Torfli kompostlar Kompost tayyorlash uchun pastlik va o‘tish holatidagi, shuningdek, bir oz parchalanadigan yuqori torflardan ham foydalanish mumkin. Torf tarkibidagi azotning asosiy qismi o‘simliklar uchun kam o‘zlashuvchan organik holda va faqat 2-3 % esa ammiak va nitrat holdagi mineral birikmalardan iborat bo‘ladi. Torf tarkibigi organik mineral moddalar mikrobiologik parchalanishga juda chidamli bo‘lib, azot organik birikmalarining minerallanishi ham juda sekin boradi. Torfning ko‘pchilik turlari nordon reaktsiyalidir. Bu esa ularning tuproqda parchalanishini qiyinlashtiradi.
Torfning samaradorligi uni biologik aktiv organik o‘g‘itlar, go‘ng, suyuq go‘ng, go‘ng shaltog‘i va fosforitni, ohak kul va boshqalardan iborat bo‘lgan mineral o‘g‘itlar bilan birga qo‘shib kompost qilinganda ortadi.
Torf go‘ngli kompostlar.
Torf go‘ng bilan kompost qilinganda mikroorganizmlar bilan boyiydi. Uning kislotaliligi pasayadi. Kompostlarda mikrobiologik jarayonlar kuchayadi. Organik moddalarning parchalanishi intensiv boradi va tarkibidagi o‘simliklar uchun layoqatli bo‘lgan azot miqdori ortadi. Bu hildagi torf yuqori singdirish qobiliyatiga ega bo‘lganligidan organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladigan ammiakni to‘liq bog‘laydi.
Torfning parchalanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa kompost tayyorlash uchun torfning shunchalik kaliyli o‘g‘itlar va go‘ngni kamroq olish kerak. Kompostni qishda tayyorlash uchun bir qism torfga bir qism go‘ng bahorgi yozgi kompostlashda torfni go‘ngga nisbatan 2-3 qism va undan ham ko‘proq olinadi. Odatda torf tayyorlashda torf va go‘ng qavatma-qavat qilib uyiladi, yoki go‘ngni kompost qatlamlari orasiga to‘p-to‘p qilib, joylab kompostlash usuli qo‘llaniladi. Birinchi holda torf va go‘ng qalinligi 25-30 sm dan qilib navbati bilan qavatma-qavat joylanadi. Bunda har qaysi qavat orasiga har bir 1 t kompost hisobiga 20-30 kg fosforit uni sepib ketish tavsiya etiladi. CHunki bunda kompostning sifati yaxshilanadi. Qishda kompost qavatma-qavat qilib uyilganda u etarli darajasi qizimaydi. Shtabel muzlab qoladi, natijada torf tarkibidagi organik moddalar parchalanmaydi va kompostlashdan qo‘yilgan maqsadga erishilmaydi. Shunga ko‘ra kompostni qishda tayyorlash uchun go‘ngni to‘p-to‘p qilib joylash usulini qo‘llash foydildir.
Torf go‘ng shaltoqli kompostlar.
Xo‘jalikda to‘planadigan go‘ng shaltog‘idan torf bilan kompostlash uchun foydalaniladi. Unda go‘ng shaltog‘i tarkibidagi azotning nobud bo‘lishi keskin kamayadi va torfning o‘g‘itlilik sifati ortadi. Go‘ng shaltog‘i bilan kompostlash uchun ohakni torflardan tashqari hamma turdagi torflardan foydalanish mumkin.
Har bir t quruq torfni namligiga qarab 0,5 t dan 1 t gacha go‘ng shaltog‘i qo‘shiladi.
Torf go‘ng shaltoqli kompostlar odatda u solinadigan dala unchalik uzoq bo‘lmagan joyda qish va yozda tayyorlanadi. Buning uchun uyilgan torf shtabelidan chuqurligi 50-60 sm va eni 1 m atrofida go‘ng shaltog‘i oqib turadigan ariq qaziladi. Go‘ng shaltog‘i shimilib ketgandan keyin ariq torf bilan to‘ldiriladi. Shuningdek, yana torfni 40-50 sm qalinlikda qavatma-qavat uyilib har qaysi qavat orasiga go‘ng shaltog‘i quyiladi.
Torf go‘ng shaltoqli kompostlar kompostlash uchun qo‘yilgandan 1-1.5 oy o‘tgach yerga solinishi mumkin. Shundagina samaradorligi jihatdan go‘ngdan qolishmaydi.
Torf najasli kompostlar. Najas tarkibida azot go‘ngdagiga qaraganda ko‘p bo‘ladi, 1 t najas tarkibida 8-10 kg azot, 2-4 kg fosfor va 2-3 kg kaliy bo‘ldi. Uning tarkibidagi azot asosan ammiak va mochuvina holida bo‘lib, mochuvina parchalanishida ammiakka aylanib, osongina havoga uchib nobud bo‘ladi.
Torf najas bilan kompostlanganda torfdan ham va najasdan ham o‘g‘it sifatida ratsional foydalanilgan bo‘ladi. Bunda najas zararsizlanadi. Azotning nobud bo‘lishi keskin kamayadi. Torfda bo‘lgan azot va boshqa ozuqa moddalarning o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladigan holga o‘tishi kuchayadi.
Torf qanchalik nam bo‘lsa, kompostlashish uchun najas shunchalik kam ishlatiladi.
Yerning yuqori va o‘rta qismidagi har bir tonna hisobiga 2 tonna najas, 1 tonna pastlik torfi uchun esa, 1 t najas solish kerak.
Torf najasli kompostlar bilan o‘g‘itlanadigan dalalarda torf qatlami 20-25 sm dan qilib uyilib har qaysi qatlamiga quyiladi va shu tartibda balandligi 2-2,5 m gacha uyib chiqiladi.
Nazorat uchun savollar
Torf qanday paydo bo‘lgan?
Torfni tarqalish hududlari va zahiralarini ayting?
Torf turlarining paydo bo‘lishiga qanday omillar ta’sir qiladi?