«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə60/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

G‘o‘zani o‘g‘itlash
G‘o‘za O‘rta Osiyo respublikalarida bo‘z, g‘o‘z-o‘tloqi, o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqlar sharoitida etishtiriladi. Bu tuproqlarda chirindining o‘rtacha miqdori 1-4 % ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘zaning ko‘p qismi bo‘z tuproqli, shuningdek o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqli yerlarga ekiladi. Bu tuproqlar almashinuvchi kaliy bilan ancha yaxshi ta’milangan harakatchan fosfor bilan kam taminlangan g‘o‘za neytral va ishqoriy muhitli sharoitda yaxshi o‘sadi.
G‘o‘zaning ildizi o‘q ildiz bo‘lib, asosiy ozuqa bilan taminlovchi ildizlar 0-60 sm qatlamda joylashgan bo‘lib, 1,5-2 m gacha tushib boradi.
G‘o‘za gullash davrida umumiy oziq moddalarning 80-90 % ni iste’mol qiladi. 1 t paxta hosilini olish uchun 60 kg azot, 20 kg fosfor, va 50 kg kaliy sarf bo‘ladi.
G‘o‘zaning fosfor va azotga nisbatan tig‘iz oziqlanish davri yosh nihollarning paydo bo‘lishidan 2-4 ta chin barg chiqargunga bo‘lgan davr hisoblanadi. Kaliy bu vaqtda sezilarli darajada ahamiyatga ega emas. Nihollar paydo bo‘lgandan keyin azot etishmasligi sodir bo‘lsa keyinchalik g‘o‘zada hosilsiz monopodial shoxlar ko‘p paydo bo‘lib, hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Kaliy g‘o‘zada hosil elementlari paydo bo‘lish va pishish davrida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
G‘o‘zaga o‘tmishdosh ekin bu bedadir. Almashlab ekishda asosiy almashlab ekiladigan ekin bu g‘o‘za hisoblanadi. Shuning uchun asosan g‘o‘za beda almashlab ekish sistemasi qo‘llaniladi. Bunda 2-3 dalasi beda qolgan 7-8 dalasiga g‘o‘za ekiladi. Almashlab ekishdan keyin tuproq organik moddalar va azot bilan boyiydi. Keyingi ekiladigan ekin uchun g‘o‘zaga fosfor va kaliy tanqisligi sezilishi mumkin.

G‘o‘zaning ozuqa elementlari va quruq moddani to‘plashi, % hisobida.



Rivojlanishi fazalari

Quruq modda

N

R2O5

K2O

Shonalash

2

4

3

3

gullashning boshlanishi

12

18

13

18

to‘liq gullash

30

50

36

55

Pishish

100

100

100

100

Paxtachilik mintaqasida beda uchun birinchi darajali o‘g‘it fosforli o‘g‘it hisoblanadi. Organik o‘g‘itlar almashlab ekishdan keyin yoki bedadan keyin 4-5-yillari gektariga 30-40 t kuzgi haydov ostiga solinadi. Bedadan keyingi 1-2- yillarda g‘o‘za uchun solinadi azot 3-4-yilarga nisbatan 1-1,5 barobar kam bo‘ladi.


Azotli o‘g‘itlar g‘o‘zaga birnecha marta soldinadi. Ekishdan oldin ekish bilan va oziqlantirishda.
Agar azotning yillik normasi har gektariga 100 kg bo‘lsa uni faqat oziqlantirishda beriladi.
Azotning yillik normasi uning miqdori ko‘p bo‘lsa, uning 20-30 % ekishgacha bo‘ladigan ishlovda beriladi qolgan qismi esa ekishda va oziqlantirishda beriladi.
Fosforli o‘g‘itlarning normasi tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga qarab belgilanadi. Agar tuproq xarakatchan fosfor bilan past darajada taminlangan bo‘lsa fosforning normasi aralashgan gektariga 150 kg o‘rtacha taminlangan bo‘lsa 100 kg, qoniqarli va yuqori ta’minlangan bo‘lsa 50 kg solinadi. G‘o‘za uchun eng yaxshi fosforli o‘g‘it bu superfosfatdir. G‘o‘za ekiladigan maydonlar kaliy bilan ancha yaxshi taminlangan bo‘lsa ham uzoq vaqt dehqonchilik qilinishi va bir necha yil qotorasiga g‘o‘za ekilishi natijasida kaliyga ham ehtiyoj seziladi. Agarda kaliyli ekinlarning yillik normasi 100 kg gacha bo‘lsa hammasi haydov ostiga solinadi. Agarda yilning norma 100 kg dan ko‘p bo‘lsa, 50-60 % haydov ostiga qolgan qismi shonalash fazasida beriladi. G‘o‘zani ekish bilan birga 15-20 kg azot, 20-25 kg fosfor beriladi. O‘g‘itlar qatoridan 5-7 sm yonboshga va 10-12 sm chuqurlikka solinib urug‘ bilan o‘g‘itni tuproq qatlami ajratib turiladi. Vegetatsiya davrida 3 marta kultivator oziqlantirgich bilan oziqlantiriladi va sug‘oriladi.
Keyingi yillarda keng qatorlab g‘o‘za o‘stiriladigan maydonlar tobora kengayib bormoqda. Shunga ko‘ra g‘o‘zani o‘g‘itlash usuli va texnikasidan ham odatdagi tor 60 sm qatorlab ekilgandagiga nisbatan bir oz farq bor, agar g‘o‘za 3 marta o‘g‘itlanadigan bo‘lsa dastlabki 2 marta o‘g‘itlash tor qatorlab o‘stirilgan g‘o‘zanikidan farq qilmaydi, lekin 3-oziqlantirishda o‘g‘it g‘o‘za tupidan 30-35 sm yonboshga va sug‘orish egati tubidan 4-5 sm chuqurga berilsa u qatorning o‘rtasiga solinganga nisbatan yaxshi natija beradi.
Yer osti suvlari yaqin joylashgan o‘tloq, botqoq va o‘tloq botqoq tuproqlarda 1-2- oziqlantirishlar bir yo‘la kultivatsiya bilan birga olib boriladi va talab qilinmasa sug‘orilmaydi. Yer osti suvlari chuqur joylashgan bo‘z tuproqlarda oziqlantirilagnadan so‘ng tezlik bilan sug‘oriladi. G‘o‘zani o‘g‘itlashda o‘g‘itlarning belgilangan chuqurlikka tushishiga e’tibor berish lozim. Ayniqsa, bu ekish bilan birga solishda o‘suv davrida, o‘g‘itlashda juda muhimdir. Buning uchun o‘g‘itlagich soshniklari aniq kenglikka o‘rnatilishi o‘g‘it hamma tukoprovodlardan bir meyorda tushishini muntazam ravishda nazorat qilib turishi kerak.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin