Nazorat savollari
Haydov ostiga solinadigan o‘g‘itlarning normalarini gapiring?
O‘g‘itlarni nima uchun ekish bilan birga solinadi va uning ahamiyati.
O‘simliklarning o‘suv davrida nima uchun oziqlantiriladi?
O‘simliklarni o‘suv davrida oziqlantirishni belgilovchi omillar?
O‘g‘itlar nima uchun donador qilinadi?
18-ma’ruza
Mavzu: Sabzavot ekinlari va mevali daraxtlani o’g’itlash tizimi.
reja:
1. Kartoshkani o‘g‘itlash
2. Qand lavlagini o‘g‘itlash
3. Mevali daraxtlarni o‘g‘itlash.
Kartoshkani o‘g‘itlash
Kartoshka muhim oziq-ovqat va texnik ekinidir. Kartoshka asosan Rossiya, Ukraina va Belorussiyada etishtiriladi. Kartoshka kuchsil kislotali muhitda ancha chidamli bo‘lsa ham, uning uchun optimal reaktsiya pH=5,5-6 ga teng. Kuchli va o‘rtacha kislotali muhitga ega bo‘lgan tuproqlar meyorida ohaklansa kartoshka yaxshi o‘sib rivojlanaveradi. Lekin kislotali yerlar to‘liq normada oxaklansa kartoshka parish kasaliga uchraydi. Kartoshkaning ildizi popuksimon bo‘lib, asosan haydov qatlamida joylashadi. Gullash davrining oxiriga kelib kartoshkaning palagi to‘la shakllanib olganda umumiy ozuqa moddalarning 2/3, 3/4 qismini o‘zlashtiradi. Asosiy kartoshka ekiladigan zonalarda ekinni yuqori agrotexnika asosida parvarish qili har 100 ts tuganak va shuncha miqdorda palak va palak etishtirish uchun 40-60 kg azot, 15-20 kg fosfor va 60-90 kg kaliy sarf bo‘ladi. Kartoshkaning ildiz sistemasi nisbatan kuchsiz rivojlanadi. O‘suv davrining boshlarida tuproqdan qiyin eriydigan oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtira olmaydi.
Kartoshkaning tezpishar navi g‘unchalash va gullash davrida o‘rta pishar va kechpishar navlari esa palagi jadal o‘sayotgan va tuganaklar hosil bo‘la boshlagan paytda ozuqa elementlarni eng ko‘p miqdorda talab qiladi. O‘simliklarni ayni shu paytda hamma turdagi ozuqa elementlari bilan etarli darajada ta’minlash hosilning shakllanishida nihoyatda katta rol o‘ynaydi.
Tuganak hosil bo‘lish vaqtida kartoshka tuproqdan o‘g‘it tarkibidagi shuingdek palagida olinroq hosil bo‘lib to‘plangan ozuqa moddalardan foydalanadi.
Kartoshka palagi, tuganaklarni o‘sishi va ozuqa moddalarni
to‘lanishi (Lorx navi), %
Rivojlanish fazasi – oylar
|
Palagi
|
Tuganagi
|
Azot
|
Fosfor
|
Kaliy
|
Iyun
|
38
|
6
|
27
|
23
|
20
|
Iyul
|
100
|
31
|
67
|
75
|
80
|
Avgust
|
94
|
50
|
91
|
85
|
98
|
Sentyabr
|
86
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Kartoshka ekiladigan yerga go‘ng solishning o‘rtacha normasi: chimli - podzol tuproqlarda gektariga 30-40 t, qora tuproqli yerlarda 15-20 t solinadi.
Ko‘pgina dala tajribalarining ma’lumotlariga qaraganda, chimli-podzol tuproqlarda, har gektariga 120 kg azot, 120 kg fosfor va 90-120 kg kaliy solinganda, olingan hosil 195-226 ts ni tashkil etadi. Qo‘shimcha hosil 72-85 ts ni tashkil etadi.
Och sur tusli va sur tusli o‘rmon tuproqlarda har gektariga 120 kg azot, 90 -120 kg fofor va 120 kg kaliy solinganda, olingan hosil har gektariga 172 -200 ts ni, qo‘shimcha hosil esa 62-82 ts ni tashkil etdi.
Ishqorsizlangan qora tuproqlarda va to‘q sur tusli azot, 60-120 kg fosfor va 90-120 kg kaliy solinganda, olingan hosil har gektar hisobiga 165-209 ts ni tashkil etgan.
Dostları ilə paylaş: |