Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə1/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)


Reja:

  1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA

2.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risida
3. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilish
4.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Quyidagilar:

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Belgilansinki:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Agentlik o‘z faoliyatida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hisobot beradi; tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun tushadigan davlat bojining barcha summasi, shuningdek, davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari va barcha turdagi yig‘imlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar, mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi buzilganligi uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarimalar summasi belgilangan tartibda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan va tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga asosan qonun hujjatlariga muvofiq Agentlikni saqlab turishga, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlashga, mehnatga haq to‘lashga, Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalari yozish arxivlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishga va boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari tushishini alohida hisobga olish uchun daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishini ta’minlasin;
Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ularning samarali ishini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kompyuter va nusxa ko‘chirish texnikasi, aloqa vositalari, dasturiy vositalar, idora mebeli bilan jihozlash, shuningdek, xizmat avtotransport vositalari sotib olish va ularni saqlash uchun bir hafta muddatda “yagona darcha” markazlarining faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nomiga maxsus ochilgan shaxsiy hisob raqamidan mablag‘ ajratsin;
Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar qoldiqlari, shu jumladan, tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan mablag‘lar o‘tkazilishini ta’minlasin;
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarining bino va inshootlari, shuningdek, ularga tegishli bo‘lgan transport vositalari, asbob-uskunalar, jihozlar, hujjatlar va boshqa mol-mulk Agentlikning hududiy boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin berilishini ta’minlasin.

  1. Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari tegishli mablag‘larni o‘tkazish uchun bank va g‘aznachilik hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda ushbu hisobvaraqlarda mavjud bo‘lgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etsinlar.

  2. Belgilansinki:

mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalanadigan avtotransport vositalariga xizmat transport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qarori bilan belgilangan normativlar qo‘llanilmaydi;
Xizmat avtotransporti haydovchisi lavozimlarini joriy etishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining xizmat ko‘rsatuvchi hamda texnik xodimlarini joriy etish normativlari va shartlari Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlikning markaziy apparatiga 3 ta va Agentlikning hududiy boshqarmalariga 252 ta, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun 210 ta avtotransport vositalarini budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan saqlashga limit ajratsin.

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-dekabrdagi 1025-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 09/18/1025/2338-son)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamlariga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat boji va barcha boshqa turdagi yig‘imlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilishi mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin;
Agentlikni belgilangan tartibda zarur telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqa tizimi bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.

  1. Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi Toshkent shahri, Amir Temur shox ko‘chasi 14uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.

(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son) Keyingi tahrirga qarang.

  1. Toshkent shahri hokimligiga Toshkent shahar, Amir Temur shoh ko‘chasi 14-uyda joylashgan Agentlik Toshkent shahar boshqarmasi binosini ta’mirlash uchun istisno tariqasida, tanlov savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash yo‘li bilan pudratchi va loyihalash tashkilotlarini belgilashga ruxsat etilsin.

Keyingi tahrirga qarang.

  1. “O‘zavtosanoat” AJ Agentlikning buyurtmanomalari bo‘yicha transport vositalari ajratilishini ta’minlasin.

Keyingi tahrirga qarang.

  1. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatdaushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

Keyingi tahrirga qarang.

  1. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-yanvar,
70-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31yanvardagi 70-son qaroriga

Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin