«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


Ko‘kat o‘g‘itlardan keng foydalaniladigan mintaqalar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə49/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Ko‘kat o‘g‘itlardan keng foydalaniladigan mintaqalar
Ko‘kat o‘g‘itlardan keng miqyosda foydalanadigan mintaqalarga noqoratuproq mintaqada joylashgan chirindi va ozuqa elementlari bilan juda kam ta’minlangan chilim podzol tuproqlar kiradi. Ko‘kat o‘g‘itlarning qumli va qumoq mexanik tarkibi ushbu tuproqlarni unumdorligini oshirishda jeuda ahamiyati kttadir. Bunday tuproqlarda bir yillik va ko‘p yillik lyupindan, sho‘rtob va kuchsiz ishqoriy tuproqlarda danakdan foydalanish yaxshi samara beradi.
Uzoq Sharq mintaqasida bir yillik va ko‘p yillik lyupindan ko‘kat o‘g‘itlar sifatida foydalaniladi.
Sug‘oriladigan paxtachilik mintaqalarida ko‘kat o‘g‘itlar sifatida ko‘k no‘xat, no‘xat, burchoq, mosh, qizil sebarga, shabdar kabi dukkakli ekinlar va kuzgi javdar, raps, va perkadan foydalaniladi.
Sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan rayonlarda sideratlarni asosiy ekinlarni yig‘ishtirib olgandan so‘ng yoki bahorda asosiy ekinlar ostiga ekish tavsiya etiladi.


Ko‘kat o‘g‘itlarning samaradorligi
Ko‘kat o‘g‘itlarning samaradorligi sideratlarning hosiliga bog‘liqdir. Tuproqqa qancha ko‘p va yuqori sifatli ko‘p massa haydalsa, ko‘kat o‘g‘itlarning ta’siri va keyingi ta’siri shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Sideratlarning haydash muddati bir qator sharoitlarga bog‘liqdir. Agar tuproqning qurib qolish xavfi bo‘lsa sideratlarni yerga haydashni kechiktirib bo‘lmaydi. Sideratlarni juda kech tuproqqa haydalsa, tuproq unga ekin ekilib, sug‘orilib, ular unib chiqqandan so‘ng cho‘kadi.
Bu esa ekilgan g‘alli ekinlarning changlashadigan qismini yalang‘ochlab qo‘yadi va ularni qishga chidamsiz qilib qo‘yadi. Tuproqqa haydalgan ko‘kat o‘g‘itlarning parchalanish tezligi ularning haydash chuqurligiga, sideratlarning yoshiga, tuproqning mexanik tarkibiga va namligiga bog‘liqdir.
Sideratlar qanchalik chuqur haydalsa, ularning ya’ni ular etishib pishgan bo‘lsa, tuproqning mexanik tarkibi og‘ir bo‘lsa, sideratlar bunda sharoitda juda sekin parchalanadi. Aksincha ular sayoz haydalsa sideratlar yosh bo‘lsa, tuproqning mexanik tarkibi engil bo‘lsa, ularning parchalanish shunchalik tez boradi.
Dukkakli sideratlar bilan birga qiyin parchalandigan torf poxol qo‘shib haydalsa ham ularning parchalanish sekinlashadi.
Dukkakli sideratlarning azotli oziqlanishiga bo‘lgan ehtiyojini asosan tuganak bakteriyalari faoliyati bilan bog‘lash lozim. Bu bakteriyalar o‘zlariga xos hususiyatlarga xos bo‘lib, ular faqat bitta ekin ildizida faolit ko‘rsatib, tuganak hosil qiladi va boshqa dukkakli ekinlarning ildizida rivojlanmaydi. Tuganak bakteriyalar yana o‘zlarining virulentligi va aktivligi bilan ham bir birlaridan farq qiladi.
Tuganak bakteriyalarning virulentligi bu bakteriyalarning ildiz tukchalari orqali ildizning ichiga kirib tuganak hosil qilish xususiyatidir. Tuganak bakteriyalarning aktiqvligi esa bu ularning atmosfera erkin molekulyar azotini o‘zlashtirish qobiliyatidir.
Bunday bakteriyalarning faqat aktiv guruhi dukkakli ekinlarni azot bilan ta’minlaydi, aktiv emaslari esa hatto o‘z o‘simliklarini halok qilishlari ham mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin