«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


-ma’ruza Mavzu: O’g’itlarning yillik normasi, dozasi, tuproqqa solish usullari va muddatlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə53/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

15-ma’ruza
Mavzu: O’g’itlarning yillik normasi, dozasi, tuproqqa solish usullari va muddatlari
Reja:

  1. O‘g‘itlarning tuproqqa solish usullari va mudatlari

  2. O‘g‘itlarning yillik normasi va dozasi

  3. O‘g‘itlarni donadorlashtirish va uning ahamiyati

  4. Mineral o‘g‘itlardan foydalanishni rejalashtirish va o‘g‘itlash normasini belgilash



O‘g‘itlarning tuproqqa solish usullari va mudatlari. O‘g‘itlarning yillik normasi va dozasi
O‘g‘itlarni tuproqqa solishning uch xil usuli bo‘ladi.
1. Ekishgacha (asosiy o‘g‘itlash)
2. Ekish vaqtida (qatorlarga, uyalarga, chuqurlarga)
3. Ekishdan keyin (vegetatsiya davrida oziqlantirish).
O‘g‘itlarni bir necha muddatlarda solinadi.
1. Kuzda (haydov ostiga)
2. Bahorda (ekishdan oldin va ekish bilan)
3. YOzda (oziqlantirishda).
O‘g‘itlarni plugning ostiga, kultivator - oziqlantirgichlar bilan va diskali boronalar bilan solinadi.
O‘g‘itlarni haydov ostiga solish uchun traktorlarga osib ishlatiladigan agregatlar bilan tuproq yuzasiga sepiladi va plug bilan 35-40 sm chuqulikka ag‘darib haydaladi.
O‘g‘itlarni ekish bilan birga va oziqlantirish davrida kultivator oziqlantirgichlar bilan tuproqning ma’lum bir chuqurligiga solinadi.
O‘g‘itlarning yillik normasi bu qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlatiladigan o‘simliklarning butun vegetatsiya davri uchun mo‘ljallangan o‘g‘itlarning umumiy miqdoridir. Bu norma bir gektar yerga solinadigan o‘g‘itlarning kg hisobidagi miqdoridir.
O‘g‘itlarning dozasi bu qishloq xo‘jalik ekinlarini bir marta oziqlantirishda sarf bo‘ladigan o‘g‘itlar miqdori bo‘lib, har gektarga kg hisobida belgilanadi.
O‘g‘itlarning tuproqqa shunday solish keraki, ular o‘suv davri eng ko‘p miqdorda o‘simliklarga o‘zlashadigan bo‘lsin. Ildiz sistemasining rivojlanadigan qatlamda bo‘lib, tuproq bilan kamroq bog‘lansin. Tuproqning chuqurroq nam qatlamiga solingan o‘g‘itdan o‘simliklar butun vegetatsiya davrida yaxshi foydalanadi. Mexanik tarkibi engil tuproqlarda o‘g‘itlarni mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarga nisbatan chuqurroqqa solish kerak.
O‘g‘itlarni chuquroqqa solishda ularni tuproq qatlamlari bo‘ylab harakatlanishini ham xisobga olish lozim.
Nam iqlimli mintaqalardagi mexanik tarkibi engil tuproqlardan sezilarli darajada yuviladi. Nitratlarning ko‘p yuvilishi tuproq yuzasini o‘simliklar qoplamagan paytda, erta bahorda va kech kuzda sodir bo‘ladi. Issiq iqlimli mintaqalarda sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan mintaqalarda azotli o‘g‘itlar solinib, ekinlar sug‘orilib bo‘lgandan keyin tuproqdagi kapillyar naychalarning tiklanishi va parchalanishi oqibatida egatlarning yon boshida va pushtaga nitratlarning ko‘tarilishi ro‘y beradi.
Fosforli o‘g‘itlar solingan qatlamda turadi, ular tuproq qatlamlari bo‘ylab, deyarli harakatlanmaydi.
Kaliy to‘g‘risida ham shunday hulosaga kelish mumkin. CHunki kaliy ham almashinuvchi xarakterda tuproqqa singdiriladi va u bog‘langan tuproqlarda yaxshi tutib turiladi.
Bunday jarayonlar ayniqsa kislotali muhitga ega bo‘lgan podzol, chimli podzol tuproqlarda kuchli sodir bo‘ladi. CHunki bu tuproqlarda ko‘p miqdorda temir va alyuminiy oksidlari bo‘lib, ular bilan temir va alyuminiy fosfatlar hosil qiladi. Bu birikmalarni amalda o‘simliklar o‘zlashtira olmaydilar.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin