«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


O’simliklarning mineral ozuqa elementlarii qabul



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə19/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

O’simliklarning mineral ozuqa elementlarii qabul
Qilishida mikroorganizmlarning roli.
Mikroorganizmlar planetamizda hayotning normal kechishida juda muhim ahamiyatga ega.
Mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida organik moddalar minerallashadi va atmosferaga karbonat angidrid gazi to’xtovsiz ajralib turadi. Fotosintez jarayoni normal kechadi. Tog’ jinslarining yemirilishi, torfning paydo bo’lishi, neft, toshko’mirning, selitralarning , ohaktoshlarning paydo bo’lishi, hammasmi to’g’ridan-to’g’ri mikroorganizmlarning ishtirokida amalga oshiriladi.
Birlamchi tirik mikroorganizmlar tuproq paydo bo’lishida ishtirok etgan. Mikroorganizmlar o’zlaridan kuchli kislotalarni ajratib chiqarganlar, qaysiki bu kislotalar ona jinsni parchalagan, maydalagan, natijada yangi struktura elementlari yuzaga kelgan. Vaqt o’tishi bilan yemirilgan jinslar organik moddalar bilan boyigan va tuproq hosil bo’lish jarayoni boshlangan.
Tuproqning har bir gektar haydov qatlamidagi bakteriyalar miqdori 3 t dan 7-8 t gacha yetadi.
Mikroorganizmlar oziqlanishiga ko’ra avtotrof va geterotrof oziqlanuvchi mikroorganizmlarga bo’linadi.
Avtotrof bakteriyalar karbonat angidrid gazidagi uglerodni bog’lash uchun yo fotosintez jarayonidan yoki ayrim mineral moddalarning oksidlanishidagi kimyoviy energiyadan foydalanadi. Fotosintez jarayonida ishtirok etish xususiyatiga ega bo’lgan bakteriyalarga
yashil oltingugurt bakteriyalari, nitrifikatsiya bakteriyalari va temir bakteriyalari kiradi.
Geterotrof bakteriyalari esa uglerodni tayyoreaktsiyasi organik birikmalardan o’zlashtiradi. Ko’pchilik tuproq bakteriyalari, aktinomitsetlar, deyarli hamma zamburug’lar geterotrof bakteriyalari jumlasiga kiradi.
Vodorod sulfidni, elementar oltingugurtni va tiobirikmalarni sulfat kislotagacha oksidlanishi sulofikatsiya jarayoni deyiladi. Bu jarayonni oltingugurt bakteriyalari va tiobakteriyalar amalga oshiradilar.
Nitrifikatsiya jarayoni nitroz va nitrat bakteriyalari ishtirokida amalga oshirilib, ammiakli tuzlarni nitratlargacha oksidlaydi.
Odatda tuproq tarkibidagi nitratlar har bir kilogramm tuproqda 2 mg dan 20 mg gacha tashkil etadi.
Nitratlar juda harakatchan bo’lganligi uchun ular tuproqning pastki qatlamlariga yuqilib ketadi hamda denitrifikatsiya jrayoniga tez uchraydi. Denitrifikatsiya - bu nitratlarning molekulyar azotgacha yoki oraliq birikmalar,azot
kislota va ammiakkacha qaytarilishidir.
Malumki, organik azotni o’simliklar qabul qilmaydi. O’simliklar uchun nitrat shaklidagi mineral azot zarur. Tuproqda organik azotning minerallashuvi natijasida ammiak hosil bo’ladi. Bu biologik jarayon ammonifikatsiya deb yuritiladi.
Bunda geterotrof bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug’lar ishtirok
etadilar. Mikroorganizmlar o’zlarining oziqlanishi uchun har xil kimyoviy elementlardan foydalanadilar.
Tuproq mikroorganizmlari, asosan azot bilan oziqlanadilar.
Avtotrof mikroorganizmlar oddiy azotli mineral birikmalardan ammoniyli va azot kislota tuzlaridan foydalanadilar. Avtotrof mikroorganizmlar orasida fotosintez qiluvchi organizmlar ham uchraydi, ular atmosferadagi azotni o’zlashtiradi.
Geterotrof mikroorganizmlar esa mineral birikmalar tarkibidagi azotni o’zlashtiradi.
Tuproqda va mikroorganizmlarning hujayralarida bo’ladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar suvda sodir etiladi.
Mikroorganizmlar 50-60 % maksimal nam sig’imiga ega bo’lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Anaerob mikroorganizmlar esa 100 % namlikda ham yaxshi rivojlanadi. Tuproq tarkibida mikroorganizmlarning har xil turlari uchraydi, ular kletchatkani va pektin moddalarni parchalaydi. Urobakteriyalar taosirida mochevina ammoni karbonatgacha aylanadi. Urobakteriyalar rN 7-8 ga teng bo’lganda ham yaxshi rivojlanadi. Mochevina ularga uzot manbai bo’lib xizmat qiladi. O’simlik o’zining hayot faoliyati davomida ildizi orqali har xil moddalarni mineral tuzlarni, organik kilotalarni, qand moddalarni aminokislotalar, vitaminlarni ajratib chiqaradi.
Mikroorganizmlar oziqlanishi uchun o’simlik ildizi ajratmlaridan tashqari chiriyotgan ildiz qoldiqlaridan, ildiz tolalaridan ham foydalanadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin