Torfning xususiyatlari Torfning xar xil turlari va tiplarini agronomik jihatdan baholashda uning botanik tarkibi, parchalanish darajasi, ko‘llilik darajasi, ozuqa moddalar miqdori, kislotaliligi, nam sig‘imi kabi xususiyatlari muhim ahamiyatga ega.
Botanik tarkibi.
Torfning agronomik jihatdan sifatini xarakterlovchi muhim belgisidir. Masalan, balandlika hosil bo‘lgan sfagnum moxidan hosil bo‘lgan torf ozuqa moddalarning kamligi, ko‘llilik xususiyatlarining kamligi, kislotali reaktsiyaga egaligi va gumifikatsiyaning pastligi bilan ajralib turadi.
O‘g‘it olinadigan material sifatida foydalaniladigan torfni baholashda undagi har xil organik birikmalarning tarkibi va nisbatining ahamiyati kattadir. Torf tarkibiga kiruvchi ligninlar, bitumlar, smolalar, yog‘ kislotalari, mikroorganizmlarning parchalashlariga juda chidamlidir.
Balandlikda paydo bo‘lgan torfning tarkibi ularning miqdorini ko‘p bo‘lishi uning tuproq tarkibi parchalanishini susaytiradi. Pastlikda hosil bo‘lgan torfda gumin moddalari ko‘p. Bunday torfning gumin moddalari kaltsiy bilan kuchli bog‘langan.
Torfning parchalanish darajasi.
Torfning parchalanish darajasi qancha katta bo‘lsa, uning o‘g‘itlik ahamiyati shuncha yuqori bo‘ladi.
1. Torfning tarkibida 5-25 % gacha gumifikatsiyalangan moddasi bo‘lsa, u kuchsiz parchalangan torf deyiladi.
2. Agar torf 25-40 % gacha parchalangan moddalari bo‘lsa, bunday torf o‘rtacha parchalangan torf deyiladi.
3. O‘simliklardan paydo bo‘lsa, torf katta parchalanish darajasiga ega.
Torfning kuliligi.
Bu torfning qishloq xo‘jaligida foydalanishda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Torf normal va yuqori ko‘llilik darajasiga ega bo‘ladi.
Agar torfning ko‘lliligi 12 % bo‘lsa, bu normal kulli torf deyiladi.
Agar torfning kulliligi 12 % dan yuqori bo‘lsa, bunday torflar yuqori kulli torf deyiladi.
Balandlikda paydo bo‘lgan torfda 5 %, o‘tish holatdagi torfda 10 %, pastlikda paydo bo‘lgan torfda 8-12 % kuli mayjud bo‘ladi.
Torfning kislotaliligi.
Bu torfdan qishloq xo‘jaligida foydalanish usulini va uni tashqi aniqlashda muhim ko‘rsatkichdir. Agar torfning tuzli so‘rimining rN = 5,5 dan past bo‘lsa, undan o‘g‘it sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydi.
Uni avval go‘ng, ohak va fosforit uni bilan kompost qilish kerak. Balandlikda paydo bo‘lgan torfning kislotaliligi yuqori bo‘lib, pastlikda paydo bo‘lgan torfning kislotaliligi pastdir.
Torfning nam sig‘imi va singdirish qobiliyati.
Torfning bu xususiyatlari uning to‘shalma sifatida foydalanishda muhim rol o‘ynaydi.
Eng yuqori nam sig‘imiga ega bo‘lgan torf bu balandlikda paydo bo‘lgan torfdir va uning nam sig‘imi absolyut quruq moddaga nisbatan 1000-1800 % ni tashkil etadi.
Pastlikda paydo bo‘lgan torfda esa bu ko‘rsatkich 500-1000 % ni tashkil etadi.
Torfning singdirish sig‘imi juda yuqori. 100 gr quruq moddaga nisbatan, 100-200 mg/ekv. ni tashkil etadi.