17-ma’ruza
Mavzu: Texnika ekinlarini o’g’itlash
Reja:
kuzgi bug’doyni o’g’itlash
Makkajo‘xorini o‘g‘itlash
G‘o‘zani o‘g‘itlash
Kuzgi bug‘doy asosiy oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Kuzgi bug‘doy etishtiriladigan asosiy mintaqalarga shimoliy kavkaz va ukraina respublikasi kiradi. Bu yerlarda u donli ekinlar strukturasida qariyb 70 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari, kuzgi bug‘doy Rossiyaning markaziy qora tuproq va noqora tuproq mintaqalarida va Belorussiyada anchagina katta maylonlarga ekiladi.
Tuprog‘i ohaklangan agrotexnika qoialariga qatiy rioya qilingan va yaxshi o‘g‘ilangan yerlarda ulardan yuqori xosil olinadi. Kuzgi bug‘doyning ildizi popuk ildiz bo‘lib, asosan tuproqning haydov qatlamida joylashgan. Kuzgi bug‘doy asosan kuzda va bahorda tuplanadi. Kuzgi bug‘doy kislotali muxitga ega bo‘lgan tuproqlarda juda yomon o‘sadi va neytralga yaqin va neytral muhitli tuproqlarda yahxshi rivojlanadi.
Kuzgi bug‘doy qumli va qumoq tuproqlarda yaxshi rivojlanmaydi va o‘tmishdosh ekinga talabchandir.
Kuzgi bug‘doyning 1 t donida somoni bilan birga 35 kg azot, 12 kg fosfor va 26 kg kaliyni olib chiqib ketadi. Kuzgi bug‘doy azotga juda talabchandir. Ozuqa elementlarini iste’mol qilish asosan kuzgi ekinlarda gullash davrida tugallanadi. Eng ko‘p ozuqa elementlarini tuplanish va nam o‘rash davrida qabul qiladi. Kuzgi bug‘doyni shu fazalarda ozuqa elementlari bilan yaxshi ta’minlanishi muhim ahamiyatga egadir.
Kuzgi bug‘doyning ozuqa elementlariga bo‘lgan talabi
Rivojlanish davri
|
Azot
|
Fosfor
|
Kaliy
|
Tuplanish
|
32
|
20
|
23
|
nay o‘rash
|
56
|
37
|
78
|
Gullashi
|
85
|
79
|
100
|
mum pishiqlik davri
|
100
|
100
|
84
|
Kuzgi bug‘doy organik o‘g‘itlarga ham juda talabchan bo‘lib, har gektariga 20-30 t solinadi. Organik o‘g‘itlarni haydov ostiga solinadi. Bunda yarim chirigan go‘ngdan foydalaniladi. Kuzgi g‘allali ekinlarning, xususan, kuzgi bug‘doyning hosiliga mineral o‘g‘itlarning ta’siri tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liqdir. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash, kuzgi bug‘doyni qishki sovuqqa chidamliligini oshiradi va yotib qolish xususiyatini kamaytiradi. YOsh o‘simliklarda qand moddalarini to‘planishini ko‘paytiradi.
Azotli o‘g‘itlar unumdorligi past tuproqlarda ko‘chli ta’sir ko‘rsatadi. Azotli o‘g‘itlar asosiy o‘g‘it sifatida plug ostiga solinadi yoki kultivator va diskali borona bilan tuproqqa ko‘miladi. Kuzgi bug‘doyni azot bilan ortiqcha oziqlantirish natijasida o‘simlikda qand moddalarini to‘planishini kamaytiradi va qishlovga chidamliligini kamaytiradi.
Qishi iliq bo‘ladigan, bahori issiq, tuprog‘i tez qurib qoladigan va azotli o‘g‘itlarning yuqilish xavfi bo‘lmagan janubiy mintaqalarda organik o‘g‘itlarning to‘liq normasini haydov ostiga solsa ham bo‘laveradi. Qatorlarga solinadigan fosforning dozasi har gektariga 10 kg bo‘lib, donadorlashtirilgan superfosfat beriladi yoki tarkibida kompleks o‘g‘itlardan foydalaniladi.
Geografik dala tajribalarini natijalariga qaraganda har gektariga toza holda 10 kg yoki o‘g‘it ko‘rinishida 50 kg superfosfat ekish bilan berilganda chimli podzol tuproqlarda har gektardan 3-4 ts sur tusli tuproqlarda 2,8 ts, azotdagi janubiy va ishqorsizlangan qora tuproqlarda 1,8 ts karbonatli qora tuproqlarda 3,7 - 4 ts qo‘shimcha hosil olingan.
Kuzgi bug‘doyni bahorda oziqlantirilganda ammiakli selitra ammoniy sulfat va mochevinadan foydalaniladi. Erta bahorda kuzgi bug‘doyni ammiakli selitra bilan oziqlantirilganda eng yaxshi samaradorlikka erishiladi. CHunki kuzgi bug‘doyning azotdan foydalanishi yaxshi kechadi ya’ni selitradagi ammoniy azot tuproqning yuza qatlamida ushlanib tursada, nitrat anioni yuvilib ildiz tarqalgan qatlamga tushadi. Kuzgi bug‘doydan sug‘orilmaydigan sharoitda 50-55 ts har gektaridan hosil olish uchun chimli podzol tuproqlarda: go‘ng har gektariga 30-40 va 120-170 kg azot, 70-100 kg fosfor, 40-60 kg kaliy solinadi, ko‘p yillik o‘tlardan keyin azot 120-170 kg, fosfor, 150-180 kg, kaliy 120-150 kg, ishqorsizlangan, fosfor va kaliyning harakatchan shakllari bilan yuqori darajada ta’minlangan qora tuproqlarda 30 t go‘ng, 50-90 kg azot va 40-70 kg fosfor, toza shudgorda azot 60-1000 kg, fosfor 80-120 kg, kaliy 60-90 kg, har gektariga sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda tuproq-iqlim sharoitini va agrotexnik fonlarni hisobga olgan holda azot 60-120 kg, fosfor 60-90 kg, kaliy 30 kg solinadi.
Dostları ilə paylaş: |