Qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘g‘itga bo‘lgan talabini aniqlashning fiziologik asoslari
a) ozuqa moddalarni o‘simliklarga har xil o‘suv dasrida qabul qilinishi.
O‘simliklarning yoshiga qarab ozuqa elementlarini qabul qilinishi o‘zgarib turadi. U yoki bu ozuqa elementlarini o‘simliklar tomonidan qabul qilinishi 2 xil davrga bo‘linadi: 1. Ozuqa elementlarini qabul qilishning tig‘iz davri.
2. Ozuqa elementlarini eng ko‘p qabul qilish davri.
1) ozuqa elementlarini qabul qilishning tig‘iz, eng kerakli davri shundayki, agar o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishining ma’lum bir paytda ozuqa muhitida qandaydir element etishmay qolsa, bu etishmovchilikning o‘rnini keyinchalik shu ozuqa elementlaridan ko‘p miqdorda berilsa ham to‘ldirib bo‘lmaydi.
Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, qishloq xo‘jalik ekinlarining fosfor va azotga bo‘lgan tig‘iz davri yosh nihollar paydo bo‘lgandan keyin 10-15 kun o‘tgandan boshlanadi.
O‘simliklar rivojlanishining boshlang‘ich fazalarida kaliyning keskin etishmaligi, keyinchalik hosildorlikni pasayib ketishga sabab bo‘ladi. Lekin keyinchalik kaliyli o‘g‘itlarning etarli miqdorda berilishi natijasida hosildorlikni sezilarli darajada oshirish mumkin. Ammo fosforning va azotning o‘simliklar rivojlanishining boshlang‘ich fazasidagi etishmovchiligini keyingi oziqlantirishlar yo‘li bilan to‘ldirib bo‘lmaydi.
Dala sharoitlarida o‘simliklarning mineral oziqlanishiga nisbatan tig‘iz davri, odatda tuproq organik moddalarini minerallashtiruvchi mikroorganizmlar aktivligining pasaygan vaqtiga to‘g‘ri keladi.
Bu erta bahorda, past harorat tuproqdagi mikrobiologik faolyatni sekinlashtirgan vaqtda ro‘y beradi.
2) o‘simliklarning oziqlanishidagi taksimal, ozuqa elementlarini eng ko‘p qabul qiladigan davri shunday davrki, bu paytda o‘simliklarning bir kecha-kunduzdagi ozuqa elementlarini o‘rtacha iste’mol qilishi eng ko‘p miqdorni tashkil etadi.
O‘simliklarning ozuqa elementlarini eng ko‘p qabul qiladigan davri ularning ancha ko‘p qabul qiladigan davri ularning ancha keyin o‘suv fazalariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha bunday holat o‘simliklarda hosil elementlari paydo bo‘layotgan va shakllanayotgan davriga to‘g‘ri keladi. O‘simliklar oziqlanishidagi davriylik ularga o‘g‘itlarni bo‘lib- bo‘lib solish nazariyasining asosli ekanligini ko‘rsatadi.
b) ozuqa moddalarning qishloq xo‘jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi.
Tuproqdan o‘simliklar ozuqa elementlarini har xil miqdorda va nisbatda qabul qiladi. Ekinlarning ozuqa moddalarga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar ozuqa moddalarni umumiy hosil bilan chiqib ketishi yoki asosiy mahsulotdagi hosil birligiga to‘g‘ri keladigan ikkilamchi qismini hisobga olish bilan belgilanadi.
O‘simliklarda mineral oziqlanish elementlarining to‘planishi pishish davrining boshlanishida eng ko‘p miqdorni tashkil etadi.
Rivojlanishning oxirgi fazalarida barglarning tushishi, moddalarning ildiz sistemasidan tuproqqa o‘tishi natijasida o‘simliklarda elementlarning yo‘qotilishi kuzatiladi.
Ozuqa elementlarining chiqib ketishi biologik, xo‘jalik va qoldiq olib chiqib ketish turlariga bo‘linadi.
Ozuqa moddalarni biologik yo‘l bilan chiqib ketishi - bu ozuqa moddalarning shunday miqdoriki, u o‘simliklar o‘z hosilining biologik massasini tuzish uchun, paydo qilish uchun sarflagan ozuqa moddalar miqdoridir.
Ozuqa moddalarning biologik olib chiqib ketishi deganda, yerlarni o‘simliklardan to‘la tozalanishi maydondan to‘la yig‘ishtirib olib chiqib tashlanadi.
Biologik olib chiqib ketish xo‘jalik va qoldiq olib chiqib ketishlarga bo‘linadi.
Xo‘jalik yo‘li bilan olib chiqib ketilgan ozuqa moddalar - bu ozuqa moddalarning qishloq xo‘jalik ekinlari tovar mahsuloti tarkibiy qismidir.
Agar qishloq xo‘jalik ekinlarining tovar bo‘lmagan qismi shu ekinlar etishtirilgan maydondan olib chiqib ketilmasa, ularning tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdori xo‘jalik yo‘li bilan olib chiqib ketiladigan miqdoriga qo‘shilmaydi.
Ozuqa moddalarning olib chiqib ketilishining qoldiq qismi - bu dalada qolgan chirindi, ildiz qoldiqlari va boshqalardan tuproqqa o‘tgan ozuqa elementlarining miqdoridir.
v) o‘simliklarni tuproqdagi ozuqa moddalardan foydalanishi.
O‘simliklarning tuproq tarkibidagi ozuqa elementlaridan foydalanish koeffitsienti quyidagi formula bilan hisoblanadi:
a
K = --------- 100 %
v
a - o‘g‘itlanmagan yerdan hosil bilan chiqib ketgan ozuqa elementlarining miqdori, ga/kg;
v - haydov qatlamidagi ozuqa elementlarining harakatchan shaklining miqdori, ga/kg.
Haydov qatlamidagi ozuqa elementlarining miqdori kartogramma bo‘yicha 100 g tuproq hisoblash koeffitsientiga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi.
Masalan, kartogramma bo‘yicha harakatchan fosforning 100 g tuproq tarkibidagi miqdori 10 mg bo‘lsa, qayta hisoblash koeffitsienti 30 ga teng bo‘lsa, har gektariga 10x30=300 kg fosfor (R2O5) kerak bo‘ladi.
Ozuqa moddalarning harakatchan shakllarini tuproqdan o‘zlashtirish koeffitsienti nafaqat ekinlarning biologik xususiyatlaridan, balki atrof muhitning o‘zgarishiga ham bog‘liqdir. Bu ko‘rsatkichlar o‘g‘itlarning yillik hisob normalarini aniqlashda ancha qiyinchilik tug‘diradi.
Tuproq tarkibidagi ozuqa elementlarining o‘zlashadigan shakllari qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘simliklarning ulardan foydalanish koeffitsienti shunchalik past bo‘ladi.
Organik va mineral o‘g‘itlar hamda ohakni yerga solganda, tuproqdagi ozuqa moddalarning qabul qilinishi kuchayadi va o‘simliklarning ulardan foydalanish koeffitsienti ortadi.
Har xil tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor va kaliydan qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘rtacha foydalanish koeffitsienti, % hisobida
Ekinlar
|
Tuproqlar Machigin usulida analiz qilinganda
|
|
fosfor (5) oksidi
|
kaliy oksidi
|
makkajo‘xori silosiga
|
15
|
15
|
-
|
7
|
7
|
-
|
makkajo‘xori doniga
|
30
|
30
|
-
|
10
|
10
|
-
|
kungaboqar
|
30
|
30
|
-
|
20
|
15
|
-
|
g‘o‘za
|
-
|
20
|
20
|
-
|
10
|
10
|
g‘alali ekinlar
|
15
|
15
|
15
|
5
|
5
|
5
|
qand lavlagi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
g) o‘simliklarni organik va mineral o‘g‘itlardagi ozuqa moddalarni o‘zlashtirishi.
O‘simliklarni organik va mineral o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa moddalaridan foydalanish koeffitsienti quyidagi formula bilan hisoblanadi.
Vu-Vo
K = ------------ 100 %
S
Vu - o‘g‘itlangan maydondagi hosil bilan olib chiqib ketilgan ozuqa moddalar, ga/kg;
Vo - o‘g‘itlanmagan, nazorat qilinayotgan maydondagi hosil bilan olib chiqib ketilgan ozuqa moddalar miqdori, ga/kg;
S - o‘g‘it bilan solingan ozuqa elementlarining miqdori, ga/kg.
O‘simliklarning o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa moddalaridan foydalanish koeffitsienti ham tuproq xususiyatlariga, iqlim sharoitlariga, ekinlarning biologik xususiyatlariga, ishlatilayotgan o‘g‘itlarning shakllariga va ularning solish usullari hamda boshqa omillarga qarab o‘zgarib turadi.
O‘simliklarning o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa moddalardan foydalanishning o‘rtacha koeffitsientlari, %
Ta’sir
|
Organik o‘g‘itlardan
|
Mineral o‘g‘itlardan
|
q-sh yil.
|
N
|
R2O5
|
K2O
|
N
|
R2O5
|
K2O
|
o‘g‘itlarning past va o‘rtacha normalaridan
|
1-yil
|
20-25
|
25-30
|
50-60
|
60-70
|
15-20
|
50-60
|
2-yil
|
20
|
10-15
|
10-15
|
-
|
10-15
|
15-20
|
3-yil
|
10
|
5
|
-
|
-
|
5
|
-
|
to‘l.al.ek. rotats-si
|
50-55
|
40-50
|
60-75
|
60-70
|
30-40
|
65-85
|
o‘g‘itlarning yuqori normalaridan
|
1-yil
|
15-20
|
15-25
|
40-50
|
45-55
|
10-15
|
40-50
|
2-yil
|
15
|
10
|
10
|
-
|
5-10
|
10-15
|
3-yil
|
10
|
5
|
-
|
-
|
5
|
-
|
to‘l.al.ek. rotats-si
|
40-45
|
30-40
|
50-60
|
45-55
|
20-30
|
50-65
|
d) qishloq xo‘jalik ekinlarining ang‘iz va ildiz qoldiqlarining tuproq ozuqa rejimiga ta’siri.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining ang‘iz va ildiz qoldiqlari tuproq ozuqa rejimiga sezilarli darajada ta’siri qiladi. Dukkakli ekinlarning ang‘iz va ildiz qoldiqlari ulardan keyin ekiladigan ekinlarning oziqlanishiga va tuproqning ozuqa rejimiga eng ko‘p ta’sir qiladi.
Dukkakli ekinlar ang‘iz va ildiz qoldiqlaridagi uglerodning azotga nisbati yaxshi chirigan go‘ngdagi kabidir. Shuning uchun dukkakli va don dukkakli ekinlarning ang‘iz va ildiz qoldiqlarining minerallashuvi tez boradi, dukkakli ekinlardan keyin ekiladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining dukkaklilari ang‘iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi ozuqa moddalardan foydalanish koeffitsienti huddi organik o‘g‘itlarning tarkibidagi azotning keyingi ta’sirini hisobga olish zarur.
Dukkakli ekinlarning ang‘iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi azotdan foydalanish koeffitsienti ulardan keyin birinchi ekilgan ekinlar 20-25 %, ikkinchi ekilgan ekinlar 15-20 % va uchinchi ekilgan ekinlar esa 5-10 % ga tengdir.
Ko‘p yillik dukkakli va don dukkakli ekinlarning ang‘iz va ildiz qoldiqlari ko‘rinishidagi 1 t pichanda 10-15 kg azot bo‘ldi.
Dukkakliklardan keyingi birinchi ekin ang‘iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi azotdan 25 % yoki 30 kg dan foydalanadi, bu esa don hosilini har gektariga 1 t ga oshirish imkoniyatini beradi.
Don dukkakli ekinlar ang‘iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi azotning miqdori qishloq xo‘jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketadigan azotning 0,5 qismiga tengdir, birinchi yili foydalanilayotgan ko‘p yillik dukkakli ekinlar tarkibidagi azotning miqdori ham yuqoridagi ko‘rsatkichga teng yoki hatto 1,5 marta ortiqdir.
Har xil ekinlarning ang‘iz va ildiz qoldiqlarining miqdori va ulardagi ozuqa moddalarning miqdori
Ekinlar
|
Asosiy
mahsulot
hosili
|
Haydov qatlamdagi quruq ang‘iz va ildiz qoldiqlari
|
Ang‘iz va ildiz qoldig‘idagi ozuqa moddalarni miqdori
|
N
|
R2O5
|
K2O
|
1-yilgi beda
|
2
|
3,6
|
78
|
22
|
37
|
2-yilgi beda
|
5,6
|
5,0
|
106
|
30
|
47
|
no‘xat
|
2,5
|
2,2
|
40
|
8
|
24
|
kuzgi bug‘doy
|
2,2
|
2,5
|
27
|
5
|
14
|
arpa
|
2
|
2,5
|
22
|
6
|
14
|
makkajo‘xori
|
-
|
4,6
|
29
|
12
|
72
|
Kartoshka
|
-
|
1,3
|
11
|
3
|
32
|
Kanakunjut
|
-
|
2,
|
12
|
4
|
13
|
Karam
|
-
|
1,3
|
17
|
5
|
6
|
Pomidor
|
-
|
1
|
16
|
5
|
6
|
Bodring
|
-
|
0,8
|
11
|
3
|
4
|
Sabzi
|
-
|
0,8
|
9
|
3
|
5
|
Piyoz
|
-
|
0,5
|
6
|
2
|
2
|
Dostları ilə paylaş: |