Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə10/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

Keyingi tahrirga qarang.
davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish zarurligi asosida Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar
resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish; yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida konsultant va
ekspert sifatida ishga taklif qilish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirokida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat va investitsiya dasturlari bajarilishi masalalari
bo‘yicha hududiy boshqarmalar faoliyatini o‘rganish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish.
Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
22. Agentlikning markaziy apparati: davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha Agentlik markaziy apparati bo‘linmalarining ishini tashkil etish;
Agentlik tomonidan Vazirlikka ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida buyruqlar sifatli tayyorlanishi va ekspertizadan o‘tkazilishi; davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini ta’minlash; jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikka yuklangan boshqa vazifalarni samarali amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§ Hududiy boshqarmalarning huquqlari va javobgarligi
23. Hududiy boshqarmalar o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun
hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirish; davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni davlat organlari hududiy bo‘linmalari va ularning mansabdor shaxslaridan so‘rash va tekin olish;
Agentlikka “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha davlat xizmatlarini kiritish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish;
tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar
resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish; yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida konsultant va
ekspert sifatida ishga taklif qilish; davlat xizmatlari markazlarining davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatini o‘rganish;

Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin