Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə14/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Quyidagilar Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

  2. tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

  1. tegishli hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini o‘zvakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

(27-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

  1. prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy bo‘linmalarushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Direktor o‘rinbosariga kiritish;

Keyingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosinita’minlash, Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

  2. Vazirlik hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

  3. tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

  1. tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish, hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;

(27-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

  1. hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

(27-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

  1. tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Direktor o‘rinbosariga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;


Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin