«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


Azotning o‘simliklar oziqlanishidagi roli



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə23/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Azotning o‘simliklar oziqlanishidagi roli
Azot - bu o‘simliklarning oziqlanishida eng muhim elementlardan biridir. Azot hamma oddiy va murakkab oqsillar tarkibiga kiradigan element bo‘lib, bu o‘simlik hujayrasi tsitoplazmasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Organizmlardagi moddalar almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan RNK va DNK tarkibiga kiradi.
Azot xlorofill tarkibida fosfatlar, alkaloidlar, fermentlar va boshqa o‘simlik hujayrasidagi organik moddalar tarkibiga kiradi.
O‘simliklarning oziqlanishi uchun azotning bosh manbai bu azot kislota va ammoniy tuzlaridir. O‘simliklarga mineral shaklda qabul qilingan oddiy oqsil molekulalari tarkibiga kirishgacha borgan murakkab jarayonlarni bosib o‘tadi. Oqsillar, aminokislotalardan sintez qilinadi, qaysiki, ular organik kislotalarning keton guruhlarini ammiak bilan o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Aminokislotalarning sintezi uchun azotning qaytarilgan shakli zarur. Agar, o‘simliklarda uglevod etarli darajada bo‘lsa, nitritlar o‘simliklarning ildizidayoq ammiakkacha qaytariladi. Azotning asosiy manbalari bu atmosferadagi gaz holidagi azot, tuproqdagi nitrat va ammoniy ko‘rinishidagi azotdir.
O‘simliklardagi nitratlarning fermentlar yordamida qaytarilishi uglevodlarning oksidlanishi natijasida ro‘y beradi va quyidagi sxemada boradi.
Bu jarayon 4 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda nitratlar nitritreduktaza fermenti ta’sirida nitritlargacha qaytariladi.
2-bosqichda nitritreduktaza fermenti ta’sirida nitritlar giponitritgacha qaytariladi.
3-bosqichda giponitridreduktaza fermenti ta’sirida gidroksilamin hosil bo‘ladi.
4-bosqichda gidroksilamin reduktaza fermenti ta’sirida ammiakkacha qaytariladi.
Nitrat shaklidagi azot o‘simliklarda azotning to‘planishi mumkin. Lekin nitratlarning sabzavotlarda, em-xashaklarda va boshqa o‘simliklar mahsulotlarida meyoridan ko‘p to‘planishi ularni iste’mol qiladigan hayvon va odamlar organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ammiak yuqori o‘simliklarda erkin holda oz miqdorda uchrashi mumkin. Lekin uning ko‘p miqdorda to‘planishi ayniqsa uglevodlar etishmagan sharoitda o‘simliklarni zaharlashga olib keladi. Azotni o‘simliklar tomonidan tuproqdan eng ko‘p qabul qilinishi va uni aminokislotalar va oqsillar sintezi uchun foydalanishi o‘suv organlari poyasi va barglari hamda hosil elementlari paydo bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Azot etishmasligi oqibatida o‘simliklarning o‘sishi birdan yomonlashadi, ayniqsa, azot etishmasligi barglarning rivojlanishida yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, hosil elementlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ham yomonlashadi. Natijada, olingan hosil sezilarli darajada kamayadi va undagi oqsil moddalarning miqdori ham kamayadi. Lekin azot bilan bir tomonlama ko‘p oziqlatirish, ayniqsa, o‘suv davrining 2-yarmida hosilning etilishini kechiktirib yuboradi. Don, tuganaklar, kartoshka, paxta hosili va boshqalar kamayib ketadi. D.N.Pryanishnikov va uning shogirdlari olib borgan ishlari ammiak va nitrat azoti muayyan sharoitlarda o‘simliklar uchun azotning teng qimmatli manbai bo‘lishi mumkinligini isbotlagan. Lekin o‘simliklarning ammiak va nitrat azotidan foydalanishi bir qator ishlab chiqarish va tashqi omillarga ekinning biologik xususiyatlariga, o‘simliklarning uglevodlar bilan taminlanganlik darajasiga muhit reaktsiyasiga, kaltsiy, magniy, kaliy, fosfor va mikro elementlarning bor yo‘qligiga bog‘liq. Molibdenning etishmasligi nitratlarning qaytarilishini sekinlashtiradi va o‘simliklarning nitrat azotini assimilyatsiya qilishini cheklab qo‘yadi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin