«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


Ayrim sideratlarni etishtirish va foydalanish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə50/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Ayrim sideratlarni etishtirish va foydalanish
usullari
Eng ko‘p tarqalgan sideratlar jumlasiga lyupin, seradella va donnik kiradi.
Lyupin. Noqora tuproq zonada tarkibi har xil miqdorda alkalodillari mavjud bo‘lgan lyupin etishtiriladi. Bu yerdagi lyupin 1 yillik yoki ko‘p yillikdir. Tarkibida alkaloidi bor bo‘lgan lyupin o‘g‘it uchun etishtiriladi, alkaloidi bo‘lmagan lyupinni yer ustki qismi chorva hayvonlariga ozuqa sifatida ildizi va ang‘iz qoldiqlar esa o‘g‘it uchun foydalaniladi. Lyupinni etishtiradigan asosiy mintaqalarga Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning noqora tuproq mintaqasi kiradi.
Lyupinning hamm turlari ham ko‘p miqdorda ko‘p massa berish va juda unumdorligi past tuproqlarda ham ko‘p miqdorda azot to‘plash qobiliyatiga ega.
Lyupin boshqa dukkaklilardan farqli o‘laroq kislotali muhitda ham o‘saveradi. Kislotali tuproqlarga solinadigan ohak lyupinni qiyin erimaydigan fosfatlar tarkibidan fosforni o‘zlashtirishini kamaytiradi. Shuning uchun lyupin ekiladigan maydonlarga ohakni va fosforti unini qatlamlarga bo‘linib solinishi lozim.
Noqora tuproq mintaqaning shimoliy qismida sideratlar sifatida 1 yillik ko‘k va sariq lyupin etishtiriladi. 1 yillik lyupin toza holda va boshqa ekinlarga aralashtirib ekilishi mumkin.
Uni bosh poyasida yaltiroq dukkaklari paydo bo‘lganda tuproqqa haydash lozim. CHunki huddi mana shu paytda eng ko‘p azot to‘planadi.
Seradella. Bir yillik dukkakli ekinlar. Ko‘kat o‘g‘itga nisbatan seradella to‘lig‘icha foydalaniladi yoki to‘liq ko‘kat o‘g‘it hisoblanadi. Bundan tashqari seradellani asosiy ko‘k mevasini ozuqaga, keyingi chiqqan o‘simtasini o‘g‘it sifatida ham foydalaniladi.
Seradella - namsevar o‘simlik hisoblanadi. Kuchsiz nordon reaktsiyali engil tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Birinchi 4-6 xaftada uning ildiz sistemasi rivojlanadi va yer ustki massasiv sekin rivojlanadi. Qumli va qumoq tuproqlarda kaliyli va magniyli o‘g‘itlarni yaxshgi qabul qiladi.
Seradella fosforit uni tarkibidagi fosforni yaxshi o‘zlashtiradi.
Donnik. Bu ekin kaltsiyga boy bo‘lgan neytral reaktsiyali tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Ohak solingan chimli podzol tuproqlarda lyupinga qaraganda ko‘p ko‘k massa beradi.
Donnik bir yillik va ikki yillik oq va sariq bo‘ladi. Oq donnik yuqori hosilli, lekin sariq donnik erta pishadi. Boshqa dukkakli ekinlarga qaraganda ildiz sistemasi kuchli rivojlangan. Shuning uchun donnik qurg‘oqchilikka chidamli va o‘g‘itlilik qimmati yuqori hisoblanadi. Donnikni ham ozuqa sifatida ham ko‘kat o‘g‘itlar sifatida foydalaniladi. Ko‘kat o‘g‘itlar uchun 2 yillik donnik etishtiriladi.
Donnik turli maqsadlarda foydalaniladi.
- kuzgi g‘allali ekinlar uchun o‘g‘it sifatida tuproqqa haydash maqsadida shudgorni band qiluvchi mustaqil ekin sifatida;
- kompleks maqsadlarda, gullash boshlangandan yer ustki qismini ozuqaga va o‘rimdan keyin chiqqan o‘simtalarini o‘g‘it uchun haydash;
- birinchi o‘rimdagi ko‘k massani o‘g‘it uchun, ikkinchi o‘rimdagi ko‘k massani ozuqaga;
Kuzgi javdar.
Bizning paxtachilik bilan shug‘ulanadigan sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda asosan ko‘kat o‘g‘itlar sifatida kuzgi javdardan foydalaniladi. Kuzgi javdar sentyabr oyining ikkinchi yarmida ekiladi va imkoniyatga qarab sovuq tushguncha oziqlantiriladi yoki erta bahorda oziqlantiriladi. Asosiy ekinlar ekilgunga qadar yaxshi rivojlanib, ko‘k miqdorda massa to‘playdi. Uning yer ustki ko‘k massasini chorva hayvonlariga ozuqa sifatida o‘riladi. O‘rimdan chiqqandan keyin chiqqan yangi o‘simtalari ildiz sistemasi va ang‘iz qoldiqlari esa o‘g‘it sifatida foydalaniladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin