«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə41/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Nazorat savollari



  1. Organik o‘g‘itlar deb nimaga aytiladi va uning qanday turlari mavjud?

  2. Organik o‘g‘itlarning ahamiyati haqida gapiring.

  3. Go‘ng nima va uning turlari haqida gapiring.

  4. To‘shalmali go‘ng va uning tarkibi.

  5. To‘shalmasiz go‘ng va uning tarkibi.



11-ma’ruza
Mavzu: Torf, uning turlari va xususiyatlari
Reja:

  1. Torfning paydo bo‘lishi va turlari

  2. Torfning xususiyatlari

  3. Torfning kimyoviy tarkibi

  4. Torfdan qishloq xo‘jaligida foydalanishi



Torfning paydo bo‘lishi va turlari
Torf katta miqdordagi botqoqlik o‘simliklarni ortiqcha namlik va havo etishmasligi sharoitida nobud bo‘lishi hamda chala chirishi natijasida hosil bo‘ladi.
Har qanday torf kam chirigan o‘simlik qoldiqlaridan, chirindi va mineral aralashmalardan iborat bo‘ladi. Torfning turlari va tiplari sifati bo‘yicha turli xildir.
Shuning uchun uning o‘g‘it sifatida foydalanish bir xil emas. Torfni o‘g‘it sifatida toza holda ishlatib bo‘lmaydi, uni boshqa komponentlar bilan birga foydalaniladi.
Torfning 90 % dan ortig‘i Rossiyaning noqora tuproq mintaqasida joylashgan. Torfli maydonlar 80 mln ga ni tashkil etadi. Torf zahirasi quruq holiti hisoblanganda, 160 mlrd t ni tashkil etadi, bu dunyodagi torf zaxirasining 66 % ni tashkil etadi.
Torfning turlari uning paydo bo‘lish sharoitlari, relef elementlari bo‘ylab torfli botqoqlarning joylashishiga bog‘liqdir. Torfning turi uning tarkibiga kiruvchi qoldiqlarga qarab belgilanadi.
Torfli botqoqliklarning paydo bo‘lishi sharoitiga qarab 3 turga bo‘linadi.
1. Balandlikda hosil bo‘lgan torf.
2. Pastlikda hosil bo‘lgan torf.
3. O‘tish holatidagi torf.
Balandlikda hosil bo‘lgan torf relefning balandlik qismidan sfagnum moxidan va boshqa o‘simliklardan paydo bo‘ladi. Bu o‘simliklar ozuqa va namlikka kam talabchan bo‘ladi.
Pastlikda hosil bo‘lgan torf relefning pastki qismida sizot suvlari ta’sirida paydo bo‘ladi.
Bu torfning paydo bo‘lishida har xil moxlar, qamishlar, qayinlar, el, sasna, tol va boshqa namsevar hamda ozuqaga talabchan o‘simliklar muhim rol o‘ynaydi.
O‘tish holatidagi torf oraliq holatni egallab, uning ustki qavati balandlikdagi torfga, pastgi qavati pastlikdagi torfga yaqindir.
Torf paydo bo‘lishida ustunlikka ega bo‘lgan o‘simlik turining nomi so‘zning oxiriga va torf paydo bo‘lishida 2-darajali bo‘lgan o‘simlikning nomi so‘zning boshida keladi.
Agar torfning tarkibidagi o‘simlik qoldiqlari, asosan sfagnum moxidan iborat bo‘lsa, u vaqtda torfning o‘g‘itlik sifati past, agar qiyoqlar o‘simliklarning yog‘ochlik qismidan iborat bo‘lsa, bu xildagi torf ancha qimmatli hisoblanadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin