«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


Fosforli o‘g‘itlarning turlari, yillik meyorlari va yerga solish muddatlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə31/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Fosforli o‘g‘itlarning turlari, yillik meyorlari va yerga solish muddatlari.
Tarkibida fosfori mavjud bo‘lgan minerallar orasida faqat appatit va cho‘kindi fosforitlar fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Appatit tuproq ona jinsi tarkibida dispers holda keng tarqalgan mineraldir. Lekin uning konlari juda kam. Eng katta koni 1925 yilda Kola yarim orolidagi Xidinda ochilgan. Bundan tashqari uning kichikroq konlari Uralda, Janubiy Baykal bo‘yi, Braziliya, Ispaniya, Kanada, AQSh va Shvetsiyada ochilgan.
Fosforitlar uzoq geologik davrlarda yer yuzida yashagan tirik mavjudotlar skeletlarini minerallanishi natijasidan hosil bo‘lgan, shuningdek, fosfor kislotaning kaltsiy bilan suvda cho‘ktirish yo‘li bilan paydo bo‘ladi. Fosforitlarning qimmatli konlari 1937 yilda Qoratov tog‘larida topilgan.
Hamma fosforli o‘g‘itlar 3 gruhga bo‘linadi.

  1. Suvda eruvchi

  2. Suvda erimaydigan lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan va shuning uchun o‘simliklarga o‘zlashadigan

  3. Suvda erimaydigan kuchsiz kislotalarda yomon eridigan va ko‘pchilik o‘simliklar tomonidan o‘zlashmaydigan fosfatlar.

Butun dunyoda 1-guruhdagi suvda eruvchan fosforli o‘g‘itlar eng ko‘p ishlatiladi.

  1. Superfosfat.

a) tolqonsimon oddiy superfosfat. Appatit kontsentratidan ishlab chiqarilgan superfosfatda 18.7 % suvda eriydigan fosfori bor. Qoratov fosforitidan ishlab chiqarilgan super fosfatida 14 % o‘zlashuvan fosfori bor.
b) donador oddiy superfosfat. Tarkibidagi o‘zlashuvchan fosfori 19,5 -22 %, namligi 1-4 %.
v) qo‘shaloq supperfosfat, tarkibidagi suvda eruvchan fosfori 85 %, o‘zlashuvchan fosfori esa 45-50 %.

  1. -guruh fosforli o‘g‘itlarga quyidagilar kiradi

a) pretsipitat bu suvda erimaydigan, lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan va o‘simliklarga o‘zlashadigan fosforli o‘g‘itlardir. Tarkibidagi o‘zlashadigan fosfori 25-35 % ni tashkil etadi.
b) ftorsizlantirilgan fosfat, appatitlarni qayta ishlashdan olingan o‘g‘itlarda 30-32 %, fosforitlardan olingan o‘g‘itlarda 20-22 %, 2% li limon kislotada eriydigan fosfori bor.
v) Tomas shlak, tarkibida 7-8 dan 16-20 % gacha, 2 % li limon kislotada eriydigan fosfori bor.
g) Marten fosfat shlaki, tarkibida 8-12 %, limon kislotada eriydigan fosfori bor.

  1. -guruh fosforli o‘g‘itlari

a) fosforit uni, umumiy fosfori oliy navida 25 %, birinchi navida 22 %, 2-navida 19 % umumiy fosfori bor. Fosforli o‘g‘itlar orasida fosforit uni o‘simliklarga uzoq muddat ta’sir qilib turadi.
b) suyak uni, tarkibidagi umumiy fosfori 60 % ni tashkil etadi.
Yana metafosforitlar deb ataluvchi fosforli o‘g‘itlar ham mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi.

  1. Kaltsiy metafosfat, tarkibida 64 % fosfor 5-oksidi va 25 % kaltsiy oksidi bor.

  2. Kaliy metafosfat, tarkibida 55 % fosfor 5-oksidi va 35 % kaliy oksidi bor.

  3. Ammoniy metafosfat. Tarkibida 80 % fosfor 5-oksidi va 17 % azoti bor.

Lekin bu o‘g‘itlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan.
Fosforli o‘g‘itlar asosan kuzgi yoki bahorgi haydov ostiga umumiy yillik normaning 70 % solinadi. Qolgan qismi ekish bilan birga har gektariga 15 -20 kg va o‘simliklarni oziqlantirishda.
Haydov ostiga solinadigan yoki asosiy o‘g‘it sifatida solinadigan fosforli o‘g‘itlarni tuproqqa solish quyidagi omillarga bog‘liq.

  1. Tuproqqa solish muddati

  2. Tuproqqa solish chuqurligi

  3. Eruvchanligi bo‘yicha shakli

  4. Yillik normasi

  5. Boshqa o‘g‘itlar bilan birga solinishi




Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin