Tuproq tarkibidagi mikroelementlar O‘simliklarni mikroelementlar bilan ta’minlanishida ularning tuproq tarkibidagi miqdorlari ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bunda tuproq tarkibidagi mikroelementlarning umumiy miqdori emas, balki o‘simliklarga o‘zlashadigan harakatchan shakllarining mavjud bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi.
Mikroelementlarning tuproqdagi harakatchanligi, shuningdek, ularni o‘simliklarga o‘zlashishida tuproqning kislotaliligi, uning oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari va boshqa sharoitlar ta’sir qiladi.
Temir - Fe. Unumsiz tuproqlar tarkibida ham 2-3 % gacha bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda, dala sharoitida G‘e ni yerga o‘g‘it sifatida solishga hojat qolmaydi.
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan eng yuqori hosil olinganda ham hosil juda ozdir, chunki temir birikmalarining harakatchanligi kamdir. Kislotali muhitga ega bo‘lgan tuproqlarda temir birikmalarining eruvchanligi ortadi, ba’zi hollarda o‘simliklar temirning xloridli yoki sulfatli tuzlarining ta’sirida ezilib qolishi mumkin.
Bor - V. Borning tuproq tarkibidagi umumiy miqdori 100 g tuproqda 0,15 mg dan 5,5 mg gacha bo‘ladi. Bor alyumosilikatlar tarkibida to‘planadi.
Bor O‘rta Osiyodagi boshqa tuproqdarga nisbatan bo‘z tuproqlar va serchirindili o‘tloqi tuproqlarda ko‘proq, ya’ni bir kg tuproqda 250 mg ni tashkil etadi. Borli birikmalar tuproqqa organik o‘g‘itlar, pech qumi va ba’zi bir kaliyli o‘g‘itlarni solganda tushadi.
Mikroo‘g‘itlar, ularning turlari, normalari va foydalanish usullari O‘simliklarga juda oz miqdorda kerak bo‘ladigan, tarkibida mis, rux, bor, marganets, molibden va kobalt bo‘lgan birikmalarga - mikroo‘g‘itlar deyiladi.
1. Borli mikroo‘g‘itlar. Bor o‘simliklarga juda oz miqdorda kerak bo‘ladi. Lekin tuproq tarkibidagi o‘simliklarga o‘zlasha oladigan shakli etishmaydi.
Bunday holatda qishloq xo‘jalik ekinlaridan ko‘zlangan hosilni olib bo‘lmaydi.
Quyidagi borli o‘g‘itlar foydalaniladi.
1. Bor dotolitli un (....................)
Voskrens kimyo kombinati ishlab chiqaradi. Tarkibida suvda eruvchan 1,5-2 % bor mavjud, och kul rangli poroshok. Bu o‘g‘itni turli xil usulda ishlatish mumkin.
Bu o‘g‘itni yerga ekin ekilgunga qadar solinadigan bo‘lsa, 1 ga maydonga kg hisobida: qandlavlagi - 1,5 kg, kartoshka va sabzavot - 1 kg, grechixa - 1 kg, zirk - 0,5 kg solish lozim.
Yerga solishdan oldin, tuproqqa bir tekisda tushishi uchun bu o‘g‘it boshqa o‘g‘itlar bilan yaxshilab aralashtiriladi. Ekish bilan birga berilganda mikroo‘g‘itlarning dozasi ikki marta qisqartiriladi. Ekish bilan birga borli superfosfat solinsa, yaxshi samara beradi.
2. Borli superfosfat, donador holda ishlab chiqariladi, tarkibida 0,17-0,34 % bor va 15-18 % fosfor bor yoki 1-1,3 % bor va 36 % gacha fosfori bo‘ladi.
O‘simliklarning eng yaxshisi, suvda to‘la eriydigan o‘g‘itlar bilan oziqlantirgan ma’qul. Bunday borli o‘g‘itlarga barat kislota kiradi, tarkibida 17,5 % bor mavjud. Bura, tarkibida 11,3 % bor mavjud.
Bor - magniyli tuz, tarkibida 0,9-5,3 % bor va 70-75 % magniy sulfat bor.
Borli mikroo‘g‘itlardan haydov ostiga solish uchun uning suvda erimaydigan, lekin o‘simliklarga o‘zlashadigan shakllaridan foydalanish lozim.
Bunday borli o‘g‘itlarga cho‘ktirilgan borat-magniyli tuz kiradi. Tarkibida 1,5 % va 19 % gacha magniy mavjud.