«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


O‘g‘itlarni ekish bilan birga solish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə55/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

O‘g‘itlarni ekish bilan birga solish
O‘g‘itlarni ekish bilan birga berishda o‘g‘it va urug‘lar alohida-alohida qutilardan tukoprovodlar orqali tuproqqa solinadi. Bunday holatda o‘g‘itlarni yerga solganda ekilayotgan urug‘lar o‘g‘itdan yupqa tuproq qatlami bilan ajralib turadi.
O‘g‘itlarni bunday usulda solish shuning uchun yaxshiki, unayotgan yosh nihollar tuproq eritmasidagi yuqori kontsentratsiyasini juda sezuvchan bo‘ladi. O‘g‘it bilan urug‘larning o‘rtasidagi tuproq qatlami ajratib turadi va bu o‘g‘itlardan yosh nixhollarni foydalanishi 40-60 % ga etadi.
Ekish bilan solinadigan o‘g‘itlar ekinlarning dastlabki rivojlanish djavrlarida oziq elementlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida beriladi.
Shuning uchun bunday usulda o‘g‘itlarning ozroq dozada beriladi.
O‘simliklarning yosh vaqtida noqulay sharoitlarga xususan ozuqa elementlarining etishmasligiga sezuvchan bo‘ladi. Ekish bilan bilan irga beriladigan oz dozadagi mineral o‘g‘itlar yosh nihollarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Buning natijasida ular tez rivojlanadi va noqulay sharoiti engil o‘tkazadi.
O‘simliklar rivojlanishining dastlabki davrida yaratilgan qulay sharoit qisqa muddatda baquvvat ildiz sistemasining rivojlanishiga keyinchali esa tuproq va asosiy o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa elementlaridan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Urug‘lar bahor paytida ekiladi.
Ma’lumki, bu paytda tabiatda ham xar xil ofatlar ro‘y beradi, ya’ni jala, shamol, qatqaloq hosil bo‘lishi, haroratning keskin pasayishi sodir bo‘ladi.
Ozuqa bilan yaxshi ta’minlangan yosh nihollar yuqoridagi kabi salbiy hodisalarga chidamli bo‘ladi. Ekish bilan birga beriladigan o‘g‘itlarning dozasi 15-20 kg ni tashkil etadi.
Ekish bilan birga, asosan, fosforli va azotli o‘g‘itlar solinadi. Bunda donadorlashtirilgan superfosfat, kompleks o‘g‘itlardan ammofos, diammofos, nitrofos, nitrofoska, nitroammofoslardan foydalaniladi.


O‘simliklarni o‘suv davrida oziqlantirish. Qator orasiga solinadigan o‘g‘itlarning tarkibi va normasi
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib borilgan tajribalarning natijalariga qaraganda ko‘pchilik hollarda oziq moddalarning yuvilishi juda kam bo‘lgan o‘rtacha va og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda azotli o‘g‘itlarni ham oziqlantirish uchun ajratilishi hosilni kamayishiga olib kelgan. Bunday holat shu bilan tushuntiriladiki, o‘simliklarni oziqlantirishda beriladigan o‘g‘itlar kultivatorlar bilan quruq tuproqqa va sayoz solinadi. Shuning uchun bu o‘g‘itlardan o‘simliklar yomon foydalanadilar.
Shuning uchun oziqlantirishni tuproqda nam etarli bo‘lganda va o‘g‘itlarni chuqur qatlamlarga solish bilan olib borish lozim. Sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda esa o‘g‘itni tuproqqa solgandan keyin darhol sug‘orish kerak. Oziqlantirishda ayniqsa kaliyli va fosforli o‘g‘itlarni tuproqqa solish maqsadga muvofiq ema. CHunki kaliy va fosfor tuproq profili bo‘yicha deyarli harakatlanmaydi. Azotli o‘g‘itlarning nitrat anioni hxarakatchan bo‘lgani sababli tuproqqa solingandan boshlab pastki qatlamlarga qarab harakatlanadi. Shuning uchun undan o‘simlik foydalanadi.
O‘simliklarning o‘suv davrida ozilantirish bir qator omillarga bog‘liqdir.
1. Agar qishloq xo‘jalik ekinlariga beriladigan o‘g‘itlarning yillik normasi katta miqdorda bo‘lsa,
2. Ekilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarining biologik xususiyatlariga bog‘liq.
3. Tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdoriga bog‘liq.
4. Qishloq xo‘jalik ekinlariga qo‘llaniladigan o‘g‘itlarning shakllariga bog‘liq.
5. Qo‘llaniladigan o‘g‘itlarning tuproq tarkibidagi xarakatchanligiga va ularning tuproqda mustahkamlanib ushlanib qolishiga bog‘liq.
6. Tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq.
7. Qishloq xo‘jalik ekinlarining vegetatsiya davrining uzun qisqaligiga va har xil o‘suv fazalarida oziq elementlariga bo‘lgan talabining turlicha bo‘lishiga va boshqalar.
O‘g‘itlarni qator oralarga solib oziqlantirish, masalan, g‘o‘za 2-4 ta chin barg chiqargan davrdan boshlanadi.
Agar azotning yillik normasi har gektarga 250 kg fosforlik ham 250 kg kaliyniki esa 100 kg bo‘lsa, fosforning 180 kg kaliyning 50 kg kuzgi haydovda azotning 20 kg ekishdan oldingi ishlovda, 20 kg azot va 20 kg fosfor ekish bilan birga beriladi.
O‘g‘itlarnin oziqlantirishda qanday sharoitlarida beriladi:
1. Ekishgacha bo‘lgan davrda. O‘g‘itlar solinmagan yoki etarli darajada solinmagan bo‘lsa.
2. CHopiq talab ekinlarga yuqori dozalarda mineral o‘g‘itlar ajratilgan bo‘lsa.
3. Oziqlantirishda azotli o‘g‘itlarning tuproqda xarakatchan bulgan shaklaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin