«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


Go‘ngni tuproqqa solish muddati va chuqurligi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə40/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Go‘ngni tuproqqa solish muddati va chuqurligi
Go‘ngxonalarda va daladagi shtablarda turgan go‘ngni yuklagich mexanizmlari bilan go‘ng sochadigan mashinalarga yuklanadi va dalaga bir tekisda sochiladi. Go‘ngning yillik normasi mashinalarni yonboshidagi shkalalardan tegishli sonni topib, maxsus richagni o‘sha songa to‘g‘rilash bilan aniqlanadi.
Tuproq yuzasiga sepilgan go‘ng tezlik bilan haydalishi lozim. Aks holda tuproq yuzasida qoldirilgan go‘ngdagi ammiakli azot yo‘qoladi va go‘ngning samaradorligi pasayadi.
Tuproq-iqlim sharoitlariga qarab go‘ng tuproqqa 10-14 sm dan 20-25 sm gacha chuqurlikka solinadi. Lekin namlik etarli bo‘lmagan qurg‘oqchil mintaqalarda va namlikni sug‘orish yo‘li bilan saqlaydigan joylarda go‘ngli tuproqni sernam chuqurroq qatlamlariga solinadi.
Almashlab ekish tizimida go‘ngni birinchi navbatda sabzavot va dala ekinlariga, shuningdek, kuzgi don ekinlariga solinishi lozim. CHunki ular qo‘shimcha oziqlantirishga talabchan bo‘ladi va boshqa ekinlarga nisbatan ko‘p miqdorda qo‘shimcha hosil beradi.
Go‘ngni mineral o‘g‘itlar bilan birga ishlatishda ularni bitta maydonga bir yo‘la solish mumkin. Lekin ular turli muddatlarda solinishi mumkin. Masalan, go‘ngning yillik normasini hammasi kuzgi haydov ostiga solinadi. Huddi shu kuzgi haydov ostiga yana fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning yillik normasini ko‘p qismi ham solinadi.
Fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning hamda azotli o‘g‘itlar o‘simliklarning keyingi rivojlanishi bosqichlarida tuproqqa solinadi. Bunday usul o‘simliklarning butun vegetatsiya davrida ozuqa moddalarga bo‘lgan talabini bir tekisda ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Kompost tayyorlash uslublari, ularga fosfor va
kaliy qo‘shib boyitish
Kompost tayyorlash - mahalliy, organik o‘g‘itlarni va o‘g‘itlarning massasini oshirishning muhim usulidir.
Kompost qilish bir organik o‘g‘it parchalanganda uning tarkibidagi ozuqa elementlarini yo‘qolishini kamaytirish uchun va boshqasini tarkibidagi ozuqa elementlarini o‘simliklarga o‘zlashishini kuchaytirish uchun zarurdir.
Kompost mikroorganizmlarning parchalanishiga chidamliligi jihatidan 2 xil komponentdan iborat bo‘ladi. Bulardan biri, masalan, torf, poxol, chimli yer va boshqalar. Bular namni va ammiakni o‘zlariga yaxshi singdiradi va kompost qilinmasa, qiyin parchalanadi.
Ikkinchi komponent esa mikroorganizmlarga boy, tarkibida etarli miqdorda engil parchalanadigan azotli organik birikmalari bor jimslardir.
Bunday kompost tayyorlashda, birinchi komponent ikkinchisiga nisbatan ko‘proq olinadi.
Bunday kompost tayyorlash biologik kompost tayyorlash deyiladi.
Bu arzon va inert materiallardan, o‘zlarining o‘g‘itlilik sifati past bo‘lgan organik moddalardan ko‘plab miqdorda yuqori sifatli organik o‘g‘itlar tayyorlash imkoniyatini beradi.
Bunday kompostlarga: torf-go‘ngli, torf-najasli, torf-suyuq go‘ngli, poxol va boshqa qiyin parchalanadigan organik materiallarning najas va suyuq go‘ng bilan qilingan kompostlari kiradi.
Bunday organik kompostlar tarkibiga mikroorganizmlarni bakteriyal preparatlar ko‘rinishini ham qo‘shish mumkin.
Go‘ngni kompost qilishdan asosiy maqsad - uning miqdorini ko‘paytirish va tarkibidagi azot hamda go‘ng suyuqligini saqlab qolishdir.
Torfni go‘ng, suyuq go‘ng va najas bilan kompost qilinadi.
Kompost qilishning 2 xil usuli mavjud:
1. Qatlam-qatlam qilib kompost tayyorlash.
Bunday kompost tayyorlashda shtabelning yoki uyumning kengligi - enining kengligi 3-4 m bo‘ladi va go‘ng hamda torf yoki boshqa mahalliy materiallar navbatma-navbat qavat-qavat qilib, balandligi 2,0-2,5 m bo‘lgunga qadar joylanadi. Go‘ng tarkibidagi suyuqliklar yerga singib ketmasligi uchun shtabelning eng ostiga 50 sm qalinlikda torf yoki boshqa shunga o‘xshash materiallar tashlanadi.
2. Go‘ngni markazga olib kompost tayyorlash.
Bunda avval torfdan 50-60 sm qalinlikda shtabel qilinadi va uning o‘rtasiga enini 1-1,5 m, qalinligi 70-80 sm qilib, go‘ng qavati hosil qilinadi. Keyin go‘ngning atrofi va usti 50-70 sm torf bilan yopiladi. Bunday kompost tayyorlash ko‘proq sovuq iqlimli mintaqalarda qo‘llaniladi.
3. Dalada buldozer bilan torfli kompost uyumini tayyorlash.
Buning uchun avval o‘g‘itlanayotgan dala boshiga avtosamosval yoki traktor pritseplarida torf olib chiqiladi va ular oralig‘i 5 m dan qilib to‘kiladi va ularning oralig‘iga go‘ng tashlanadi. Ana shunday 3 ta qator qilinadi. Keyin ikki chekkadagi qatorlarni o‘rtadagi qatorga to‘planadi. So‘ngra hosil bo‘lgan bir qatorni qarama-qarshi tomonlaridan surib, uyum hosil qilinadi. Bunda torf va go‘ng juda yaxshi aralashadi va ular uyumga yaxshilab joylanadi.
Bunday usulda tayyorlangan kompostlar bosilmaydi, zichlanmaydi. Bu esa ularning tarkibidagi organik moddalarni parchalanishini tezlatadi, go‘ng tarkibidagi ammiakli azotni to‘lig‘icha torf singdirib olganligi uchun u to‘lig‘icha kompost xolida qoladi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, kompostlarga kaliyli o‘g‘itlarning qo‘shilishi torfdagi azotli birikmalarning xarakatchanligini oshiradi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin