Qur’on,hadis,fiqh,aqida ilmlarining shakllanishi tarixi



Yüklə 27,94 Kb.
tarix01.12.2023
ölçüsü27,94 Kb.
#170915
Dinshunoslik


Qur’on,hadis,fiqh,aqida ilmlarining shakllanishi tarixi

Reja:
1. Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi


2. Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi.
3. Hadislar – Qur’ondan keyingi mo‘tabar manba.
4. Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari, Islom ta’limoti


Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 foizga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziya (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), eron (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 foizini tashkil etadilar 1 . Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Johiliya davridagi ko‘pxudolik. Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr johiliya yoki johiliyat davri deb yuritiladi. “Johiliya” so‘zi adabiy arab tilida “bilmaslik”, ya’ni “yagona xudoAllohni tanimaslik” ma’nolarini beradi. Bu so‘z islom olimlari tomonidan islomdan avvalgi davrga nisbatan ishlatiladi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Ammo ushbu davrni aniqlash, yozma adabiyotning ozligi sabab mushkul. Mil.av. 8 asrdayoq har bir arab qabilasi o‘z sanamiga ega edi. Tez tez bo‘lib turadigan qabilalararo urushlardan so‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib sanamiga sig‘ina boshlardi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makkadagi Ka’ba edi. Makka qadimgi Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi Ka’baga sanamlar to‘plandi. Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam bo‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko‘rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Islomgacha badaviy (ko‘chmanchi) arablarda urug‘ ruhi yoki oila dini etakchi bo‘lgan. Badaviylar arab xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotining asoschilari edilar. Shuning uchun janubiy arablarning lahja (dialekt)lari yo‘q bo‘lib ketdi, ammo shim. Arablarning lahjalari saqlanib, u Qur’on tili sifatida xamon yashab kelmoqda. 7 asr boshigacha ko‘chmanchilar yashaydigan sahrolarda ko‘pxudochilik saqlangan bo‘lsa. O‘troq aholi yashaydigan joylar har tomonlama tashqi ta’sirga uchragan edi. Makka shahrida bo‘ladigan katta bozorlarga savdosotiq uchun na faqat ko‘p xudochilikka ishonuvchilar, shu bilan birga xristian va yahudiy dinlaridagi yakkaxudoga sig‘inuvchilar ham kelishardi. Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab 1 (CD-ROM диск: Энциклопедия стран мира. Version 1.0. Copyright 2001. Studio Korax). 3 qabilalarining yakkaxudo-Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o‘g‘li Muhammad (s.a.v.) nomi bilan chambarchas bog‘liq. 6 asrning oxiri 7 asrning boshlarida, ayniqsa. Hijoz arablari yakkaxudochilikka o‘tishga ma’lum ma’noda tayyor edilar. Biroq, baribir bir qadriyatning qadrsizlanishi hali odamlar ongiga singmagan g‘oyani qadriyatga aylanib, ularning qalbida o‘rin olishi uchun hayotini shunday ezgu ishga bag‘ishlagan jasoratli va tashkilotchi bir shaxs kerak edi. Islom dinining vujudga kelishi. Muhammad ibn Abdulloh-din da’vatchisi va davlat arbobi. ISLOM (arab.-bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirish)- jahonda uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi. «Al – Islom» atamasi Qur’oni karimda semantik jihatdan «al - imon» (e’tiqod) va ad – din (diniy burchlar majmuasi)ga yaqin ma’noda 8 marta uchraydi. Etimologik jihatdan «Islom» atamasi «salima» o‘zagidan olingan bo‘lib, dastlab «salom - tinchlik» ma’nosini anglatdi. U islomdan avval arablarda hukm surgan «johillik» ziddi sifatida ishlatildi. Furqon surasining 63 oyatida aynan shu ma’noda: “Rahmon (Alloh)ning bandalari er yuzida ohista yuradilar, johillar ularga xitob qilsalar, «salom» deb javob beradilar”, - deyilgan. Bu oyat nima uchun arablarning Muhammad (sav) dan oldingi davri «johiliya» va uning davri «islom» deya atalganini aniq izohlab berayapti. Keyin «salima»dan olingan IV – bob «aslama» fe’li (Allohga) bo‘ysunmoq, itoat etmoq, o‘zini bag‘ishlamoq ma’nolarida ishlatila boshladi. Shu fe’lning sifatdoshi «muslim» Allohga itoat etuvchi va uning payg‘ambarlariga (qaysiki bo‘lishidan qat’i nazar Ibrohim (as), Muso (as), Iso (as) va Muhammad (as)larga) ergashuvchi barcha insonlarga nisbat qilindi. Qur’on oyatlari: Bas, (ey, Muhammad,) yuzingiz (o‘zingiz)ni doimo to‘g‘ri bo‘lgan dinda (Islomda) tuting! Insonlarni o‘sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!) Allohning yaratishiga o‘zgartirish yo‘q. Eng to‘g‘ri din shudir! Lekin ko‘p odamlar bilmaslar (Rum surasi, 30;30). Ibrohim o‘z o‘g‘illariga, shuningdek, (nabirasi) Ya’qub ham shu dinni vasiyat qilib dedilar: “O‘g‘illarim, albatta, Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmonlik holingizdagina dunyodan o‘tingiz!” (Baqara surasi, 2;132). Iso ulardan kufrni sezgach, aytdi: “Alloh sari (borishimda) menga yordamchilar kim?” Havoriylar aytdilar: “Biz Alloh (dinining) yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va Allohga (bo‘yin sinuvchi) musulmon ekanimizga guvoh bo‘lgin (ey, Iso!) (Oli Imron, 3;52). Nihoyat, Moida surasining 3 - oyatida «Islom» so‘zi ayni Muhammad (sav) e’lon qilgan dinga nisbatan ishlatildi. «Bugun dininglarni takomuliga etkazdim, sizlarga ne’matimni oxirigacha berdim va dininglar «Islom» bo‘lishiga rozi bo‘ldim». Demak, «Islom» lug‘aviy jihatdan Allohga itoat etish, o‘zlikni unga bag‘ishlash ma’nolarida johiliya arablarining o‘jarligi, qiziqqonligi, takabburligiga zid qo‘yildi. Sunniy ulamolar orasida keng tarqalgan fikrga ko‘ra «ad – din» tushunchasi «al – islom», «al - imon» (Allohning va uning Rasuli Muhammad 4 (sav) bergan barcha xabarlarning haqligi) hamda «al - ihson» (husni axloqqa asoslangan amallar)ni o‘z ichiga oladi. ASSALOMU ALAYKUM (arab. sizga tinchlik, salomatlik tilayman) - musulmonlar o‘zaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul qiluvchi "Va alaykum assalom" ("Sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman"), deb javob qaytaradi. A.a. tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi. Kichik yoshdagilar yoshi ulug‘larga, ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan kishi o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi. A.a. ko‘pchilik huzuriga kirib o‘tirishda ham aytiladi. A.a. deyish sunnat, javob qaytarish esa vojib hisoblanadi. A.a. namoz o‘qiyotgan kishining namozi tugaganining alomati hamdir. AShOB - q. Sahoba. Muhammad payg‘ambarga nozil bo‘lgan birinchi sura, al-Alaq! Surasidir. Unga ko‘ra insonni ilmga da’vat qilinadi, ilm ulug‘lanadi. "(U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U insonga qalam Bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi. Darhaqiqat inson xaddidan oshar. (Ey, inson!) Albatta, qaytish Rabbing huzurigadir."1 Muhammad (s.a.v.) ana shunday shaxs sifatida nafaqat arablar dunyosida, balki butun musulmon olamida yangi sivilizatsiyaga asos soldi. 40 yoshidan boshlab u Allohdan kelgan vahiylarni o‘z qabiladoshlariga etkazadi. MUHAMMAD (sav) (571-632) –islom dini asoschisi va payg‘ambari. Musulmonlar e’tqodiga ko‘ra, Allohning oxirgi payg‘ambari va elchisi. Muhammad ismiga “sallalohu alayhi vassallam” (sav) –“unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin” deb salovat aytib qo‘shib qo‘yiladi. Rasul (arab.-yelchi) islom an’anasida Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil qilingan va targ‘ibot yuritish, da’vat qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan payg‘ambar. Muhammad (s.a.v.) ga nisbatan doimo Rasul nomi qo‘llanib kelinadi. Nabiy-kitob nozil qilinmagan payg‘ambar. Shu boisdan ham har bir rasulni nabiy deb atash mumkinligini, ammo nabiylarni Rasul deb bo‘lmasligi qayd qilingan. Nabiy (arab.-ko‘ligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) payg‘ambar, Allohning farmoyishini insonlarga etkazib beruvchi vositachi shaxs. O‘zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga (ya’ni Alloh elchisi) ato etilgan kitob va shariatga amal qilmoqqa buyurilgan payg‘ambarlar nabiylar deyiladi. Nabiylarning hech biri rasul bo‘la olmaydi, ammo rasullarning har biri Nabiy nomi bilan ataladi. Allohdan vahiy olib turuvchi shaxs Qur’onda Muhammad (sav)ning rasul (elchi) degan ismi bilan bir qatorda eng asosiy sifatlaridan biri. Islom dini paydo bo‘lgan davrga kelib yakkaxudolik g‘oyasi havoda kezib yurardi: yangi haqiqiy Xudoni topishga xarakat qilgan juda ko‘p din targ‘ibotchilari-payg‘ambarlar paydo bo‘ldi. Bo‘lajak islom sivilizatsiyasining diniy poydevorini qurgan Muhammad shulardan edi. 1 Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Шайх Абдулазиз Мансур. Т.: 2007,597-б. 5 Muhammad payg‘ambar iudaizmga ham, xristianlikka ham hurmat bilan munosabatda o‘lgan, ularni Xudo nafasi tekkan kitoblarga ega dinlar deb hisoblagan. Ammo islomda to‘la vahiy yuborib Zabur, Tavrot va Injilda yozilgan ko‘pgina narsalarni bekor qilgan deb xisoblagan. Muhammad payg‘ambar paydo bo‘lishining teran mazmuni shundan iboratki, u ilohiylikning arablarga hozirgi davlatchilik poydevorini qurish imkonini bergan. Shunday qilib, Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan bo‘lgan Muhammad ibn Abdulloh “fil yili”-Abrahaning Makkaga yurishi muvaffaqiyatsiz tugagan yil, ya’ni taxminan 570 yilda tug‘ilgan deb hisoblash qabul qilingan. U uncha boy bo‘lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tavallud topgan. Muhammad (AS) go‘dakligidayoq etim qolgan, tug‘ilmasidan olidin otasi Abdulloh, olti yoshligida esa onasi Omina vafot etgan. Muhammadni o‘z tarbiyasiga olgan bobosi Abdumutalib ham ko‘p o‘tmay vafot etadi. Etim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib o‘z zimmasiga oladi. Muhamad amakisining podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi, karvonlarni kuzatib boladi. Savdo ishlari bilan Suriyaga safar qiladi, u erda xristian diniy ta’limoti bilan tanishadi. Muhammadning Makka shahrining siyosiy hayotida ishtirok etgani, Ka’bani suv toshqini vayro etgach, uni tiklashga ko‘maklashgani ma’lum. U 25 yoshga to‘lganida badavlat ayol xadichaga uylanadi. Xadicha katta savdo ishini o‘zi boshqarardi. Muhammad Damashq, Hiro, Makka va Yaman oralig‘ida qatnab, savdo ishlarini olib boradi va muvaffaqiyatga erishadi. Muhammad (AS) dan Xadicha uch o‘g‘il (Qosim, Tohir, Tayib) va 4 qiz ( Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) ko‘rgan. O‘g‘illari go‘dakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad (AS)ning naslini davom ettirgan. Musulmon mamlakatlaridagi ko‘pchilik sulolalar (Hasaniylar, Husayniylar, Idrisiylar, Fotimiylar, Sa’diylar vab.) hamda barcha sayyidlar Fotima va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. Muhammad (SA) Xadicha hayotligida uylanmagan. Vafotidan so‘ng bir necha bor uylanganlar. Lekin Oyshadan boshqa qiz xotin olmaganlar, ulardan farzanda ko‘rmagan. Joriyalari Moriyadan Ibrohim ismli o‘g‘li yoshligidayoq vafot etgan. Muhammad (AS) 40 yoshga to‘lgunga qadar ko‘pincha yolg‘iz ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar, o‘yga tolardi. 610 yilning ramazon oyida Hiro tog‘ining g‘orida ibodat qilayotganida Allohdan Jaroil farishta vositasida birinchi vahiy tushadi va Qur’oni Karimning “Alaq” surasining ilk oyati nozil bo‘ladi. “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad, btun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni lahta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) o‘rgatgan zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi.” Arabcha “iqra’” (o‘qimoq) so‘zi o‘qi yaqin ma’noli “qr’” o‘zagiga ega bo‘lib, “yod o‘qimoq” va “qiroat qilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Qur’on so‘zi ana shu o‘zakdan kelib chiqqan. Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodatda “La ilaha illallohu Muhammadun Rusul-Alloh” (Allohdan o‘zga iloh, Muhammad uning 6 payg‘ambaridir), deb uqtiradi. Qur’oni Karimda Allohning yagonaligi va buyukligi juda ko‘p bor Qur’oni Karimda ta’kidlanadi. 1 Baqara surasi. 255. “ Alloh-undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) hamisha barhayot va abadiy Turuvchidir. “2 Birinchi bo‘lib Bibi Xadicha, keyin amakivachchasining o‘g‘li Xaydar (Ali) , asrandi o‘g‘li Zayd ibn Xoris islomga kiradi. Biroq, Makkadagi boshqa qabiladoshlari Muhammad (s.a.v.) targ‘ibotlariga tish tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar. Vaqt o‘tishi bilan musulmonlar soni 30ta ga etdi. Musulmonlar o‘z dinlarini 3 yil yashirish saqladilar. Ochiq da’vatdan so‘ng Makka mushriklari Ab Bakr, Usmon ibn Affon kabi islomni qabul qilgan ulug‘ va badavlat zotlarga hech narsa deya olmasalarda ammo zaif, kambag‘al, himoyasiz musulmonlarni qattiq siquvga oldilar. Makka mushriklarining zulm va sitamlari kuchayib ketgach, Payg‘ambar qiyinchilikda qolgan musulmonlarni Habashistonga hijrat qilib ketishga buyurdi. Shunda 11 erkak va 4 ayoldan iborat guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo‘ylab ketdilar. Ularni Habashistonda Oqsum podsholigi yaxshi kutib oldi. Xristianlar bilan ular yaxshi hayot kechira boshladilar. Bir yildan so‘ng Alining akasi jafar ibn Abi Tolib boshchiligida 80 kishi Xabashistonga ko‘chib bordi. Ayni paytda Makkada ahvol yomonlashdi, Quraysh zodagonlarining Muhammadga dushmanligi ortdi. 620 yilda Xadichaning so‘ngra Abu Tolibning vafotidan so‘ng Muhammad (SA)ning hayoti xavf ostida qoldi. Shundan so‘ng payg‘ambar Toifga yo‘l oldi u erda hech kim islomni qabul qilmadi. Shu qiyinchiliklarda “Isro va Me’roj” voqeasi yuz beradi. “Me’roj” voqeasi – Muhammad payg‘ambarning Buroq nomli afsonaviy otida tunda Makkadan arshi-a’loga mo‘jizali safari bilan bog‘liq. Ma’lumki, Islom ilohiyotida Muhammad payg‘ambarning arshi a’loga chiqishlari qissasi muhim o‘rin egallaydi. Unga ko‘ra, Jabroil (a.s.) Allohning amri bilan Muhammad payg‘ambarni bir kechada Ka’badan Buroqqa mindirib, Masjidi Aqsoga olib borgan. U erda payg‘ambar ikki rakat nomoz o‘qiganlaridan so‘ng samoga ko‘tarilib ketganlar. Allohning sevimli Rasuli (s.a.v.) etti qavat osmonga sayr qilib o‘zidan oldin o‘tgan barcha payg‘ambarlar bilan uchrashadi. ISRO VA ME’ROJ – islom tarixida Muhammad (sav)ning Makkadan Quddusga qilgan tungi sayri (Isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan osmonga ko‘tarilishlari (Me’roj). Xadis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad (sav) boshchiligida tunda ko‘p yillik masofani bosib o‘tib, bu samoviy sayohatlaridan boy xotiralar bilan qaytishgan. Jumladan, etti qavat osmon oraliqlarida o‘zlaridan oldingi o‘tgan yirik payg‘ambarlar bilan muloqotda bo‘lishgan. Jannat va do‘zahni 1 Қаранг: Ислом ҳуқуқи.Олий ўқув юртлари учун дарслик. Раҳманов А.Р, Раҳманов А.Р. –Тошкент: “ТДЮИ” нашриёти, 2007, Б. 41. 2 Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Бақара сураси. “Тошкент ислом университети”, 2007, 50 б. 7 omosha qilishgan. 5 vaqt nomoz ham shu kechada farz qilingan. Islom olamida har yili rajab oyining 27 kechasini bayram sifatida nishonlanadi. Qur’oni karimda quyidagi oyati nozil bo‘lgan. Qadr surasi. “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Albatta. Biz uni (Qur’onni “Lavhul-mahfuzdan birinchi osmonga) Qadr kechasida nozil qildik. 2. (Ey, Muhammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! 3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. 4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan erga) tusharlar. 5. U (kecha) to tong otguncha salomatlikdir.”1 Da’vatning o‘ninchi yili haj mavsumida Payg‘ambar Makkaning shimolida “Aqaba” degan tepalikda Yasrib (Madina)dan kelgan 6 kishini islomga qabul qiladi. Bu uchrashuv islom tarixida “Birinchi Aqaba bay’ati” deb nom oldi. Ular “bay’at” (qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj masumida madinaliklardan 12 kishi, uchinchisida 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqelardan so‘ng Rasullulloh Madinaga hijrat qilishga qaror qiladi. Muhammad (s.a.v.) dastaval madinaliklarni birlashtirish choralarini izladi va topdi. Madinadagi ikkita asosiy qabila avs va hazrajlar doimo olishib kelardilar. Bu olishuvning davom etishi aslo mumkin emasdi. Chunki har yili Makka ziyoratiga kelgan Madinaning AVS va xazraj qabilalari vakillari payg‘ambarga sodiqlikka, yordam berishga va’da qilib, Yasribga ko‘chib borishga ko‘ndirishadi. 622 y. 20 sentyabrda Madinaga ko‘chib o‘tadilar. Islomning Madina davri katta tarixiy ahamiyatga ega. Musulmonlar birinchi marta alohida diniy jamoa (umma) bo‘lib yashay boshladilar. Bu esa diniy qoidalarini takomillashtirishni tezlashtirib yubordi. Namoz, azon, ro‘za, zakot tahorat, ibodat va boshqa amallari ishlab chiqiladi. Musulmonlar namoz o‘qiladigan kun juma deb belgilandi. Ka’ba muqaddas xaj ziyoratgohi deb belgilandi. U islom dinining asosiy ziyoratgohi Qiblaga qarab namoz o‘qiladigan bo‘ldi. Madinada birinchi masjid, Payg‘ambarning uylari quriladi. Madinaga ko‘chib kelganlar muhojirlar, madinaliklar ansorlar (yordamchilar) deb ataladi. Islom dini paydo bo‘lgunga qadar Arabiston jamiyatida tartibni saqlash vazifasini asosan xakamlar bajargan. Qabilalar, urug‘lar va jamoalar o‘z nizo va janjallarini o‘z kohinlarining ajrimi bilan hal qila olmasalar, hakamga murojaat etganlar. Hakamlikka eng hurmatli va obro‘li odam chaqirilgan. Qonunchilik va sud xokimiyati hakam qo‘liga vaqtinchalik topshirilgan va u nizo taraflarini yarashtirgan, ba’zan arab qabilalarining siyosiy faoliyatiga aralashgan. Yasribda Muhammad (AS) aynan shunday hakam sifatida chaqirilgan. Hakamlik faoliyati Payg‘ambarning Yasribda siyosiy va ma’naviy yo‘lboshchi 1 Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. “Тошкент ислом университети”, 2007, 598 б. 8 sifatidagi mavqeini yanada kuchaytirishga ko‘maklashgan. Vaqtinchalik chaqirilgan hakamdan doimiy xakamga aylangan. Muhammad (AS) hayotining so‘nggi yillarida Arabistondagi turli qabilalar vakillarining Payg‘ambar xuzuriga o‘z nizolarini ajrim qilib berishini so‘rab kelgan. Arabiston musulmonlari ko‘z o‘ngida Muhammad (SA) mohiyat e’tibori bilan o‘z xokimiyatini emas, balki Alloh xokimiyatini amalga oshirgan. Shu ma’noda Qur’oni karim suralarida Muhammadning barcha amallari va buyruqlari yuz bergan voqealar zamirida Allohning irodasi yotishi qayta qayta ta’kidlanadi. Muhammad (s.a.v.) ning xuddi diniy ruhi kabi tiniq siyosiy ongi natijasida musulmon jamoasi Nizomi yuzaga keldi. Bunga ko‘ra, ansor (madinaliklar) va muhojir (makkalik) lar yagona bir jamoa (umma) bo‘lib, bunga o‘z e’tiqodlariga kelgan holda yahudiylar va mushrikiylar ham kirar edilar. Umma teokratik (diniy ruhdagi) siyosiy tashkilot bo‘lib, Muhammad (s.a.v.) uning ham diniy, ham dunyoviy, ham xarbiy rahbari bo‘ldi. Natijada, qarama-qarshi manfaatlar barham topib, barcha janjalli masalalarni xal etish Allohning rasuli(elchisi) Muhammad (s.a.v.) ixtiyoriga o‘tdi. Etnik ziddiyatlarni hal etish yo‘li topilgach, Muhammad (s.a.v.) yangi dinning rasm rusumlarini shakllantira boshladi. Avvalo, Ka’baga haj qilish, tahorat qilish, namoz o‘qish, ro‘za tutish rasm rusumlari ishlab chiqildi. Birinchi masjid qurilib, unda musulmonlar namozni Quddusi sharif (Ierusalim)ga qarab o‘qidilar. 1,5 yil o‘tgach, musulmonlar nigohi Makkaga qaratildi. Aqso masjidi. (arab.-uzoqdagi masjid)-Quddus (Ierusalim) shahridagi yahudiylik an’anasida muqaddas hisoblangan (Sulaymon ibodatxonasi). Qur’onda shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar jamoasining a’zolari Aqso masjidi tomonga qarab ibodat qilganlar. 624 yili Makadagi Ka’ba qibla deb e’lon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish to‘xtatilgan. Shu tariqa Madinada vahiy orqali islom teokratiyasining Muqaddas qonuni shariat tushirildi. Shariat diniy, ijtimoiy va yuridik ta’limotlarning asosiy tamoyillari, chunonchi: Umma, adliya, qullarni ozod qilish, yashash huquqi, nikoh, azon, qibla, bag‘rikenglik va boshqalar ta’riflab berildi. Ushbu tamoyillarga musulmonlar hozirgacha rioya qilib keladilar. 1 Umma-madinada Muhammad Payg‘ambar izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa keyinchalik barcha muslmonlar tushunilgan. Bu ummaga kirgan makkaliklarni birlashtiruvchi zamin qon qarindoshlik, urug‘chilik tamoyili emas, yagona Allohga e’tiqod birlashtiradi. Adliya. Islomgacha qonga qon olish qoidasi amal qiladi: agar bir jamoa a’zosi boshqa jamoa vakilini o‘ldirsa yoki yarador qilsa, birinchi jamoa qasos olish huquqiga ega bo‘ladi. Qur’onda Kimki u qasosni sadaqa qilib kechib yuborsa, u 1 Қаранг: Ислом ҳуқуқи. Олий ўқув юртлари учун дарслик. Раҳманов А.Р, Раҳманов А.Р. –Тошкент: “ТДЮИ” нашриёти, 2007, Б. 48. 9 gunohlariga kafforatdir. Alloh nozil etgan oyatlar bilan hukm qilmaydiganlar, anna o‘shalar zolimlardir. (Moida surasi, 45-oyat.) Undan tashqari Qur’oni karim bir mo‘min boshqa mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir degan. Qullarni ozod qilish. Musulmonlarga islomni qabul qilgan qullarni ozod qilishni buyuradi. Abu Hurayra (RA) rivoyat qiladi: “Har qanday kishi bir musulmon kishini qullikdan ozod qilsa, Alloh taolo o‘shal qulning (ozod bo‘lgan) har bir a’zosi badaliga uning bir a’zosini jahannam o‘tidan xalos qilur dedilar. Yashash huquqi. Islomgacha johiliyat davrida Arabistonda qiz tug‘ilishini xoxlamagan arablar ularni tug‘ilgan zahoti triklayin ko‘mib tashlardi. Qur’on bunday odamkushlikni ta’qiqladi: “Ey, insonlar, bolalaringizni qashshoqlikdan qo‘rqib o‘ldirmangiz ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o‘ldirish shubhasiz katta gunohdir”. (“Al-isro” surasi 31-oyat). Nikoh. Nikohda ayol o‘z sepiga egalik qiladigan, erining mol mulkini meros qilib oladigan, shaxsiy mulkka ega bo‘ladigan, moliyaviy masalalarni hal qilishda ishtirok etadigan bo‘ldi. Etimlar va bevalarni ximoya qilish uchun ko‘p xotinlikka ijozat berildi. Ko‘p xotinli erga o‘zining barcha xotinlariga nisbatan adolatli bo‘lish talab etiladi. Azon - namozga chaqirish. Birinchi muazzin (namozga chaqiruvchi) islom dinini qabul qilganidan keyin ozod bo‘lgan habash qul Bilol bo‘lgan. Qibla musulmonlar namoz vaqtida qarab turadigan tomon. Dastlab Muhammad Payg‘ambar musulmonlarni Quddus (Ierusalim)ga qarab namoz o‘qishga buyurgan. Lekin Madinada nozil bo‘lgan Qur’on oyati bilan Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) muslmonlar uchun Qibla qilib belgilangan. Ka’badagi Muqaddas masjid islomning bosh ziyoratgohiga aylandi. Bag‘rikenglik. Qur’onda yahudiylar va xristianlarga nisbatan bag‘rikenglikni buyuradi. Ularning muqaddas kitoblari Tavrot va Injilni muqaddas deb e’lon qilingan, ammo yahudiylar va xristianlar to‘g‘ri yo‘ldan ozishda ayblanganlar. Islom dinida zo‘rlash yo‘q. Makkaning fath etilishi, xalifa saylash to‘g‘risidagi tortishuvlar. Vahdoniyatga o‘tish arab qabilalari o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish va ularni Alloh va uning qudrati g‘oyasi atrofida birlashishi, jamiyatda ma’naviyatni qaror toptirish, qudratli islom davlatini barpo etish mumkinligini Muhammad (s.a.v.) va uning ozgina tarafdorlari ravshan tasavvur etsalarda, ammo arab jamoatchiligini bunga ishontirish uchun keng tashviqot targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish bilan birga, ayni choqda moddiy va xarbiy qudrat kerak edi. Madinaliklar musulmonchilikni asta sekin qabul qildilar. Makkaliklar uchun kuch ishlatmasdan bunga erishish amri mahol edi. 624 y.da Badrda, 625 y.da Uhud tog‘i etagida bo‘lgan janglar makkaliklarni bo‘ysundirish u yoqda tursin, aksincha, ularni g‘azabini oshirib yubordi. 626 y.da makkaliklar madinaliklargi qarshi katta kuch bilan harbiy yurish boshlab, Madinani qamal qildilar. Biroq, makkaliklar o‘z niyatlariga erisha olmay, orqaga qaytdilar. Shundan so‘ng madinaliklarning obro‘yi oshib, badaviylar ham islomga kira boshladilar. Makka mushriklar esa 10 Muhammad (s.a.v.) boshliq musulmonlar bilan tenglik asosida muzokara olib borishga majbur bo‘ldilar. Xudaybiya bitimiga ko‘ra, makkaliklar madinaliklarning Ka’ba ziyoratiga kelishlariga ruhsat berdilar. Madinaliklar esa Makka savdo karvonlariga hujum qilmaydigan bo‘ldilar. 632 y. Muhammad (s.a.v.) oila a’zolari bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi va bu xol Makkaning musulmon olamining diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil kesil mustahkamladi. Ular mavjud muammolarni kelishuvchilik bilan amalga oshirishga majbur bo‘lishdi va Xudaybiya bitimi tuzishdi. Uniga ko‘ra, kelasi yili Madina musulmonlarining Ka’ba ziyoratiga to‘sqinlik qilmaslik, ular Makkaga kelgan kunlari shahardan tashqariga chiqib turish majburiyatini oldilar. Madinaliklar o‘z navbatida Makkaliklarning karvonlariga tegmaydigan bo‘ldilar. Bu davrga kelib Makkaliklarning G‘arbiy Arabitondagi siyosiy ta’siri tobora zaiflasha boshlagan edi. Shu sharoitda Makka xukmron doiralari M. (sav) jamoasi bilan munosabatlarni mustahkamlash zarurligini tushunib eta boshladilar. Makkaliklar Muhammad payg‘ambar jamoasiga qo‘shildilar. Ko‘pgina qabilalar islomni qabul qildilar. Hijraning 10-chi yili M. Payg‘ambar madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordilar. Madinaga qarshi kurashning etakchilaridan Abu Sufyon M. (sav) tarafiga o‘tdi. 630 y.da Makka M. (sav)ga jangsiz taslim bo‘ldi, islomning diniy markaziga aylandi. Ka’ba ichidagi butlar, sanamlar buzib tashlandi.U yangi dinning muqaddas sajdagohiga aylantirildi. Bu erga ziyorat (haj) qilish bu dinning shartlaridan biri deb e’lon qilindi. Buni islomda jajjat-ul vido deyiladi. Ya’ni vidolashuv haji. Mana shu ziyorat Makkaning islom diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil kesil xal qildi. Payg‘ambarimiz (sav) Arafotda 120 ming hojilar xuzurida olamshumul, mashhur xutbalarini o‘qiganlar. Eskidan qolgan butun yomonliklarni, qon da’vosini, sudho‘rlikni, qimorni, fahshni, har turli haqsizliklarni bekor qildilar. Musulmonlar o‘rtasida mol, jon, nomus xavfsizligini ta’minladilar. Erkaklarning xotinlari va xotinlarning erkaklari ustidagi haqlarini tushuntirdilar. Barcha musulmonlarning birodar ekanligini aytdilar. “Sizlarga ikki narsani qoldiryapman, agar unga mahkam yopishsalaringiz, haq yo‘ldan hech qachon adashmaysizlar. Biri Allohning kalomi, ikkinchisi mening sunnatimdir”, degan muborak xadisni aytdilar. Hajdan qaytgach, o‘zini juda charchoq, holsiz sezgan Muhammad (s.a.v.) uch oy o‘tgach 632 y. 8 iyunda o‘pka shabadalashi (plevrit) kasalligi bilan vafot etdi. Muhammad qazo qilgach, Makka va Madina ulamolari ijmo (kelishuv) yo‘li bilan saltanat boshlig‘i halifa izdoshni belgilash tamoyiliga amal qilib, uning eng yaqin safdoshi, do‘sti va qaynotasi Abu Bakr (r.a)ga hokimiyatni topshirdilar. Xalifa Abu Bakr Muhammad payg‘ambarning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (Oyshaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning Quraysh qabilasidan. Muhammad da’vati bilan islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan. Isro va me’roj hodisasini 11 eng birinchi bo‘lib tasdiqlagan. Payg‘ambar unga Siddiq, ya’ni imoni kuchli deb laqab bergan. Umar ibn Xattob dastlabki to‘rt xalifaning ikkinchisi, buyuk davlat arbobi. Islomni taxminan 616 yili qabul qilgan. Muhammad payg‘ambarning yaqin safdoshlaridan biri va qaynotasi (Hafsaning otasi). Payg‘ambar olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Nasroniy Bu Lu’lula Umarga xanjar sanchib yaralagan va shu kuni kechqurun Umar 63 yoshda vafot etgan. Vasiyatiga ko‘ra, Oyshaning xujrasiga, Muhammad payg‘ambar va Abu Bakr yoniga dafn etilgan. Xalifa Usmon ibn Affon (taxminan 575-656) dastlabki to‘rt xalifadan uchinchisi, Umaviylar qabilasiga mansub. Muhammad payg‘ambarning o‘lim oldidagi eng dastlabki izdoshlaridan biri. Ularning o‘lim oldidagi vasiyatiga ko‘ra, Usmon yangi xalifani saylashi lozim bo‘lgan kengash-Sho‘ro tarkibiga kirgan va ular tomonidan xalifa qilib saylangan. KA’BA-(arab. –kub, to‘rt burchak)- islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish –haj va umraning asosiy amallaridan biri. Ka’ba Makkadagi eng katta Masjidi Haramning markazida joylashgan bo‘lib, 10x12x15 (bal 15 m va poydevori 12x10 m) o‘lchamdagi bino. Odatda, Ka’baning usti qora mato (kisva) bilan qoplangan bo‘ladi, unga Qur’onning Makka va hajga oid oyatlari zarhal bilan yozib qo‘yilgan. Ka’ba devorining tashqi g‘arbiy burchagida “Qora tosh” (Hajar-al-asvad”) joylashgan. Shimoliy sharqiy devoridagi eshik ham choyshab bilan qoplangan va erdan chamasi 2m baland o‘rnatilgan. Ka’baning ichi tavof qilinganda devorga narvon qo‘yiladi. Ichkarida uchta ustun bo‘lib, shiftiga sirlangan ko‘pdan ko‘p chiroq osilgan. Devorning eshik bilan qora tosh oralig‘idagi qismi al-muntazam deyiladi, uning yonida Allohga ayniqsa yoqadigan duolar o‘qiladi. Shimoliy g‘arbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov ko‘rinib turadi, u almizob yoki mizob alrahma deb ataladi. Shu tarnov bilan g‘arbiy burchak oralig‘i qibla hisoblanadi. Shim.-sharqiy devor yonidagi yarim doira shaklidagi devor (al-xatim) al-hijr (yoki hijr Ismoil)ni to‘sib turadi, hojilar tavof vaqtida bu joyga kiritilmaydi; Ibrohim (as) zamonida bu joy Ka’baning bir qismi bo‘lgan; bu erga Ismoil (as) va uning onasi Hojar dafn etilgan, deb rivoyat qiladilar. Devor qarshisida maqom Ibrohim deb atalgan inshoot bo‘lib, undagi toshda odam izlari ko‘rinadi. Aytishlaricha, Ibrohim (as) Ka’bani qayta tiklayotganida shu tosh ustida turgan. “Qora tosh” yaqinida esa Zamzam bulog‘i bor. Muhammad (as) 25-30 yoshlarida Ka’bani ta’mirlash ishlarida qatnashganlar. Odamatoning uchinchi o‘g‘li Shis (as) tomonidan qurilgan, Ibrohis (as) tomonidan ta’mirlangan va Muhammad (sav) tomonidan kofirlardan tozalangan. Ka’ba Yasrib (Madina)da qibla deb e’lon qilingach uning ahamiyati juda oshib 12 ketdi. O‘shangacha Quddusga qarab ibodat qilinar edi. Ka’ba islomning alohida din bo‘lib shakllanishida g‘oyat katta vazifani bajaradi. 2 Makkaga hajga borgan musulmonlar Qora toshni o‘pib yoki qo‘l bilan tekkizib ziyorat qiladi. Qora tosh islomda mo‘tabar hisoblangan narsalardan biri. Shariatga ko‘ra, umra va hajga borgan odam Qora toshni o‘pishi yoki qo‘lining ichki tarafi bilan unga ishorat qilib, so‘ng qo‘lini o‘pishi (istilom) sunnat amallardan hisoblanadi. Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi. Islom tarixiga ko‘ra Qur’onning sura va oyatlari Muhammad payg‘ambarga parcha-parcha tarzida vahy qilib borilgan; bu vahyning birinchi bayoni «Laylatur qadr» kechasi boshlanib, ularning vafotlarigacha, ya’ni 23 yil davom etgan. Islom dini, nur imon va hidoyatining boshlanishi bo‘lgan ana shu tun diniy an’ana bo‘yicha hijradan 12 yil oldin ramazon oyining 27-kuniga o‘tar kechasi melodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o‘tar kechasi deb hisoblanib, Qur’onni vahy qilinishning boshlanishi to‘g‘risida 97-«Qadr» surasida ifodalangan. «Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir?!» (97,1-3). Islom manbalarida rivoyat qilinishicha, Muhammad payg‘ambar 40 yoshga etganlarida, ya’ni 610 yili Makka shahri yaqinidagi Hiro nomli g‘orda yolg‘iz qolib, ibodat bilan mashg‘ul paytlarida, farishta Jabroil (a.s.) ularga birinchi bor Qur’on oyatlarini keltirganlar. Odatda Jabroil (a.s.) payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga oyatlarni o‘qib berar, ular yodlab olib, o‘z izdoshlariga etkazar edilar. Ular ham o‘z navbatida shunday qilar edilar. O‘sha davrlarda mutlaqo ko‘pchilik, shu jumladan Muhammad payg‘ambar ham o‘qish, yozishni bilmaganliklari uchun yodlab olish u davrning birdan bir usuli bo‘lgan. Bu vahy melodiy yil hisobida 22 yil, hijriy esa 23 yil davom etgan. Oyatlarda odamlarning savollariga javob berib, ularni to‘g‘ri yo‘lga etaklagan, yuz bergan hodisalarni talqin qilib berilgan. Biron hukmning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani bayon qilinabergan. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlarida ularning safdoshlari Qur’onni yod bilganlar. O‘sha paytda oz sonli kishilargina o‘qish-yozishni bilganlar. Savodli musulmonlar yozish imkoni bo‘lgan narsalarga Qur’on oyatlarini aniqlik bilan yozib borganlar. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafotidan so‘ng Qur’oni karim suralarini to‘plash va mushaf qilish xalifalar Abu Bakr, Umar ibn al-Xattob, Usmon, ibn Affon davrlarida amaga oshirilgan. Dastlabki jamlangan 2 Ислом энциклопедия. Ҳуснитдинов З таҳрири остида. –Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси 2004. –Б.137. 13 Qur’onni (Suhufni) xalifa Usmon (r.a.) barcha mushaflarni to‘plab, taqqoslab chiqish va ularga bo‘lajak Qur’onning yagona nusxasini tayyorlashga amir bergan va bu ishga bosh bo‘lgan. Usmon (r.a.) amrini bajarish uchun to‘rt kishilik guruh belgilangan. Unga Zayd rahbarlik qilgan, uning tarkibiga Qur’onni yaxshi bilgan sahobalardan az-Zubayr, al-Os, ibn Hishomlar kiritilgan. Bular barcha nusxalar va topilgan suralarni qaytadan tekshirib, taqqoslash asosida yagona nushani tayyorlagan. Ilgarigi shaxsiy nushalarning barchasi yo‘qotilgan. Yangiddan ko‘chirilgan yagona nusha tarixda «Mushafi Usmoniy» deb nom olgan. Mushaf qo‘lyozmasi tayyor bo‘lgandan keyin (651 yil) tez orada Usmon (r.a.) buyrug‘i bilan undan yana 3 ta (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra ettita nusxa) qo‘lyozma kufiy alifbosida ko‘chirilgan va o‘qishda hamda ibodatda barcha erlarda Qur’onning yagona matnidan foydalanishni amalga kiritish maqsadida, bu nusxalar Kufa, Basra, Damashq va boshqa shaharlarga yuborilgan. Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining borligi ma’lum. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa bo‘lib, islom manbalarida u «Imom» nomi bilan tilga olingan. Ikkinchi nusxa Ka’bada, uchunchi nusxa Qoxiradagi Misr milliy kutubxonasida saqlanmoqda. To‘rtinchisi Toshkentda O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanib, 1989 yil boshlarida O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasiga topshirilgan. Yendi Qur’onning ichki tuzilishi masalasiga e’tibor qilamiz. Qur’onda 114 ta sura, 6226 ta oyat borligi e’tirof etilgan. Ammo Qur’on matnlarini taqsimlanishiga asosan oyatlar soni 6204, 6232, hatto 6666 gacha belgilangan va uni kitob shakliga keltirishda muayyan usul qo‘llangan. Suralar Qur’onda o‘z mazmuniy izchilligiga yoki o‘qilgan vaqtiga qarab joylashtirilgan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmiga ega bo‘lgan 2-«Baqara» surasida 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.

Asosiy adabiyotlar:


1. Абдусамедов А.Е., Б.Джалилов, А.Ташанов. Динлар фалсафаси. -Т.: ЎзМУ. 2019.
2. Очилдиев А. ва бошқалар. Диншунослик асослари (ўқув қўлланма). - Тошкент: “Тошкент ислом университета” нашриёт матбаа бирлашмаси, 2013.
3. Хасанов А. ва бошқалар. Ислом тарихи (дарслик). - Тошкент: Тошкент ислом университета матбаа-нашриёт бирлашмаси, 2008.
4. Мўминов А. ва бошк. Диншунослик (дарслик). -Тошкент: «Меҳнат», 2004.
5. Йўлдошхўжаев Х., Раҳимжонов Д., Комилов М. Диншунослик (маърузалар матни). - Тошкент: ТошДШИ нашриёти, 2000.
6. Абдусамедов А. Ислом дини асослари ва маънавияти. – Тошкент: Университет, 2007. –240 б.
7. Абдусамедов А. Динлар тарихи. -Тошкент: 2004. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Қуръони Карим маъноларининг таржимаси. Таржима ва изоҳлар муаллифи Абдулазиз Мансур. –Тошкент: «Тошкент ислом университети» наш., 2007.
8. Имом Абу Ҳомид Муҳаммад Ибн Муҳаммад Ал-Ғаззолий. Иҳёу улумид-дин. Ҳаж сирлари ва Қуръон тиловати одоблари. Тўртинчи китоб. “Мовароуннаҳр”,-Тошкент: 2004.
9. Islam.ru (internet)
Yüklə 27,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin