Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə13/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

  1. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY arxivlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

(25-bandning 21-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

  1. “yagona darcha” prinsipi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini hamdaulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

  2. jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston RespublikasiQonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni,ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

  4. davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

  5. Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Agentlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

(25-bandning 27-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
271) Davlat xizmatlari markazlari direktorlari va FHDY arxivlari mudirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishni kelishish;
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qaroriga asosan 271-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

  1. Agentlik, hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDY arxivlari mansabdorshaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

(25-bandning 28-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlash.

Keyingi tahrirga qarang.
26. Quyidagilar Direktor o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

  2. Direktor vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

  3. Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanganAgentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

  5. davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz

ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;

  1. tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidannazoratni ta’minlash;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariijrosini ta’minlash, Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

  3. Vazirlik hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri va Direktorning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

  4. kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Direktorga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviyaxloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choratadbirlarini ko‘rish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;

  5. davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Direktor tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish va o‘z vaqtida Vazirlikka kiritilishini ta’minlash;

  6. Agentlikka taqdim etilgan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi takliflar va normativhuquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish;

  7. xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

  8. Agentlik tizimi rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazamtanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;

  9. davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, davlat xizmatlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Direktorga kiritish;

  10. tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Direktorga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;

  11. Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy bo‘linmalarrahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

  12. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

  13. davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Direktorga kiritish;

  14. jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston RespublikasiQonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

  15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni,ularning faoliyatida faol ishtirok etishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;

  16. davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin