«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


O’simliklar oziqlanishining davriyligi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə21/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

O’simliklar oziqlanishining davriyligi
Turli xil qishloq xo’jalik ekinlari vegetatsiya davri mobaynida ozuqa
elementlarini yutish miqdori va tezligi jihatidan bir-biridan Farg’ona davlat
universiteti qiladi. Barcha boshoqli don ekinlari, zig’ir, kanop, ertagi kartoshka, bazi sag’bzavotlar intensiv oziqlanish davrining qisqaligi bilan farq qiladi. Ular oziq moddalarning asosiy miqdorini qisqa muddatlarda istemol qiladi.
Masalan, kuzgi javdar barcha oziq moddalar miqdorini 25-30 % ni kuz
davrining o’zidayoq yutadi, bahorgi bug’doy nisbatan qisqa muddatda naychalanishdan boshoqlanishgacha bo’lgan davrda ozuqa moddalar barcha miqdorining 2/3 - 3/4 qismini istemol qilib bo’ladi.
Kartoshkaning o’rta va kech pishar navlari oziq moddalarni eng ko’p miqdorda iyul oyida isteomol qiladi. SHu o ichida hosildagi miqdoriga nisbatan olganda deyarli 40% azot, 50 % dan ko’p fosfor va 60 % dan ko’proq kaliyni yutadi.
Zig’irda mineral oziqlanish elementlarini maksimal istemol qilish davri
g’unchalashdan gullash darigacha, g’o’zada esa oziq moddalarning asosiy miqdori shonalash boshlanganidan ko’saklarda yalpi tola hosil bo’lishi boshlanish oralig’ida yutiladi.
Bazi o’simliklar - makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi va boshqalar ozuqa moddalarni bir meyorda va uzoq muddatlarda istemol qilishi bilan xarakterlanadi. O’simliklar ayrim ozuqa elementlarini turli tezlik bilan yutadi, masalan, makkajo’xorida eng tez yutiladigan kaliy, so’ngra azot, fosfor ancha sekin istemol qilinadi. Kaliyning yutilishi ro’vak hosil bo’lishi davrida, azotniki esa don hosil bo’lish davrida batamom to’xtaydi.
O’simlikka fosforning yutilishi ancha cho’ziladi va deyarli vegetatsiya oxiriga qadar davom etadi. Kanop dastlabki oyda azot va kaliyni juda tez yutadi. Azotning kelishi maysalar unib chiqqanidan 3 xafta, kaliyning esa 5 xafta o’tgandan keyin batamom tugallanadi.
Vegetatsiya davrining boshlanishida va maksimal yutilish davrida
o’simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish ayniqsa muhimdir. Bu o’g’it solishning turli xil muddatlarini asosiy o’g’itni ekishgacha ekish vaqtida solish va qo’shimcha o’g’it solish usullarini birga qo’llash bilan amalga oshirishladi.
Asosiy o’g’itlashning asosiy vazifasi - butun vegetatsiya davrida o’simliklarning oziqlanishini taminlashdan iborat, shuning uchun ekish oldidan, ko’pincha organik o’g’itlarning to’la normasi mineral o’g’itlarning ko’p qismi solinadi.
Vegetatsiyaning eng masuliyatli davrlarida o’simliklarni oziqlanish elementlari bilan taminlash uchun asosiy o’itga va ekin vaqtidagi o’g’itga qo’shimcha o’g’itla usuli qo’llaniladi.
O’simliklarni oziqlanish sharoitlarini ularning ehtiyojiga yarasha o’g’it solish yo’li bilan o’sish davrlari bo’yicha boshqarib, hosil miqdori va uning mumkin.
G’o’za o’simligiga ozuqa moddalarning qabul qilinishi, %




Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin