Quritish apparatlari



Yüklə 411,52 Kb.
səhifə3/13
tarix10.03.2023
ölçüsü411,52 Kb.
#87121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3- mavzu uz-assistant.uz (1)

Barabanli quritkichlar
Bunday apparatlar atmosfera bosimi bilan uzluksiz ravishda turli sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Barabanli quritkich silindrsimon barabandan tashkil topgan bo‘lib, gorizontga nisbatan kichik og‘ish burchagida (1 : 15 - 1 : 50) joylashtirilgan bo‘ladi (1.99-rasm).
Baraban bandajlar va roliklar yordamida ushlab turilib, elektromotor va reduktor yordamida aylantiriladi. Barabanning aylanishlar soni odatda 5 ... 8 min -1 dan ortmaydi. Nam material taʼminlagich orqali vintli qabul qiluvchi nasadkaga beriladi, bu yerda material aralashtirish taʼsirida bir oz quriydi. So‘ngra material barabanning ichki qismiga o‘tadi.

1.99-rasm. Barabanli quritkich:
1 – baraban; 2 – bandaj; 3 – tayanch roliklar; 4 – uzatkich; 5 – tayanch roliklar; 6 – bunker; 7 – nasadka; 8 – ventilyator; 9 – siklon; 10tushiradigan kamera; 11 - tushirish qurilmasi.

Barabanning butun uzunligi bo‘yicha nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning kesimi bo‘yicha materialni bir meʼyorda tarqatish va aralashtirishni taʼminlaydi. Bunday sharoitda material bilan qurituvchi agentning o‘zaro taʼsiri samarali bo‘ladi.
Baraban ichida materialning o‘ta qizib ketish darajasini kamaytirish uchun material va qurituvchi agent (tutunli gazlar) bir biriga nisbatan to‘g‘ri yo‘nalishda bo‘ladi, chunki bundai sharoitda yuqori temperaturali issiq gazlar katta namlikka ega bulgan material bilan kontaktlashadi. Mayda zarrachalarning gazlar bilan ketib qolishini kamaytirish uchun barabandan so‘rib olinayotgan gazlarning tezligini ventilyator yerdamida 2-3 m/s atrofida ushlab turiladi. Ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarilishdan oldin mayda changardan siklonda tozalanadi. Quritilgan material barabandan tashqariga, tushiruvchi qurilma orqali chiqariladi.
Quritilayotgan material donalarining o‘lchamlari va xossalariga ko‘ra apparatlarda har xil nasadkalardan foydalaniladi. Katta bo‘lakli va qovushib qolish xususiyatiga ega bo‘lgan materiallarni quritish uchun ko‘taruvchi parrakli nasadkalar, yomon sochiluvchan va katta zichlikka ega bo‘lgan katta bo‘lakli materiallar ni quritish uchun esa sektorli nasadkalar ishlatiladi. Kichik bo‘lakli tez sochiluvchan materiallarni quritishda tarqatuvchi nasadkalar keng ishlatiladi. Mayda qilib ezilgan, chang hosil qiluvchi materiallarni berk yacheykali dovonsimon nasadkalari bo‘lgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiqdir. Ayrim sharoitlarda murakkab nasadkalardan foydalaniladi.

Yüklə 411,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin