«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


Torfdan qishloq xo‘jaligida foydalanishi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə43/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Torfdan qishloq xo‘jaligida foydalanishi
Torf qishloq xo‘jaligida juda xilma xil soxalarda ishlatiladi.
U chorva fermalarida to‘shama uchun ishlatiladi, xar xil kompostlar tayyorlashda ishlatiladi.
1. Torf to‘shama uchun juda yaxshi materialdir, uning yuqori nam sig‘imi hayvonlar, suyuq ajratmalarining to‘la singdirib olish imkoniyatini beradi.
To‘shama uchun eng yaxshi torf bu parchalanish darajasi 25 % bo‘lgan va kullilik 10 % dan kam bo‘lgan torf hisoblanadi.
2. Torfdan kompostlar tayyorlash - bu yuqori sifatli organik o‘g‘itlar tayyorlash usulidir.
Kompost tayyorlashda torfga ohak, fosforit uni, yaxshi eriydigan mineral o‘g‘itlar, go‘ng, suyuq go‘ng shaltog‘i va boshqalar qo‘shiladi.
Ohak, fosforit uni yoki kul bilan kompost tayyorlashda pH=5 ga teng, kullilik darajasi 10 % dan kam, parchalanish darajasi 40-25 dan past bo‘lgan torfdan foydalanish kerak.
3. Torf - chirindili tuvakchalar yasash.
Torf sabzavotchilikda ko‘chatlar o‘tqaziladigan ozuqali tuvakchalar yasash uchun foydalaniladi. Tuvakchalar yasash uchun foydalaniladigan aralashmalar tarkibida har xil organik moddalar mineral o‘g‘itlar va neytrallovchi qo‘shimchalar kiradi. Ko‘chat o‘tqazuvchi tuvakchalar yasash uchun eng yaxshisi pastlikda paydo bo‘lgan torflardan yoki o‘tish stadiyasida turgan neytral yoki kuchsiz kislotali muhitga ega bo‘lgan 30-40 % parchalanish darajali va kulliligi 3-15 % bulgan torfdan foydalaniladi.

4. Torfni kompost qilmasdan o‘g‘it sifatida ishlatish.


Bunday maqsad uchun kuchli parchalangan pastlikda paydo bo‘lgan yuqori kulli torfdan foydalaniladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘it sifatida ishlatish uchun shuningdek, rN-5,5 dan ortiq, kulliligi 10 % dan yuqori, kaltsiy 4 % dan yuqori, parchalanish darajasi 40-50 % dan kam bo‘lmagan torfdan ham foydalanish mumkin.
5. Torfdan mulchalashda foydalanish.
Torfdan mevali va sabzavot ekinlarini mulchalashda foydalaniladi. Ekinlarni mulchalashdan maqsad ekinlar ekilgan tuproqning ustki qatlamida suv, harorat va ozuqa rejimini yaxshilash, qatqaloq oldini olish va begona o‘tlardan saqlash uchun foydalaniladi.
Haydov oldidan torfni parchalashni tezlatish maqsadida oz miqdorda go‘ng, suyuq go‘ng qo‘shiladi va haydab yuboriladi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin