Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə5/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

Oldingi tahrirga qarang.
FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritilishini ta’minlaydi.
(13-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
5) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash sohasida:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning
belgilangan tartibi bajarilishi bo‘yicha ishini nazorat qiladi; ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish, shu jumladan, davlat xizmatlarini ko‘rsatish
sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini tahlil qiladi; davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirishlarni amalga oshiradi; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida
mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantiradi; davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va
boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo ko‘llaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va boshqa tashkilotlar davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati haqida va ushbu sohada qonun buzilishlari va unga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun bir yilda ikki marta batafsil axborot tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6) davlat xizmatlari ko‘rsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda ma’muriy tartib-taomillar, shu jumladan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish va optimallashtirishni, davlat organlari va
boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvi innovatsion shakllarini joriy etishni tashkil etadi; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ilg‘or axborot-aloqa texnologiyalarini, shu jumladan,
Internet tarmog‘i va elektron raqamli imzolar keng qo‘llanilishi orqali faol joriy etishni tashkil etadi; davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan murojaat
etuvchilar o‘rtasida bevosita muloqotsiz hamkorlikni ta’minlash choralarini amalga oshiradi; davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat
yordami beradi; davlat xizmatlari to‘g‘risidagi axborotning to‘liq ochiqligi va undan foydalanish imkoniyati
ustidan nazorat qiladi;

  1. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

2-§ Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  1. hududiy boshqarmalar hamda davlat xizmatlari markazlari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;


Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin