«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


Eksponentsal o’sish yoxud global muammo



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə64/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Eksponentsal o’sish yoxud global muammo
Bugungi kunda insoniyatning global (sayyoraviy) muammolari, Yerning kelajagi haqida o’ylaydigan odamlar juda kam topiladi. Bundan tashqari, odamlar dunyoning rivojlanishi modeli haqida tasavvurga ega emaslar. Nazarimizda, hozirgi vaqtda mutaxassislar ham bu haqda unchalik bosh qotirishmaydilar.
Dunyoning rivojlanish modelida agar aholi sonining ortishi, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishining o’sishini muvofiqlashtirish bo’yicha, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilanmasa, kelguvsida dunyoda nimalar yuz berishi mumkinligi ko’rsatib o’tiladi.
Xo’sh, dunyoning rivojlanish modeli kimlar tomonidan taklif etilgan edi?
1968 yilning aprelg‘ oyida Rimda dunyoning o’nta mamlakatidan olimlar, pedagoglar, iqtisodchilar, insonparvarlar, sanoatchilar, shuningdek, milliy va xalqaro tashkilotlar xizmatchilari italiyalik sanoatchi, iqtisod sohasidagi yirik olim, keng dunyoqarashli inson-doktor Aurelio Pechchey dahvatiga javoban to’planadilar. Ular o’z miqyosining darajasiga ko’ra odamlarni hayratga soluvchi mavzu-insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama etishadi. Insoniyatning taqdiri haqida chuqur tashvishda bo’lgan Aurelio Pechchey ularni va boshqa insonlarni dunyo rivojlanishining uzoq muddatli muammolari borasida bosh qotirishga majbur etadi.
Bu uchrashuv "Rim klubi"ning tashkil etilishiga asos bo’ladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi bizning barchamiz yashaydigan, turli xil, ammo bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy, siyosiy, tabiiy va ijtimoiy yo’nalishdagi tashkil topgan global tizimni yangicha nuqtai nazardan tushunishga o’rgatishdir va bunday yangicha tushunishni qarorlar qabul qilish uchun mashul bo’lgan shaxslar o’rtasida kengroq tarqatishdir. Shuningdek, butun dunyo jamoatchiligi orasida qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish bo’yicha faoliyat ko’rsatish sohasida yangi-yangi tashabbuslar bilan amaliy yordam berishdir.
Bu birlashgan guruh ahzolarining ehtirof etishlaricha, insoniyat oldida turgan asosiy muammolar shu qadar murakkab va bir-birlari bilan bog’liqki, anhanaviy ijtimoiy institutlar va qarorlar qabul qilishning eskicha mexanizmlari bilan ularni sira hal etib bo’lmaydi. Bugungi kunda hatto ularning butun teranligini to’la darajada aks ettirishning ham imkoni yo’q.
"Rim klubi"ning birinchi yig’ilishidayoq juda dadillik bilan olg’a surilgan "Insoniyatning murakkab ahvoli" loyihasini ishlab chiqishga qaror qilinadi. "Bu loyihaning maqsadi butun insoniyatga tegishli muammolar kompleksini qarab o’tishdan iborat. Bu muammolar: farovonlik orasida qashshoqlik; atrof-muhit zavoli; ijtimoiy institutlarga bo’lgan ishonchning yo’qolishi; aholining ish bilan to’la tahminlanganligi; yoshlarning begonalashuvi; anhanaviy qadriyatlarni inkor etish, shuningdek, pulning qadrsizlanishi hamda boshqa iqtisodiy tanazzullaridir". (X.Medouz va boshqalar. Predelo’ rosta. M., "Moskva universiteti", 1991 y.). Sayyoramiz hayotiga xos barcha muammolar bilan o’zaro bog’liqdek tuyulmagan bu va boshqa muammolar, "Rim klubi" ahzolarining ehtirof etishga, uchta umumiy harakterga ega: u yoki bu darajada bu muammolar barcha mamlakatlarda mavjuddir; ular o’zlarida texnikaviy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy elementlarni mujassam etadi va eng muhimi, ularning barchasi bir-birlariga o’zaro tahsir ko’rsatadi.
Insoniyat ahvolining murakkabligi ham shundaki, bu barcha muammolarni tushuna oladi uning bilimi va tajribasi katta shunday bo’lsa-da, muammolarning dastlabki sabablarini, uni tashkil etuvchi ko’pgina tarkibiy qismlarning o’zaro tahsiri tartiblarini ahamiyatini to’la tushunib etavermaydi va oqibatida unga tegishli samarali chora-tadbirlar ham ishlab chiqa olmaydi. Buning natijasida biz muammoning faqat ayrim komponentlarinigina batafsil qarashda davom ettiramiz-u, ammo bir butunlik uni tashkil etgan qismlarning shunchaki to’plamidan iborat emasligini, undagi bitta unsurning o’zgarishi boshqalarining ham o’zgarishini bildirishini anglab etavermaymiz.
To’g’ri, qurollanish poygasi, atrof-muhit holatining yomonlashuvi, aholi sonining jadal surhatlar bilan ortishishi va iqtisodning pasayishi hollari ko’pincha markaziy, hozirgi zamon insonini o’z xalqasiga olib turgan uzoq muddatli muammolar hisoblanadi. Ko’pincha kishilar taraqqiyotining kelajakdagi yo’li, ehtimol, hatto inson jamiyatining o’zi mavjud bo’lib qolish-qolmasligi, dunyoning mazkur muammolarga nisbatan qanchalik tez va samarali chora-tadbirlar belgilashiga bog’liqligini ehtirof etadilar. Shunday bo’lsa-da, dunyo aholisining faqat mahlum qismigina bu muammolarni tushunishga va hal qilishga intiladilar. Bundan quyidagi xulosalar kelib chiqadi.
1. Atrof-muhit bir qancha manbalardan ifloslandi va bu ifloslanish eksponentsial o’sish qonuni bo’yicha sodir bo’ladi.
2. Biz atrof-muhit ifloslanishining eng so’nggi chegarasi haqida mutlaqo bilimga ega emasmiz.
3. Ekologik jarayon davom etaveradi, lekin biosferaning tabiiy holatini tiklash, uni muvofiqlashtirish borasidagi chora-tadbirlar ekologik jarayonlardan orqada qoladi; atrof-muhit ifloslanishi o’zining eng so’nggi chegarasiga etadi.
4. Ayrim ifloslantiruvchilar butun sayyora bo’ylab tarqaladi; ularning zararli tahsiri faqat o’zi tarqalayotgan atrof-muhitdagina emas, balki undan juda uzoq-uzoq masofalarda ham namoyon bo’ladi.
xar qanday inson o’z muammolarini biror model yordamida hal etadi. Model bu - murakkab tizim haqidagi tartibga solingan takliflarning oddiy to’plami, bu barcha his qilish va o’tmish tajribasidan kelib chiqqan holda umumlashtirilgan kuzatishlarning biror to’plamini tanlash yo’li bilan modellash usuli ekologiyada ham keng qo’llaniladi. Uning potentsial imkoniyati juda kattadir. Modellash ekotizim tabiatni taxminiy tushuntirish va oldindan aytish imkonini beradi. Ayniqsa, u atrof-muhit tadqiqotining nazariy darajasi etarli bo’lmagan hollarda juda qo’l keladi. Xuddi ana shu yo’nalishda modellash nazariy tuzulmalarni hamisha to’ldiradi. CHunki tabiatga amaliy tahsir ko’rsatish va bunday tahsir oqibatlarini nazariy anglash o’rtasidagi farq saqlanib qolaveradi. Biosferani sifat jihatdan yangi variantda qayta qurish uchun, albatta, dastlab bu ishning modeli yaratilishi kerak.
Xo’sh, insoniyat o’zining bugungi kundagi global muammolarini qanday yo’llar bilan hal etmoqchi? Bizda uning global taraqqiyotni modellash bo’yicha loyihasi mavjudmi? O’z aql-idroki bilan bog’liq kelajak stsenariyasi ishlab chiqilganmi? xech qanday muammo, hususan, ekologik muammo ham o’z-o’zidan kelib chiqmaydi. Global muammolar hamisha bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Faqat hozirgi zamon dunyosi uchun xarakterli bo’lgan rivojlanish jarayonining tezlashib boruvchi tendentsiyasi sabab va oqibatlarini tushunmoq kerak.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin