Makkajo‘xorini o‘g‘itlash Makkajo‘xori ham silos uchun ham don uchun ham etishtiriladi. Makkajo‘xorini don uchun quyidagi mintaqalarda etishtiriladi. Shimoliy kavkazda markaziy qoratuproqning janubiy qismida, Quyi Volga bo‘yida, O‘rta Osiyo respublikalarida.
Nam etarli bo‘lmagan sharoitlarda makkajo‘xorining o‘tmishdoshlari kuzgi g‘allali ekinlar va don dukkakli ekinlar makkajo‘xori oziqlanish rejimiga ancha talabchandir. Makkajo‘xori yaxshi havo almashinadigan engil mexanik tarkibli va neytral muhitga ega bo‘lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Ildizning eng ko‘p massasi asosiy haydov qatlamida joylashadi. Makkajo‘xori oziq moddalarni butun vegetatsiya davomida ya’ni doni dumbul bo‘lgunga qadar talab qiladi. Lekin ro‘vak chiqarishdan gullashgacha bo‘lgan davrda ozuqa moddalarni aynpiqsa ko‘p talab qiladi. Makkajo‘xori sut pishiqlik davriga kelib 90 % ozuqa moddalarni va 20 % quruq moddalarni to‘playdi. Makkajo‘xorining doni dumbul bo‘lganda ozuqa elementlari miqdori maksimal darajga etadi. Har gektardan 100 ts doni va ikkilamchi mahsulotlar bilan birga olinganda 34 kg azot, 12 kg fosfor va 37 kg kaliy chiqib ketadi. 100 ts ko‘k massa bilan 25 kg azot, 12 kg fosfor va 45 kg kaliy chiqib ketadi.
Makkajo‘xori organik o‘g‘itlarni solishga juda talabchandir.
Organik o‘g‘itlar chimli podzol tuproqlarda har gektarga 40-50 t, o‘rmon dasht zonasmida 20-30 t, dasht zonasida 20 t soldinadi. O‘rmon dasht zonasidagi tuproqlarda har gektariga 20 t go‘ng solinganda olingan qo‘shimcha hosil donidan 4-9 ts, silosdan esa 90 ts gacha tashkil etadi.
Namgarchilik etarli yoki ortiqcha bo‘lgan mintaqalarda azotli o‘g‘itlarni bahorda kultivatorlar bilan beriladi.
Fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni haydov ostiga solinadi. Faqat namgarchilik ko‘p mintaqalarda engil mehanik tarkibli tuproqlarda kaliyni bahorda sepiladi. Kaliy etishmasligi oqibatida makkajo‘xorining yotib qolishi kuzatiladi.
Makkajo‘xorida birinchi oziqlantirishni uning balandligi 15-20 sm ga etganda o‘tkaziladi. O‘g‘it kultivator oziqlantirgichlar bilan olib boriladi. O‘g‘itni makkajo‘xori qatorining har ikki tomonida 10 sm uzoqlikda solinadi. Ohak solingan tuproqlarda hamma turdagi azotli o‘g‘itlar makkajo‘xori hosiliga bir xil ta’sir qiladi. Sug‘oriladigan sharoitlarda esa ammiakli selitra va mochevina ancha yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.