Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə9/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

Keyingi tahrirga qarang.
tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar
resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan
tasdiqlangan pullik xizmatlar ro‘yxati va tariflariga muvofiq pulli xizmatlar ko‘rsatish; yuqori malakali chet ellik hamda mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida konsultant
va ekspert sifatida ishga taklif qilish;
Vazirlik bilan kelishgan holda Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqish, idoralararo xususiyatiga ega bo‘lgan xalqaro shartnomalarni tuzish.
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
Vazirlik bilan kelishilgan holda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan Agentlikning vakolati doirasida hamkorlik qilish;
Agentlik faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek,ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish; o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish, shuningdek,
boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha majlislarda Agentlikning hududiy boshqarmalari va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb va istiqbolli
muammolarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
20. Agentlik: davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi; davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini ta’minlash; jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning hududiy boshqarmalar va tarkibiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish.
Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha Agentlikning bo‘linmalari ishini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDY arxivlari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun javobgardir.
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
2-§ Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
21. Agentlik markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun
hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirish; davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni davlat boshqaruvi organlaridan va davlat xizmatini ko‘rsatish doirasida mutaxassislardan, fuqarolardan va mansabdor shaxslardan bepul so‘rash va olishga;

Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin