Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə17/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

Keyingi tahrirga qarang.

  1. hududiy boshqarmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

  2. hududiy boshqarmalar faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

  1. hududiy boshqarmalar tarkibiga kiradigan davlat xizmatlari markazlari va FHDY arxivlarifaoliyatini nazorat qilish;

(28-bandning 17-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

  1. jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston RespublikasiQonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish,ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

  3. hududiy boshqarmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ulargamoddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Agentlikka kiritish;

  4. davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarninghimoya qilinishini ta’minlash.

6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
29. Direktor:

  1. Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;

  2. ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;

  3. ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

30. Direktor o‘rinbosari:
Keyingi tahrirga qarang.

  1. Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun (tegishli buyruq asosida direktor bo‘lmagan taqdirda);

  2. ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Agentlik javobgarlik sohalari bo‘yicha (tegishli buyruq asosida direktor bo‘lmagan taqdirda);

  3. ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

Keyingi tahrirga qarang.
31. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:

  1. tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirilishi uchun;

  2. ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarligi sohalarida;

  3. ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi uchun.

32. Hududiy boshqarmalar rahbarlari:

  1. hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun;

  2. ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan hududiy boshqarmalarning javobgarlik sohalari bo‘yicha;

  3. ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
1-§ Agentlik rahbariyati

  1. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan valavozimdan ozod etiladigan Direktor boshchilik qiladi.

  2. Direktor:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosariga ega bo‘ladi;

Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin