2.Marganetsli mikroo‘g‘itlar.
Marganetsli o‘g‘itlar sifatida marganetsli ruda sanoatning chiqindisidan foydalaniladi. Bu chiqindilar tarkibida 10-18 % marganets mavjud. Tashqi ko‘rinishi to‘q kul rang yoki qora rangli poroshok. Shuningdek, tarkibida marganetsi bor boshqa chiqindilar ham borki, ulardan ham qimmatli marganetsli o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin.
Bular jumlasiga: ferromarganets changi, tarkibida 26-32 % marganets oksidi, marten shlagi, tarkibida 10-14 % marganets oksidi bor. Bu suvda erimaydigan moddalarni tuproqqa solinganda, ulardan marganets asta-sekin ajraladi va o‘simliklarga o‘zlashadigan shaklga o‘tadi.
2. Marganetsli superfosfat. Oddiy superfosfatga nodadorlashtirishdan oldin 10-15 % marganetsli shlam qo‘shiladi. Bu o‘g‘itda 18-19 % fosfor oksidi va 1,5-2,5 % marganets bo‘ladi.
3. Marganets sulfat.
Qishloq xo‘jaligida zarur bo‘lgan marganetsli o‘g‘itlarning 30 % ga yaqinnini marganets sulfati tashkil etadi.
Marganets sulfatdan urug‘larni ekishdan oldin ishlashda va bargidan oziqlantirishda ishlatiladi.
50-100 g marganets sulfat 300-400 g talp bilan aralashtirilib, qand lavlagi, bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, no‘xat, kungaboqarning 100 kg urug‘i bilan aralashtiriladi. Mevali daraxtlarga sepish uchun har gektariga shunday aralashmadan 600-1000 g sarflanadi.
3. Misli mikroo‘g‘itlar.
1. Misli mikroo‘g‘itlardan eng ko‘p tarqalgani sulfat kislota sanoatining chiqindisi pirit ogarogi, tarkibida 0,3-0,6 % mis mavjud. Buning tarkibida misdan tashqari kobalt, molibden, rux va 50 % gacha temir ham bo‘ladi.
Bu o‘g‘itni 4-5 yilda bir marta har gektar hisobiga 500-600 kg dan kuzgi haydov ostiga yoki bahorda ekishdan oldin kultivatsiya bilan tuproqqa solinadi.
4. Molibdenli mikroo‘g‘itlar.
Molibdenli mikroo‘g‘itlarga, asosan ammoniy molibden kiradi. Tarkibidagi molibden 35 % ni tashkil etadi.
Molibdenli o‘g‘it sifatida mis, elektrolampa ishlab chiqarish, molibden ishlab chiqarish sanoatining chiqindilaridan foydalaniladi. Molibdenli o‘g‘itlardan foydalanishning samarali va iqtisodiy tomondan tejamli usuli - bu urug‘larni ekishdan oldin ishlashidir.
5. Ruxli mikroo‘g‘itlar.
Ruxli mikroo‘g‘itlarni shunday sharoitlarda ishlatish lozimki, ruxning harakatchan shakli, 1 kg tuproqda, noqoratuproq mintaqada 0,2-1,0 mg, qoratuproq zonada 0,3-2,0, kashtan va bo‘z tuproqlarda 1,4-1,8 mg dan kam bo‘lganda foydalanish mumkin. Ruxli o‘g‘it sifatida rux sulfat sanoatining chiqindisidan va ruxli bo‘yoqlar ishlab chiqarishdagi zavodlarning chiqindisi - polimikroo‘g‘itdan foydalaniladi. Uning tarkibida 19,6 % rux oksidi, 17,4 % rux silikat, 21.1 % alyuminiy oksidi va oz miqdorda mis va marganets ham bo‘ladi. Makkajo‘xori uchun har gektarga 20 kg dan MPU-7 solinadi.
Dostları ilə paylaş: |