Kaliyli o‘g‘itlarni konlari Kaliyli o‘g‘itlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy xaldagi kaliy tuzlari xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Bu xom ashyolar kaliy tuzlarining katta-katta konlaridan qazib olinadi. Bunday konlar Rossiyaning Yevropa qismida Qozog‘istonda va Markaziy Osiyo respublikalarida joylashgan.
Solikams kaliy koni. Bu kon Koma daryosining chap qirg‘og‘iga joylashgan. Ural tizma tog‘lari shimoliy qismining g‘arbiy qoyalari bo‘ylab joylashgan. Bu kon 1925 yilda ochilgan. Kaliyli o‘g‘itlar bu yerda 1929 yildan boshlab ishlab chiqarish boshlangan.
Bu yerda kaliyli tuzlar qalin yotqiziq jinslar qatlamlari ostida joylashgan. Qavatning yuqorigi qismi karnalit va boshqa moddalardan iborat.
2. Karpat oldi kaliy koni. Bu konlar Ivano-Frankovsk va Lvov viloyatlarida joylashgan. Bu konda quyidagi tarkibida kaliy bo‘lgan minerallar bor: langbeynit, Soligorsk shaxri yaqinidagi joylashgan. Bu kon bazasida shaxta hamda poligamit, silvinit, kalushit, kanamag.
3. Belorussiya kaliy koni. Bu yerda kaliy kombinati qurilgan. Bu konda silvinit, karnolliy va gallit minerallari bor.
4. Zavolje kaliy koni. Bu konda kaliyning qimmatli sulfatli tuzlari mavjud. Bu kondagi asosiy minerallarga poligamit, glazeritdan tashkil topgan.
5. Turkmaniston kaliy koni. Bu kaliy konida hali ishlab chiqarish ommaviy holda yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli kaliyli o‘g‘itlar kam ishlab chiqariladi.
Kaliyli o‘g‘itlar, ularning turlari, yerga solish muddatlari va usullari. Kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish tayyorlanishiga qarab: xom kaliyli o‘g‘itlar, kontsentirlangan kaliyli o‘g‘itlar va sanoat chiqindilariga bo‘linadi.
1. Xom kaliyli o‘g‘itlar.
Tabiiy kaliy tuzlari maydalash yo‘li bilan olinadigan xom kaliyli tuzlar tarkibida kaliy miqdorining juda kamligi va qo‘shimchalar miqdorining ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
Xom kaliyli tuzlardan silvinit va kolinit eng ko‘p tarqalgan. Ular tarkibida ko‘p miqdorda xlor bo‘ladi. Bu ham uni ishlatishni cheklab qo‘yadi.
a) silvinit - tarkibida 14-18% kaliy oksidi, 34-38% natriy oksidi va 52-55% xlor bo‘ladi. Dag‘alroq, maydalangan holda chiqariladi. Tashqi ko‘rinishidan yirik, har xil rangli oq, pushti, qo‘ng‘ir, ko‘k rangli kristallar aralashmasidir. Suvda yaxshi eriydi. Salgina gigroskopikligi bor. Silvinit asosiy o‘g‘it sifatida kuzgi shudgor ostiga solinadi. Bunda xlorning ko‘p qismi pastki qatlamlariga yuvilib ketadi. Kaliy esa tuproqqa yutiladi. Silvinitda natriyni ko‘p bo‘lishi lavlagi va xashaki ovqatga ishlatiladigan ildizmevalar ba’zi sabzavot ekinlari uchun foydalidir. Silvinit ular uchun yaxshi o‘g‘it xisoblanadi.
V) Kalinit- ko‘p miqdorda natriy xlor aralashgan, tarkibida 10-12% kaliy oksid, 8% atrofida magniy oksidi, 40 % ga yaqin xlor va 35% nariy oksidi bo‘ladi. Kalnitli yoki kalnitli-langbonitli jinsni maydalashdan olinadi. Kalnit ham asosiy o‘g‘it sifatida ishlatiladi.
2. Kontsentrlangan kaliyli o‘g‘itlar.
A) kaliy xlorid tarkibida 58 % dan 62 % gacha kaliy oksidi bo‘ldi. Silvinitdan kaliy xloriddan natriy xloridni ajratish orqali olinadi. Ularni ajratish harorat ko‘tarilishi bilan bu tuzlarning eruvchanligi turlicha bo‘lishga asoslangan. Harorat 20° S dan 100° S gacha ko‘tarilganda kaliy xloridning eruvchanligi 2 marta ortadi, natriy xloridning eruvchanligi deyarli o‘zgarmaydi. Maydalangan silvinitdan kaliy xlorid 110° gradus haroratda natriy xloridning to‘yingan eritmasidan eritib olinadi, so‘ngra sovutilganda cho‘kmaga tushadi. Natijada mayda kristall holdagi kaliy xlorid olinadi. U saqlab qo‘yilganda qovushib qoladi.
B) 40 % li kaliyli tuz. Kaliy xloridni maydalab tuyilgan silvinit yoki kalmid bilan mexanik ravishda aralashtirib olinadi. Tarkibi va xossalariga ko‘ra silvinit bilan kaliy xlorid o‘rtasida oraliq xolatni egallaydi.
Kaliyli tuz qandlavlagi va xashaki ildizmevalilar uchun juda samaralidir.
V) kaliy sulfat tarkibida kamida 48 % kaliy oksidi bor. Tashqi ko‘rinishidan kulrang tusli mayda kristall tuz. Deyarli suvda yaxshi eriydi. Tabiiy sulfatli kaliy tuzlaridan kaliy sulfatni ajratish yo‘li bilan olinadi. Kaliy sulfatning fizik xossalari yaxshi, mushtlashib qolmaydi, gigroskopikligi juda kam. Har qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
G) kaliy magneziya tarkibida 28-30 % kaliy oksidi va 8-10 % magniy oksidi bor. Karpat oldi konidagi tabiiy sulfatli kali tuzlaridan qayta kristallash yo‘li bilan olinadi.
Kalimagneziya kartoshka, zig‘ir va boshqa ekinlar uchun yaxshi kaliyli o‘g‘it hisoblanadi.
3. Sanoat chiqindilari.
A) xlor - kaliy - elektrolit - solinamen karnalitdan magniy ishlab chiqarishda olinadigan chiqindi, tarkibida 32 % dan 45 % gacha kaliy oksidi, 6-8 % magniy oksidi, 6-8 % natriy oksidi va 50 % gacha xlor bo‘ladi.
Asosiy o‘g‘it sifatida foydalaniladi va kuzgi haydov ostiga solinadi hamda barcha ekinlarga solish mumkin.
B) kaliy karbonat, tarkibida 52-55 % kaliy oksidi bo‘ladi.
Nefelindan alyuminiyni ishlab chiqarishda chiqindi sifatida olinadi, ishqoriy reaktsiyaga ega, kuchli gigroskopik, suyuqlanib ketadi yoki kuchli qotib qoladi, sochiluvchanligi yomon.
Tuproqqa solishdan oldin uni 1:1 nisbatda quruq torf bilan aralashtirish tavsiya etiladi.
V) tsement changi - tarkibida karbonatlar, bikarbonatlar va kaliy sulfat holida 14 % dan 35 % gacha kaliy oksidi, 19 % kaltsiy oksidi 3-4 % magniy oksidi va 1 % natriy oksidi bo‘ladi.
Kartoshka, zig‘ir, grekchixaga solinganda yaxshi natijalar beradi.
G) nefelin qoldig‘i - mayda tuyilgan nefelin. Kola yarim orolidagi appatitlardan appatit kontsentrati ishlab chiqarishda olinadigan chiqindi. Tarkibida 5-6 % kaliy oksidi, 10-13 % natriy oksidi, 8-10 % kaltsiy oksidi bo‘ladi.
Asoslarga to‘yingan qora va bo‘z tuproqlarda kaliyli o‘g‘itlarning salbiy ta’siri kuzatilmaydi.
Kaliyli o‘g‘itlar engil qumli va qumoq mexanik tarkibli tuproqlarda eng yaxshi samara beradi.
Tarkibida kaliy kam bo‘lgan bunday tuproqlarda barcha qishloq xo‘jalik ekinlariga kaliyli o‘g‘itlarni solish kuchli ta’sir qiladi.
Kaliyli o‘g‘itlarni samarali ishlatishning muhim sharti - bu o‘simliklarni azot va fosfor bilan yaxshi ta’minlashdir. Tarkibida azot va fosfor kam bo‘lgan tuproqlarda kaliy kutilgan natija bermaydi.
Odatda harkatchan kaliy ko‘p bo‘ladigan sho‘rtob tuproqlarda kaliyni solish bunday tuproqlarning yanada sho‘rlanishiga olib keladi. Azotli va fosforli o‘g‘itlar sistemali ravishda qo‘llanilganda, kaliyli o‘g‘itlarning samaradorligi ortadi va yildan-yilga ularga bo‘lgan ehtiyoj ko‘payib boradi.