O‘g‘itlarni donadorlashtirish va uning ahamiyati Mineral o‘g‘itlarni donador qilishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
1. Ular mushtlashib qolmaydi.
2. Donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni tuproq yuzasiga sochiluvchanligi yaxshilanadi va tuproq yuzasiga bir tekisda tushadi.
3. Boshqa o‘g‘itlar bilan aralashmalar tayyorlaganda bir tekisda aralashadi.
4. Donadorlashtirilgan o‘g‘itlarning ta’siri poroshok holidagi o‘g‘itlarnikiga nisbatan ancha yaxshi bo‘ladi.
5. Donadorlashtirilgan o‘g‘itlarning gigroskopikligi kristall va poroshok holidagi o‘g‘itlarnikiga nisbatan ancha kam bo‘ladi.
6. Mineral o‘g‘itlardan foydalanishni rejalashtirish va o‘g‘itlash normasini belgilash.
Mineral o‘g‘itlardan foydalanishni rejalashtirish va o‘g‘itlash normasini belgilash Almashlab ekishda o‘g‘itlar sistemasini ishlab chiqishda eng muhim va murakkab maqsadlardan biri o‘g‘itlash normasini belgilashdir. Ekinlar hosildorligining ortishi o‘g‘itlarnming normasi ortishi bilan qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligi ham bevosita ortadi, bunda olinadigan mahsulot sarflangan oziq moddalarni ancha ortig‘i bilan qoplashga erishiladi. Bunday intervalda normadan ortiq solingan o‘g‘it hisobiga ham, shuningdek o‘g‘it birligi hisobiga ham ortadi.
O‘g‘itlash normasini yanada oshirish gektaridan olinadigan hosilni ko‘paytirish mumkin. Lekin oshirilgan norma evaziga olingan qo‘shimcha hosil va o‘g‘it birligi hisobiga olingan maxsulot asta sekin kamayib boradi. Gektaridan olinadigan hosil maksimal darajaga aylangandan keyin kelgusida o‘g‘itlash normasini oshirishning hojati yo‘q. O‘g‘itlash normasini oshirish qo‘shimcha solingan o‘g‘itlar miqdori bilan bog‘ldiq barcha sarf haraatlar olingan qo‘shimcha hosil qiymati ortig‘i bilan qoplangandagina u iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi.
Solinadigan o‘g‘itlardan foydalanish eng asosiy qulay normasini belgilash va o‘g‘itdagi oziq moddalarning nisbatini planlashtirishda dala tajribasi natijalari asosi qilib olindi.
Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida jolashgan tajriba stantsiyalarida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tekshirish institutlarida va zonal agrokimyo laboratoriyalarida yagona sxema asosida o‘g‘itlash bo‘yicha dala tajribalari o‘tkaziladi.
Geografik dala tajribalari natijalari umumlashtirilib olingan ma’lumotlar asosida tuproq-iqlim sharoitlari agrotexnik usullar va boshqa omillarni hisobga olgan holda o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqiladi.
Geografik dala tajribalari natijalari o‘g‘itlar ta’sirining asosiy qonuniyatlarini aniqlashga o‘g‘itlarning turi va nisbatiga qrab ekinlarga turli normada solinganda ulardan olinadigan barqaror qo‘shimcha hosil miqdorni belgilashga: o‘g‘itdan agronomik va iqtisodiy jihatdan maksimal foyda olish uchun asosiy oziq elementlarining optimal normasi va nisbatini aniqlashga, mamalkatimizni tabiiy iqtisodiy rayonlari va viloyatlari bo‘yicha o‘g‘itlarga bo‘lgan talabni aniqlashga, ularni davlat miqyosida ishlab chiqarishni rejalashtirishga va taqsimlashga imkon beradi.
Belgilangan miqdordagi hosilni olish uchun agrokimyo xizmati
tomonidan tavsiya qilingan ozuqa elementlarining nisbati va
o‘g‘itlash normasi
Ekinlar ekiladigan mintaqalar
Umumlashtiril-gan tajribalar
Ozuqa moddalar- ning optimal normasi
N,R,K-ning o‘zaro nisbati
Kuzgi bug‘doy
shimoliy kavkaz
131
140
1:1:0.3
markaziy qoratul vil.
52
140
1:1,2:1,2
Donetsk – predneprovk
426
135
1:1,4:1
janubiy g‘arbiy
276
255
1:1,3:1
Janubiy
205
130
1:1,2:0.7
Kartoshka (orgnik o‘g‘it solingan, 200-250 kg/ga)
Markaziy
229
205
1:0,7:0,8
janubiy-g‘arbiy
170
225
1:0,7:0,8
Belorussiya
210
225
1:1,4:1,4
Qand lavlagi (gektaridan 250-300 ts)
markaziy qoratuproq
141
200
1:2,5:1,1
shimoliy kavkaz
70
155
1:1,3:1,1
donetsk – predneprovsk
298
200
1:1:0,8
janubiy-g‘arbiy
386
220
1:1,1:1,1
G‘o‘za (getaridan 25-30 ts)
O‘zbekiston
39
340
1:0,7:0,14
Tojikiston
70
340
1:0,7:0,3
Turkmaniston
54
290
1:0,6:0,2
Ozarbayjon
162
275
1:1:0,5
Mineral o‘g‘itlar birinchi navbatda xalq xo‘jaligida muxim ahamiyatga ega bo‘lgan ekinlarga va tuproq-iqlim sharoiti ma’lum darajada cheklangan joylarga ajratiladi.
Sug‘oriladigan va namgarchilik ko‘p bo‘ladigan mintaqalarga ko‘proq o‘g‘it etkazib berish rejalashtiriladi. Bunday joylarda o‘g‘itga ketgan harajatlar tezda ortig‘i bilan qoplanadi. Asosan g‘o‘o‘za, qand lavlagi, kartoshka, uzun tolali zig‘ir, shuningdek sabzavot va poliz ekinlari kabi muhim texnika ekinlari ekiladigan rayonlarga yuqori normalda o‘g‘it berish rejalashtiriladi.
Mamlakatimizning ayrim zonalari bo‘yicha tavsiya qilinadigan o‘rtacha o‘g‘itlash normalari u yoki bu zonaning haqiqatda o‘g‘itlar bilan qanchalik ta’minlanganligiga va tuproqning unumdorligi darajasiga qarab rejalashtiriladi.
Tuproqning agrokimyoviy ko‘rsatkichlari bilan o‘g‘itlarni samaradorligi orasida o‘zaro munosabatni aniqlash bo‘yicha mamldakatimizdagi zonal agrokimyo laboratoriyalari va ilmiy tekshirish tashkilotlari muntazam ravishda keng ko‘lamda eksperimental kuzatishlar o‘tkazib turadilar. Bunday tajribalarda aniqlangan o‘zaro bog‘liqliklarga asoslanib tuproq agrokimyoviy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda rejalashtiriladigan hosilga o‘g‘it qo‘llash bo‘yicha tavsinomalar ishlab chiqiladi.