«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə51/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Nazorat savollari

  1. Ko‘kat o‘g‘itlar - qanday o‘g‘itlar?

  2. Ko‘kat o‘g‘itlar uchun etishtiriladigan ekinlarga qaysilar kiradi?

  3. Ko‘kat o‘g‘itlarni nima maqsadda ishlatiladi?

  4. Ko‘kat o‘g‘itlardan ko‘proq qanday sharoitda foydalaniladi.

  5. Ko‘kat o‘g‘itlar qanday afzalliklarga ega?

14-maruza
Mavzu: O’g’it qo’llash sistemasi va uning vazifalari.


reja:
1. O‘g‘itlarni qo‘llash sitemasi va uning vazifalari.
2. Qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘g‘itga bo‘lgan talabini aniqlashning fiziologik asoslari:
a) ozuqa moddalarni o‘simliklarga har xil o‘suv davrida qabul qilinishi;
b) ozuqa moddalarni qishloq xo‘jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi;
v) o‘simliklarni tuproqdagi ozuqa moddalardan foydalanishi;
g) o‘simliklarni organik va mineral o‘g‘itlardagi ozuqa moddalarni o‘zlashtirishi;
d) qishloq xo‘jalik ekinlarining ang‘iz va ildiz qoldiqlarining tuproq ozuqa rejimiga ta’siri.


O‘g‘itlarni qo‘llash sitemasi va uning vazifalari
Xo‘jalikning tabiiy va tashkiliy iqtisodiy sharoitlariga javob beruvchi ratsional o‘g‘itlash sistemasi - hosildorlikni oshirishda va uning sifatini yaxshilashda, tuproq unumdorligini oshirishda etakchi omillardan biridir. O‘g‘itlash sistemasining rivojlanishi jarayonin 2 etapga bo‘lish mumkin.
1. O‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha iqtisodiy jihatdan asoslangan tavsiyanoma hujjatlarni tuzish;
2. Ushbu hujjatni xo‘jalik miqyosida amaliyotda qo‘llash;
Birinchi etapdagi almashlab ekishda o‘g‘itlar sistemasini organik va mineral o‘g‘itlarning qo‘llanish rejasi deyish mumkin, qaysiki, unda alohida ekinlar uchun o‘g‘itlarning turi, dozasi, solish muddatlari va usullari tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi.
Xo‘jaliklarda shunday rejani o‘g‘itlar bo‘yicha mutaxassis, ya’ni agronom-agrokimyogarlar tuzadilar.
Buning uchun mutaxassisning qo‘lida qishloq xo‘jalik ekinlaridan 3-5 yil mobaynida olingan hosildorlik va keyingi 2-3 yilga mo‘ljalangan hosildorlik, almashlab ekish rejasi, xo‘jalikning agrokimyoviy kartogrammasi, tuproq xaritasi va organik o‘g‘itlarning jamg‘arishi rejalari bo‘lishi kerak. Ko‘pincha shunday hujjatlarni, xo‘jaliklarga, ilmiy tekshirish tashkilotlari tomonidan ishlab beriladi.
Ikkinchi etap. O‘g‘itlarni qo‘llash rejasini xo‘jaliklarda amaliyotga joriy etish muhim ahamiyatga egadir.
Bu etapda tashkiliy va agrotexnik tadbirlar kompleksini amalga oshirish kerak. Xo‘jalik almashlab ekish tizimidagi o‘g‘itlar sistemasi - bu o‘g‘itlardan foydalanishning ilmiy asoslangan rejasini bajarishga qaratilgan tashkiliy xo‘jalik, agrokimyoviy va agrotexnik tadbirlar kompleksidir, qaysiki, unda qishloq xo‘jalik ekinlariga beriladigan o‘g‘itlarning turlari, normalari, tuproqqa solish muddatlari va usullari ko‘rsatiladi.
Bu reja qishloq xo‘jalik ekinlarining biologik xususiyatlarini, rejalashtirilgan hosilning ko‘p yoki oz ekanligini, tuproq-iqlim sharoitlarini, o‘g‘itlarning keyingi beradigan ta’sirini, har bir yerning o‘ziga xos xususiyatlarini, almashlab ekishdagi ozuqa moddalar balansini, o‘g‘itlarni hosil sifatiga ko‘rsatadigan ta’sirini va tuproq unumdorligini oshirishini hisobga olgan holda tuziladi.
O‘g‘itlash sistemasining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri - uning iqtisodiy samaradorligidir.
O‘g‘itlarni qo‘llash sistemasining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan hosilni ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash;
2. Yerlarning unumdorligini oshirish va asta-sekin bir xil darajaga etkazish, ba’zi holatlarda esa hozirgi unumdorligini saqlab qolish;
3. O‘g‘itlardan samarali foydalanish, dehqonchilikni intensifikatsiyalash darajasini oshirish va atrof-muhitni himoya qilish.
Xo‘jaliklarning qanday yo‘nalishda ixtisoslashganligiga qarab, almashlab ekish dalalarining chorvachilik fermalari yoki sanoat chorvachilik komplekslaridan uzoq yaqinligiga qarab, 3 xil o‘g‘itlash sistemasini joriy etish mumkin:
1. Organik va mineral o‘g‘itlarni birga ishlatishga asoslangan go‘ng - mineral, organo-mineral yoki kombinatsiyalangan o‘g‘itlash sistemasidir.
2. Faqat mineral o‘g‘itlardan foydalanishga asoslangan mineral yoki go‘ngsiz o‘g‘itlash sistemasidir.
3. Sanoat - chorvachilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklarga xos bo‘lgan organik yoki go‘ngli o‘g‘itlash sistemasidir.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin