«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə65/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Barqaror taraqqiyot g’oyasi
O’sish imkoniyatlari va cheklanish borasidagi munozaralar yangi g’oya tug’ilishiga olib keladi. Bu - barqaror taraqqiyot g’oyasidir. xozirgi vaqtda mazkur g’oya inson va tabiatning o’zaro munosabatlarida asos bo’lishga arziydigan kontseptsiyadir. Barqaror taraqqiyot atrof-muhit degradatsiyasiga olib kelmaydigan iqtisodiy rivojlanishni belgilab beradi.
Barqaror taraqqiyot g’oyasiga ko’ra , mahlum parametrlar doimiy qiymatga ega bo’lishi kerak. Xususan:
1) fizik konstantlar (o’zgarmas kattaliklar);
2) genofond;
3) barcha asosiy ekotizmlar tashkil etuvchilari (qismlari)ning ilk ko’rinishlari (yo’qsa inson tomonidan amalga oshirilgan o’zgarishlar haqida fikr yuritib bo’lmaydi);
4) aholi salomatligi.
Shunday qilib, atrof-muhit muhofazasi va sog’liqni saqlash ayni g’oyaning tarkibiy qismiga kiradi.
Tabiatni muhofaza etishdan maqsad atrof-muhitni toza, sifatini o’zgartirmasdan saqlash, o’simliklardan uzliksiz hosil olish, hayvonlarni ko’paytirish, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, tabiat boyliklarining olinishi va ularning qayta tiklanishi tsiklini muvofiqlashtirishdir. Ammo biosferadan qancha va qachongacha olish mumkin. Buni hatto modellash yordamida ham aniqlab bo’lmaydi.
Tabiat boyliklarini juda ko’p olaverish nafaqat ularni tugashiga, balki sifatining yomonlashuviga ham olib keladi. Masalan, o’rmon va daraxtlarning ketma-ket qirqilaverishi faqat daraxtlarning kamayishigina emas, balki ular sifatini buzilishiga ham sabab bo’ladi. "Ega bo’lmoq" g’oyasi "mavjud bo’lmoq" sari yo’nalish olishga teskaridir. Kuchli "ega bo’lmoq" istagi va bu boradagi faoliyat insonning ham, tabiiy muhitning ham sifatini yomonlashtiradi. Ayni bir vaqtda juda katta miqdorda tabiiy boyliklariga va eng yaxshi sifatga ega bo’lishning ham imkoni yo’qdir. Yer, suv va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanishni cheklash - aholi sonining keskin ortishi va sayyoramiz boyliklarining haddan ortiq kamayib ketishining oldini olish choralaridan biridir. Yovvoyi tabiatga nisbatan munosabatlarda inson aqlsiz yirtqichga emas, donishmand xo’jayinga aylanishi lozim. Agar haqiqatan ham shunday bo’lsa, u holda barqarorlikni taraqqiyotning uzliksizligi mahnosida tushunsa bo’ladi. Barqarorlik va uzluksizlik mahnolari bir uzanda tutashadi. Chunki ayrim parametrlar o’zgarmasdan qolaversa, u holda, taraqqiyot ham uzluksiz bo’laveradi.
Teskari bog’lanishning salbiy tahsiri inson va tabiatning o’zaro munosabatlarini oqilona muvofiqlashtirishga alg‘ternativ hisoblanadi (populyatsiya zichligining ortishi bu zichlikni kamaytiruvchi mexanizmlar tahsirini kuchaytiradi). Inson va tabiatning o’zaro munosabatlari to’g’ri tashkil etilmasa, sayyora aholisining katta qismi qashshoq yashaydi. Bu esa davlatlar o’rtasidagi kurashning keskinlashuvi, urush va boshqa voqealarga olib keladi. Barqaror taraqqiyot g’oyasi evolyutsiya va barqaror rivojlanish tushunchalarini biologik nuqtai nazardan birlashtirishga, shuningdek, insonni yaratishga bo’lgan intilishini qanoatlantirishga imkon beradi.
To’g’ri, na faqat amaliyotda, balki nazariyada ham barcha ishlar silliqgina hal bo’lavermaydi. Sinergetika va barqaror taraqqiyot kontseptsiyasi mahlumotlari o’rtasida tafovutlar mavjud. Bunga muvofiq barcha yangi tuzulma (struktura)lar muvozanatdan yiroq sharoitlarda hosil bo’ladi. Ehtimol, bu ziddiyatni bartaraf etish imkoniyati ham tug’ilar, yahni bunda jamiyat bir nomuvozanat holatidan boshqasiga o’zi va atrof-muhitni buzmasdan o’tishga o’rganar.
1992 yilda Rio-de-Janeyroda jahon taraqqiyoti masalalariga bag’ishlangan halqaro anjuman bo’lib o’tdi. Unda 179 mamlakat boshliqlari ishtirok etdilar. Anjuman jahon jamoatchiligining rivojlanishi uchun asos sifatida barqaror taraqqiyot g’oyasini taklif etdi va shu bilan ijtimoiy ekologiyaning uchinchi bosqichi - muvofiqlashgan siyosiy harakat boshlanganini anglatdi.
Anjuman ishtirokchilari Taraqqiyotning kapitalistik modeli barqaror emasligini, endilikda rivojlanishning mutlaqo yangi yo’nalishi zarurligini tahkidlashdilar. Butun tabiat taraqqiyoti printsipi insoniyat rivojlanishiga asos bo’lishi mumkin.
Bu tizim (sistema)ning bir barqaror holatdan boshqasiga barqarorlikni buzmasdan o’tishini bildiradi. Masalan, "inson - atrof-muhit" tizimiga o’tish deganda butun sayyora miqyosidagi barqarorlik tushuniladi. Insoniyat taraqqiyotdan voz kecha olmaydi, ammo uning barcha bosqichlarida barqarorlik saqlanishi lozim. Gap xuddi ana shu haqda ketmoqda. xa, taraqqiyot barqaror bo’lishi kerak, aks holda ilgaridek qandaydir tsivilizatsiya emas, balki endi butun zamin halok bo’ladi. Boshqa yo’l yo’q, bo’lishi ham mumkin emas. Bu yo’ldan qanday harakatlanish esa juda ko’p holatlarga, xususan, sayyoraning turli hududlaridagi kuchlar nisbatiga ham bog’liq.
Rio anjumanining asosiy hujjati bo’lmish "XXI asrning kun tartibidagi masala" taraqqiyotni ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy nuqtai nazarlardan barqaror qilish maqsadida tuzilgan ish dasturidan iborat. Matnda atrof-muhitni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni izolyatsiyalangan sohalar tarzida qaramaslik lozimligi haqida tahkidlanadi. Butun dunyo xalqlari uchun ikki asosiy maqsad - atrof-muhit sifatini yuqori darajada saqlash va sog’lom iqtisod asosini barpo etish - bir butun masala sifatida qaralmog’i kerak.
Har qalay, bu mulohazalar ekologik tizim faoliyati mexanizm (tartib-qoida)larini tushunish va uni kelguvsida boshqarishning naqadar murakkab ekanini ko’rsatib beradi.
"XXI asr kun tartibidagi masalalar"da ifodalangan qoida va tavsiyalar mazmuni quyidagilardan iborat:
Iqtisod rivojlanishi sayyoraning ekologik imkoniyatiga mos kelishi kerak; iqtisodiy taraqqiyot atrof-muhitga zarar yoki xavf-xatarlar keltirmasligi lozim; taraqqiyotni barqaror qilmoq, hozirgi ehtiyojlarni qondirmoq, ammo kelguvsi avlodlar ehtiyojlarini ham nazarda tutmoq, aholi, istehmol va Yer qobiliyati o’rtasidagi barqaror muvozanatni tahminlash orqali hayotni qo’llab-quvvatlash, loyihalarni amalga oshirilgunga qadar ekologik ekspertdan o’tkazish, ijtimoiy guruhlar va nodavlat tashkilotlarga katta resurslarni taqdim etish, mahalliy o’quv markazlariga katta imkoniyatlar berish, tabiat resurslari tannarxini to’la hisobga olish iqtisodiy o’sishni tahminlash va ayni vaqtda energiya sarf-xarajatlarini, mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, rivojlanuvchi mamlakatlarga ekologik sof texnologiyalar berish, ekologik jihatdan zararsiz mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish, ishlab chiqarishni markazlashtirish va urbanizatsiya darajasini pasaytirish, biologik xilma-xillikni tahminlash uchun tadbirlar blgilash, turli mamlakatlarda ekologik qonunlarning bir xilligi, pestitsidlarni qo’llamaslik, o’simliklarni himoya qilishning biologik vositalardan foydalanmaslik va boshqalar.
Barqaror taraqqiyot kontseptsiyasi, nazariy sxema tarzda, inson va tabiatning o’zaro munosabatlarini uyg’unlashtirish va ekologik jamiyat yaratish usulini ifodalaydi. Ammo u aniq dastur sifatida bir qancha mamlakatlar tomonidan tanqid qilindi.
Opponentlar rivojlanuvchi mamlakatlarga katta moliyaviy yordam berish va aniq qarorlarsiz hammasi faqat yaxshi so’z va tilaklardan iborat bo’lib qolaverishini tahkidlaydilar. Ayniqsa, tabiatni asosiy ifloslantiruvchi mamlakatlarda tabiat muhofazasi borasida aniq qarorlar bo’lmog’i zarur. bozor mexanizmining salbiy oqibatlarini va transnatsional korporotsiyalar faoliyatini muhokama etib ko’rmoq lozim. Sinfiy jamiyatning barqaror rivojlanishi printsipial imkoniyati haqidagi masala ham ochiq qoladi.
Barqaror taraqqiyot kontseptsiyasining xom xayolligi shundaki, uni amalga oshiradigan biror markazning o’zi yo’q. Muvoffaqiyatga olib keladigan qandaydir "belgilangan uyg’unlik" ham mavjud emas. Ekologik halokatlarni bartaraf etadigan tabiiy sabablar ham, vaziyatni yaxshilash muqarrarligi ham ko’rinmaydi. xamma-hammasi insoniyat amaliy faoliyatiga va uning axloqiy sifatlariga bog’liq.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin