishlatilgan xavo birlamchi tozalanish uchun maxsus qurilmaga tushadi, bu qurilma silindrsimon ko‘rinishda bo‘lib, uning ichidagi to‘rning ustiga shnek o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu yerda materialdan ajralib havo bilan birga ketib qolgan tolalar ushlanib qolinadi. Qurilma ichidagi shnek bu tolalarni ushlab qolib tashqariga chiqaradi. Birlamchi tozalangan havo so‘ngra siklon orqali atmosferaga chiqariladi.
1.104-rasm. O‘zgaruvchan issiqlik rejimi bilan ishlaydigan quritkich:
1-korpus; 2—тишли taroq; 3—чексиз lenta; 4 —to‘r: 5— sovuq va issiq havo beriladigan xonalar; 6,7—vyentilyatorlar; 6’,7’—kollektorlar; 8—kalorifer.
Bunday quritkich bir qator afzalliklarga ega; 1) apparatda borayotgan jarayon, qattkq material mavhum qaynash holatida bo‘lgani sababli, katta tezlikda ketadi; 2) mavhum qaynash qatlamini bir tekisda ushlab turish uchun quritish kamerasiga parrakli shnek o‘rnatilgan, bu shnek yordamida apparatning butun uzunligi bo‘yicha material bir meʼyorda siljiydi; 3) kerak bo‘lganda seksiyalarning sonini o‘zgartirish mumkin, buning uchun siljib turadigan vertikal to‘siqlardan foydalaniladi, bunday sharoitda havo oqimi ventillar yordamida boshqariladi; 4) materialning apparatdan o‘tish vaqtini keraklicha o‘zgartirish mumkin, buning uchun taʼminlovchi va parrakli shneklarning aylanishlar soni o‘zgartiriladi.
1.104-rasmda o‘zgaruvchan issiqlik rejimida ishlaydigan quritkich sxemasi ko‘rsatilgan. Quritish kamerasining ichida ikkita baraban o‘rtasida perforatsiya qilingan «cheksiz” lenta tortilgan. Lentaniig tepasida tishli taroqlar o‘rnatilgan. Kameraning pastki qismi esa xavo tarqatuvchi to‘rdan iborat.
To‘rning tagida bir necha kollektorlar joylashtirilgan. Kollektorlarga ventilyatorlar yordamida birin-ketin issiq va sovuq havo oqimlari yuboriladi. Qalorifer issiq havo hosil qilish uchun xizmat qiladi. Lentaning tepasi ham, pasti ham ish rejimida bo‘ladi. Ishlatilgan havo apparatning tepa qismidan chiqarilib, siklon va filtrda tozalangandan so‘ng atmosferaga uzatiladi.
Bu apparatda quritish jarayoni quyidagicha ketadi. Nam material lenta yuqorigi qismining chap chekkasiga beriladi. Material lentaning harakati va tishli taroqlar yordamida bir tekisda quriydi. Quritish lentaning pastki qismida ham davom etadi. Kameraning pastki qismida joylashgan to‘rdan issiq va sovuq havo oqimlari birin-ketin chiqib turadi. Shunday qilib, quritish jarayoni o‘zgaruvchan issiqlik maydonida olib boriladi. Issiq havo oqimi berilganda (isitish davomida) material qiziydi, yaʼni material tarkibida issiqlikning yig‘ilishi yuz beradi. Sovuq havo oqimi berilganda
(oraliq sovitish davrida) esa isitish davrida yig‘ilgan issiqlik
xisobiga namlikning o‘z-o‘zidan bug‘lanishi sodir bo‘ladi. O‘zgaruvchan
haroratlar maydonidan foydalanilganda namlik va harorat gradiyentlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘ladi, yaʼni issiqlik taʼsirida namlik o‘tkazuvchanlik holati quritish jarayoning borishiga yordam beradi.
O‘zgaruvchan harorat maydoni yordamida ishlaydigan quritkichlar oddiy lentali quritkichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. 1) materialning qizish darajasi nisbatan past; 2) qurigan materialning sifati ancha yaxshi; 3) issiqlikning sarfi avvalgi quritkichga nisbatan 18 ... 20% kam.
Tolali materiallarni quritish uchun moslangan shnekli apparatning sxemasi 1.105- rasmda ko‘rsatilgan.
1.105-rasm. Tolali materiallarni quritadigan shnekli apparat:
1 - korpus; 2— perforatsiyali to‘r; 3— perforatsiyali shnek; 4, 5— ichki va tashqi qobiq; 6-material beriladigan qurilma; 7— tushiruvchi teshik; 8— ishlatilgan havo chiqadigan shtutser.
Bunday quritkich qo‘sh kobiqli silindrsimon shnekli kameradan iborat. Apparat bir necha seksiyadan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Apparat ichidagi shnek o‘ramlarining yuzalari perforatsiya qilingan, qadamlari esa chapdan ungga qarab kamayib boradi. Silindrsimon korpusning pastki qismi ham perforatsiya qilingan. Ichki qobiq yuzasi korpusning perimetri bo‘ylab 30 .. 35% ni, tashqi qobiq esa 60 ... 70% ni egallaydi. Tashqi qobikqa isituvchi agent (masalan, suv bug‘i) beriladi. Ichki qobiqqa esa qo‘rituvchi agent (xavo oqimi) yuboriladi. Isituvchi agent yordamida ichki qobiqqa berilayotgan havo oqimi qizdiriladi hamda quritish kamerasida tegishli harorat rejimi ushlab turiladi.
Nam material taʼminlagich orqali apparatga beriladi, so‘ngra shnek yordamida bir tekisda chapdan o‘ngga qarab harakat qiladi. Kameraning pastki qismidagi to‘r orqali isigan havo oqimi material qatlamidan o‘tadi. Havo oqimi maʼlum tezlik bilan beriladi. Shnekning aylanma harakati va Hchvo oqimining tezligi taʼsirida material satlami bir oz kengaytirilgan holatga keltiriladi. Material bilan qurituvchn agent o‘rtasidagi kontaktni yaxshilash uchun shnek o‘ramlarning yuzalari perforatsiya qilingan. Shnek o‘rami qadamining bir oz kamayib borishn apparatning material bilan to‘lish koeffisiyentini oshiradi.
Shnekli quritkich bir qator afzalliklarga ega: 1) apparat juda oddiy tuzilishga ega; 2) protsess bir oz kengaytirilgan qatlamda olib borilganligi sababli quritishning tezligi ancha katta; 3) shnekning aylanishlar sonini o‘zgartirish orqali apparatning ish unumini boshqarish mumkin; 4) quritish jarayonini bir tekisda olib borish imkoniyati bor.