Quritish jarayonining variantlari



Yüklə 424,22 Kb.
səhifə12/19
tarix23.12.2022
ölçüsü424,22 Kb.
#77623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
ITI uchun malumot.

1.1.Tunelli kurtgich

Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritish qurilmalari keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning to`g’ridan - to`g’ri kontakti orqali boradi. Sanoatda kamerali, tunelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavhum qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritgichlar ishlatiladi. Konvektiv quritgichlar ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan hamma quritish qurilmalarining taxminan 80 % ini tashkil etadi.

Tunelli quritgichlar. Bunday tipdagi quritgichlar to`g’ri tӯrtburchak kesimiga ega bo`lgan uzun kameradan (koridordan) iborat bo`ladi (1-rasm). Kamera ichida vagonetkalarning sekin harakatlanishi uchun temir yo`l izlari o`rnatilgan. Koridorga kiruvchi va undan chiqadigan eshiklar zich yopiladi. Vagonetkalarga nam meterial joylashtiriladi. Qurituvchi agent ( havo) kaloriferlarda isitilib beriladi. Havo oqimi ventilyatorlar yordamida nam materialga nisbatan to`g’ri yoki qarama–qarshi yo`nalishda harakatga keltiriladi. Vagonetkalar esa mexanik chig’irlar yordamida harakatlanadi. Tunelning balandligi 2,0-2,5 m bo`lib, uzunligi 25-60 m gacha etadi.



Tunelli quritgichlarda qurituvchi agent qisman retsirkullyatsiya qilinadi. Bunday qurilmalar katta o`lchamli donasimon materiallarni quritish uchun ishlatiladi.

Kamchiliklari: quritish tezligi kichik, jarayon uzok vaqt davom etadi, quritish bir me`yorda bormaydi, qo`l kuchidan foydalaniladi.

1.2. Barabanli quritgichlar.

Bunday qurilmalar uzluksiz ravishda turli sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Barabanli quritgich tsilindrsimon barabandan iborat bo`lib, gorizontga nisbatan kichik og’ish burchagi (3–6o) bilan joylashtirilgan bo`ladi (2–rasm). Baraban bandajlari va roliklar yordamida ushlab turilib, elektrodvigatel’ va reduktor yordamida aylantiriladi. Qurilma uzunligining diametriga nisbati L/D=5 - 6. Barabanning aylanishlar soni 5-6 min-1 Nam material ta`minlagich orqali vintli qabul qiluvchi nasadkaga beriladi, bu yerda material aralashtirish ta`sirida bir oz quriydi. So`ngra material barabanning ichki qismiga o`tadi. Barabanning material bilan to`lish darajasi 25 % dan ortmaydi. Barabanning butun uzunligi bo`yicha nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning kesimi bo`yicha materialni bir me`yorda tarqatish va aralashtirishni ta`minlaydi. Bunday sharoitda materil bilan qurituvchi agentning o`zaro ta`siri samarali bo`ladi.

Baraban ichida materialning o`ta qizib ketishini oldini olish uchun material va qurituvchi agent (tutunli gazlar yoki qizdirilgan havo) bir-biriga nisbatan to`g’ri yo`nalishda xarakat kiladi chunki bunday sharoitda yuqori temperaturali issiq gazlar katta namlikka ega bo`lgan material bilan kontaktlashadi. Mayda sochiluvchan materiallar uchun havoning baraban ichidagi tezligi 0,5–1,0 m/s, katta bo`lakli materiallar uchun 3,5–4,5 m/s dan ortmasligi kerak. Ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarilishidan oldin mayda changlardan tsiklonda tozalanadi. Quritilgan material barabandan tashqariga tushiruvchi qurilma orqali chiqariladi





Yüklə 424,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin