Nazorat savollari 1. Tuproq iqlim sharoitiga qarab azotli o‘g‘itlar qanday qo‘llaniladi?
2. Organik fosforli va kaliyli o‘g‘itlar qanday qo‘llaniladi?
3. Kartoshka qanday tuproq sharoitida o‘sadi?
4. Kartoshka oziq moddalarni eng ko‘p qachon qabul qiladi?
19-ma’ruza Mavzu: Agrokimyoning ekologik muammolari. Reja:
Ekologik muammolarni kelib chiqishining asosiy sabablari
Eksponentsal o’sish yoxud global muammo
Barqaror taraqqiyot g’oyasi
Ekologik muammolarni kelib chiqishining asosiy sabablari Bizning ona sayyoramiz nisbatan yosh samoviy jism hisoblanadi. Uning yoshi taxminan 4,6 million yilga teng. Olimlarning fikricha, moddiyatning tadrijiy takomili qonuniyati natijasida bundan uch milliard yil ilgari Yerda hayot vujudga kelgan va biologik qatlam rivojlana boshlagan. Turli populyatsiyalar hamda turlardan tashkil topgan flora va faunalar paydo bo’lgan, o’simlik va hayvonat olami turlari hamda populyatsiyalari o’rtasida mahlum munosabatlar shakllangan. Yerdagi hayot tadrijiy takomili (evolyutsiyasi)ning dastlabki bosqichi yakunida o’simliklar va hayvonlar o’rtasida dinamik muvozanat yuzaga kelgan. Uning mohiyati shundan iboratki, o’txo’r hayvonlar o’simliklarni, o’txo’r hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar eyishi va ularga boshqalarining kushanda bo’lishi flora va faunalar mazkur turlarining butunlay yo’qolib ketishiga olib kelmagan. Nobud bo’lgan o’simliklar va hayvonlar o’rniga evolyutsiya va ko’payishning tabiiy jarayoni natijasi sifatida yangilari paydo bo’lib turgan.
Xatto katta geologik kataklizmalar (o’simlik va hayvonlarning yalpi qirilib ketishiga olib kelgan halokatlar) davrida ham tabiat o’zning dinamik muvozanatini saqlab qola olgan. Lekin bu yangi bosqichdagi muvozanat bo’lgan, yahni o’simlik va hayvonlarning yangi turlari hamda eski (qolgan)lari o’rtasida muvofiqlik o’rnatilgan. Boshqacha aytganda, tabiiy tanlanish jarayoni kechgan - yashashga qobil bo’lmagan o’simlik va hayvonlar qirilib ketgan va o’lgan. Ularning o’rniga yashashga ancha qobil bo’lgan yangilari paydo bo’lgan. Bu qonuniyat flora va faunalarning xilma-xilligi ortishiga olib kelgan. Lekin bunda o’simlik va hayvonlar turkumi (jamoasi) ichidagi, shuningdek, ular jamoasi o’rtasidagi dinamik muvozanat saqlanib qolgan.
Odamsimon jonzotlar bundan qariyib uch million yil ilgari biologik tizimga qo’shilgan. Ularning biologik muvozanatiga ko’rsatgan tahsiri juda kichik bo’lgan. Ibtidoiy inson faoliyati ov qilish, baliq tutish, o’simliklarning ildiz va bo’talarini, meva va hosilini yig’ish va boshqalar bilan cheklangan. Bu esa mavjud biologik muvozanatning juda oz darajada buzilishiga olib kelgan, xolos.
Tadrijiy takomilning mahlum bosqichida mehnat qurollari yaratilishi natijasida inson o’zining tevarak-atrofidagi tabiiy muhitga faol tahsir ko’rsata boshlagan. Endi u ko’chmanchi tarzda emas, balki tabiiy shart-sharoitlar yaxshi bo’lgan joylarda o’troq holda hayot kechirgan va qishloq xo’jaligi faoliyati bilan shug’ullangan. Natijada inson hali qo’l tegmagan yerlarni qishloq xo’jaligi maydoni yoki tomorqa sifatida o’zlashtirgan va ayrim yovvoyi hayvon turlarini xonakilashtirgan. Insonning bunday ongli faoliyati tufayli biologik (ekologik) tizimning yangi turi-qishloq xo’jaligi shakllangan.
Atrof-muhitni o’zlashtirishning bu boshlang’ich shakli, o’z navbatida, mavjud ekolgik muvozanatning o’zgarishiga olib kelgan. Tabiatning biologik qimmati o’zgargan. Oxir-oqibatda dastlabkidan farq qiluvchi yangi shakldagi ekologik muvozanat vujudga kelgan.
Insoniyat taraqqiyoti sanoatning rivojlanishiga olib kelgan. Shaharlarning qurilishi va o’sishi, shahar aholisining ko’payishi qonuniy holda tabiat va insonning yangi turdagi o’zaro munosabatini shakllantirgan. Natijada bizning zamonamizda inson qadami etib bormagan tabiiy muhitlar faqat tropik junglilar va tog’larning baland-baland etaklarida, qisman tundrada, himoya qilinadigan qo’riqxonalardagina saqlanib qolgan. U yerlarda inson yashamaydi va faoliyatining salbiy natijalari ham kuzatilmaydi. Dunyodagi butun tabiiy muhitining taxminan o’n foiz hududiga hali butunlay tegilmagan, xolos.
Inson tsivivlizatsiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag’riga tobora chuqurroq kirib borishi oqibatida ahvol tubdan o’zgardi. Odamlar o’simlik va hayvonot olamiga bostirib kirib, ko’pincha, o’z faoliyatining salbiy oqibatlari tabiatni o’zgartirib yuborishi mumkinligi haqida hatto o’ylab ham ko’rishmaydi.
Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo’ladi. Yer yuzida o’rmonlar qirqildi, katta-katta hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o’zlashtirildi, dorilar bilan o’g’itlandi, har xil chiqindi hamda gazlar bilan toza havo va tabiat ifloslandi. Bundan tashqari, tabiatda toshqinlar, o’rmon yong’inlari, chang bo’ronlari ham yuz beradi. Bularning barcha tabiatning tabiiy muvozanatiga putur etkazadi.
Shvetsiariyalik ekolog V.TSisvilerning ehtirof etishicha, keyingi 300 yil davomida 150 xildan ortiq hayvonlar turi yer yuzidan butunlay qirilib, yo’qolib ketgan. Afsuski, endi ularni qayta yaratib bo’lmaydi. xozirgi sharoitda yo’qolib ketish arafasida turgan 240 turdagi hayvonni qanday saqlab qolish masalasi muammo bo’lib turibdi. Nafaqat hayvonlar, balki o’simliklar ham yo’qolib ketadi. Bularning barchasi biologik muozanatning buzilishi oqibatlaridir. xa, insonning noaxloqiy, noinsonparvar va ilmiy nuqtai nazardan asoslanmagan, oqibatlari o’ylanmagan faoliyati natijasida ko’plab o’simlik va hayvonlar, mikroorganizmlar butunlay yo’qoldi.
Ekologik muvozanatning buzilishi inson faoliyati oqibatida yuzaga keladi. Agar bu buzilish mahlum kritik (keskinlik) holatidan yuqori bo’lmasa, muvozanat qaytadan tiklanadi. Bu hol atrof-muhit zahiralari tugamaganucha davom etaveradi. Agar bo’zilish darajasi keskinlik (kritik) holatidan o’tib ketgan bo’lsa, u holda ekologik tizim ishdan chiqadi, undagi hayot so’nadi yoki eng qashshoq va sodda ko’rinishda saqlanib qoladi. Yer sharining bir vaqtlar gullab yashnagan hududlari (regionlari), masalan, Afrika va Amerikaning cho’l tumanlari, Shimoliy Italiyaning tog’ etaklari, Amerika harbiylarining gerbidtsitlar va defoliantlarni qo’llashlari natijasida Vetnam xududining bir qismi, O’zbekistonning orol atrofi mintaqalari va boshqa ko’plab joylar insonning nooqilona faoliyati tufayli juda achinarli holatga kelib qolgan. Shuni tahkidlash joizki, ekologik muvozanat buzilganidan keyin mahlum vaqt o’tib, yangi dinamik muvozanat yuzaga keladi. Bu holatni aniq misollarda ko’rib o’tish mumkin.
XX asrning 60 yillarida bog’larni eb qo’yadigan olma kuyasiga qarshi DDT preparatidan ko’p foydalana boshlagan edi. Olma kuyasi bartaraf etilgandan so’ng, qizil qurtlarning o’rnashib olishi muammosi keskin bo’lib qoldi. xali shu paytgacha bog’bonlarni qizil qurt muammosi tashvishga solmagan edi. Gap shundaki, mevali bog’larda qizil qurtlarning qirq beshta tabiiy dushmani mavjud. Shuning uchun ham, u bog’larga kam zarar etkazgan, chunki uning rivojlanib, ko’payib ketishiga tabiiy dushmanlari imkon bermagan. Bog’larga DDT bilan ishlov berilganda olma kuyalari bilan birgalikda qizil qurtlarning dushmanlari ham qirilib ketgan. +izil qurtlar esa o’lmay qolishgan va oqibatda bog’larga katta zarar etkazilgan. Boshqacha aytganda, ayni ekologik tizimdagi o’zgarishlar oldindan ko’ra bilinmagan noqulay oqibatlarga olib kelgan, yahni zararkunanda-qizil qurt yappasiga tarqalib ketgan.
Hali inson mustaqil tur sifatida shakllanmagan vaqtlarda ekologik muvozanat tahminlangan va tabiiy o’z-o’zini "sozlash" mexanizmi (tartibi) hukm surgan. Biror populyatsiyaning haddan ortiq ko’payishi ayni muhitda oziqlanish imkoniyatidan ortib ketib, tabiiy muvozanat buzilgan hollarda tabiatning o’z-o’zini "to’g’rlash" mexanizimi ishga tushgan va natijada muvozanatning yangi holati yuzaga kelgan. Bugungi kun sharoitlarida tabiiy muvozanatning buzilishiga ayrim shaharlarda bahzan qarg’alarning birdan ko’payib ketishi misol bo’la oladi. Ular shahardagi oziq-ovqat chiqindilari va axlatlarni titib yurishadi. +arg’alar galasining ko’payishi natijasida boshqa qushlar shaharda kamayib qoladi. xolbuki ular hasharat-zararkunandalarni eb, istirohat bog’lari va daraxtzorlarga katta foyda keltiradi. Shaharda ancha-muncha ko’payib qolgan qarg’alar "surbetlashib" vaxshiy qushga aylanadi va kamayib qolgan boshqa paranda-qushlarga hujum qila boshlaydi. Xuddi ana shunday holat axlatxonalarga to’planib olgan daryo, ko’l va dengiz chag’alaylari bilan ham kuzatiladi.
Bundan tashqari, 2000 yilning bahor-yozida +ozog’iston va Rossiyaning ayrim hududlarida chigirtkaning ko’payib ketishi va ularning maydondagi ekin-o’simliklarni eb qo’yishi va boshqalar tabiiy muvozanatning buzilishiga misol bo’ladi. Bunday hollarda, mahlum vaqt o’tib, yangi ekologik muvozanat qaror topadi.
Tabiatdagi ayrim turlarning ekologik muvozanati buzilish qisqa muddatli, masalan, bevosita toksik (zaharlovchi) tahsir va bilvosita uzoq tahsir tufayli kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bu holni bir necha misollarda ko’rib chiqaylik. Agar begona (yovvoyi) o’tlar gerbitsidlar bilan yo’qotilsa yoki o’simliklarning yuqumli kasalliklari bilan kurashishda ularni eltuvchilarni bo’g’imayoqlilarni - ularni eltuvchilarni qirish uchun insektitsidlar qo’llanilsa u bevosita tahsir hisoblanadi. Ammo maskur kimyoviy vositalar yordamida begona o’tlar va hashorotlarni alohida tanlab yo’qotish bilan bir qatorda foydali o’simlik va hasharotlar va hatto hayvonlar ham zarar ko’rishi mumkin. Bunday holarda ham nomaqbul bevosita tahsir yoki uzoq tahsir ko’rinishlari namoyon bo’ladi.
Bundan tashqari, zararkunandalar bilan kurashishda inson tamonidan foydalaniladigan zaharli moddalar uzoq vaqt davomida yer-tuproqda, havo va suvda saqlanib qoladi. Chunki tabiatning o’zida ularni zararsizlantiradigan bakteriyalar (mexanizmlar) deyarli yo’q. Bu zaharli moddalarning parchalanib ketishi yoki zararsizlanishi uchun ko’p hollarda juda uzoq vaqt talab etiladi.
xatto, ko’pincha, ularning emirilishi jarayonida yanada zaharliroq mahsullar paydo bo’lib qoladi. xolbuki ularning xususiyatlarini biz hali bilmaymiz, o’rganishimizga to’g’ri keladi. Yangi paydo bo’lgan zaharli mahsullar flora va faunalarning namunalariga juda uzoq vaqt tahsir ko’rsatishi mumkin. Bu bilvosita uzoq muddatli tahsirlar hisoblanadi. Boshqacha aytganda, bir zararkunandaga tahsir etib, hech kutilmagan yoki o’ylab ko’rilmagan natijaga duch kelinadi. Daryo va ko’llarda baliqlar, o’rmon va maydonlardagi foydali hasharotlar va qushlar, mazkur tuman xududlarida yashaydigan yovvoyi hayvonlarning qirilib ketishi yoki ko’plab o’lishiga sabab bo’lnadi. O’simliklar, hasharotlar, qush va hayvonlarning zaharlanib o’lishi esa qishloq xo’jaligi uchun juda katta zarar keltiradi.
Xo’sh, ekologiya faqat bugunninggina dolzarb muammosimi? Inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabat faqat hozirgi davrdagina murakkablashdimi? Inson va Tabiat munosabatlarini murakkablashib borishining sabablari nimadan iborat? Ekologiya muammosi insoniyatning tarixiy taraqiyoti bilan bog’liqdir. Tabiatning ekologik vazifasi shundan iboratki, inson faqat undagina biologik mavjudot sifatida yashay oladi. Odamlar tabiiy boyliklar etishmagan joylardan ko’chishib, suv va oziq-ovqat ko’proq bo’lgan va ob-havosi yaxshiroq joylarga to’planishadi. Bu joylarda ham aholi soni va ularning moddiy va mahnaviy ehtiyoji tobora ortib boradi. Inson mehnat qurollarini qo’llay boshlaydi. Bu ov qilishni, hosilni yig’ishtirishni va yirik vahshiy hayvonlardan o’zini himoya qilishni osonlashtiradi. Tabiatning beshafqat sovuqlari insonni turli kiyimlar tayyorlashga, uylar qurishga majbur etadi. xayotiy ehtiyojlar uchun mehnat qurollarini qo’llanish zaruratga aylanadi va bu o’z navbatida insonni faollashtiradi. Bu bilan insonning iqtisodiy faoliyati shakllana boshlaydi. Ayni paytda tabiatning iqtisodiy vazifasini yuzaga keltiradi. Endi Tabiat Inson uchun faqat yashash maydonigina emas, balki qurilish uskunalari, qurilish va mehnat maydoniga aylanadi. Endi inson uchun Tabiatni tashkil etuvchilar uning tabiiy boyliklari bo’ladi. Insonning ishlab chiqarish faoliyatida tabiiy boyliklar soni borgan sari ko’payib boradi va oxir-oqibatda butun Tabiat boylikka aylanadi. Ammo bu ham insonga oz tuyuladi va u Tabiatning ichiga chuqurroq kiradi hamda Koinot kengliklariga chiqadi. Tabiatdan olingan har bir ulush, unda erishilgan yutuq Inson ongining rivojlanishiga, uning kuchlanishiga sabab bo’ladi. Inson faqat tabiat qonunlarini bilibgina olg’a siljish mumkinligini anglab etadi. xayotda ottirlgan tajriba-aql inson mehnatini engilashtiradi, mehnat esa yangi ehtiyojlar tug’diradi va inson fikrini rivojlantiradi. Olamni bilishga bo’lgan qiziqish ana shunday vujudga keladi. Bilimni tartiblashtirishdan maqsadga yo’naltirilgan ilmiy faoliyatga o’tiladi. Bunda tabiatning o’zi ustoz, birinchi darslik, birinchi imtihon oluvchi bo’ladi. Endi dehqonchilik bilan shug’ullangan insonning ishlab chiqarish faoliyati boshlanadi va ekologik muammolar vujudga keladi...