«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə39/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Go‘ng, uning turlari va tarkibi
Go‘ng - organik o‘g‘itlarning asosiy mahalliy turi hisoblanadi. Go‘ngning tarkibida azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar hamda juda ko‘p miqdorda turli xil mikroorganizmlar bo‘lganligi uchun hamma vaqt unda biologik jarayonlar davom etadi. Bu jarayonlar natijasida go‘ng tarkibidagi organik va mineral moddalar shaklan o‘zgaradi, parchalanadi. Natijada go‘ngning sifati yaxshilanadi. Go‘ng o‘simliklarning oziqlanishi uchun eng muhim ozuqa manba hisoblanadi va undan foydalanishda ozuqa moddalar aylanishini tartibga solishda katta ahamiyat kasb etadi. Go‘ngning ana shu ulkan ahamiyatini hisobga olgan D. N. Pryanishnikov “mamlakatda mineral o‘g‘itlar qanchalik ko‘p ishlab chiqarilmasin, go‘ng hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, qishloq xo‘jaligida asosiy o‘g‘itlardan biri bo‘lib qolaveradi”, - deb yozgan edi.
CHorvachilikdan olinadigan go‘ng bilan birga tuproqqa o‘simliklar uchun kerak bo‘lgan hamma makro va mikroelementlar tushadi. Shuning uchun go‘ng to‘laqonli o‘g‘it hisoblanadi.
20 tonna go‘ng tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdori 250 kg superfosfat, 200 kg kaliy xlorid va 300 kg ammiakli selitra tarkibidagi ozuqa moddalar miqdoriga tengdir.
Yirik shakli hayvonlardan olingan go‘ngning har bir tonna quruq moddasi tarkibida 20 kg azot, 10 kg fosfor, 24 kg kaliy, 28 kg kaltsiy, 6 kg magniy, 4 kg oltingugurt, 25 kg bor, 230 go‘ng marganets, 20 g mis, 100 g rux, 1,2 gr kobalt, 2 g molibden va 0,4 g yod bo‘ladi.
Go‘ng o‘simliklar uchun faqat mineral oziqlanish manbaigina bo‘lib qolmay, balki karbonat angidrid bilan ta’minlash manbai hamdir.
Tuproqqa go‘ng solinganda, uning chirishi, parchalanishi natijasida ko‘plab miqdorda karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi va bu o‘simliklarning havodan oziqlanishini fotosintez jarayonini yaxshilaydi. Agar tuproqqa 30-40 t go‘ng solinsa, uning intensiv parchalanish davrida, o‘g‘it solinmagan yerga nisbatan, har kuni 1 ga hisobiga 100-200 kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi.
CHorva mollarini boqish texnologiyasiga qarab, to‘shalmali go‘ng, to‘shalmasiz, suyuq go‘ng va go‘ng shaltog‘i kabi go‘ng turlari mavjud bo‘lib, ular bir biridan tarkibiga, saqlash va foydalanish usullariga qarab farq qiladi.
1. To‘shalmali go‘ng va uning tarkibi.
To‘shalmali go‘ng hayvonlarning qattiq va suyuq ajratmalaridan hamda uning ostiga solingan to‘shamadan iborat.
Uning tarkibi va o‘g‘itlilik qimmati chorva mollarining turiga, to‘shamaning sifati va miqdoriga hamda go‘ngning saqlash usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Hayvonlarning qattiq va seroq holdagi ajratmalarining miqdori, tarkibi, o‘zaro nisbati, hayvonlarning ayrim turlari bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi.
Masalan, otlarda qattiq ajratmalari suyug‘iga qaraganda 3,5 baravar, qo‘y va qoramolda 2,5 baravar ko‘p, cho‘chqalarda esa aksincha jaratadigan siydigi go‘nggiga nisbatan ikki baravar ham ko‘proqni tashkil etadi.
Suyuq holdagi ajratmalarda oziq elementlari yaxshi eruvchan hamda o‘simlik tomonidan oson o‘zlashtira oladigan bo‘ladi. Hayvonlarning quruq va suyuq holdagi ajratmalari tarkibi va o‘zaro nisbati ular tomonidan iste’mol qilinadigan em-hashaklarning miqdori hamda sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Shirali ozuqalar ko‘p va ularning namligi yuqori bo‘lsa, hayvonlarning suyuq ajratmalari shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hayvonlar ozuqasi qanchalik oson xazmlanadigan bo‘lsa, hayvonlarning qattiq ajratmasi tarkibida quruq modda miqdori shuncha kam bo‘ladi. Hayvonlarga beriladigan kontsentrant ozuqa miqdori ham ortib boradi.
Hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan em-hashakdan go‘ngga o‘rta hisobda organik moddalarning 40 %, azotning 50 %, fosforing 80 % va kaliyning 95 % o‘tadi.
Hayvonlarning turi va to‘shamasiga qarab go‘ngning tarkibi, %

Go‘ngning tarkibi

Somonli to‘shamada

Torfli to‘shamada




aralash

Sigir

ot

qo‘y

cho‘chqa

sigir

ot

suv organik modda

75

77,3

71,3

64,6

72,4

77,5

67,0

umumiy azot

21

20,3

25,4

31,8

25,0

-

-

ammiakli azot

0,15

0,14

0,19

-

0,20

0,18

0,28

fosfor oksid

0,25

0,23

0,28

0,23

0,19

0,22

0,25

kaliy oksid

0,60

0,50

0,63

0,67

0,60

0,48

0,53

kaltsiy oksid

0,35

0,40

0,21

0,33

0,18

0,45

0,44

magniy oksid

0,15

0,11

0,14

0,18

0,09

-

-

Hayvonlar ostiga to‘shama sifatida solish uchun boshoqli don ekinlari solinadi, torf yoki torf qirqimlaridan foydalaniladi.


Xo‘jalikda olinadigan go‘ngning miqdori hayvonning turiga, umumiy soniga va ularni og‘ilxonada boquv davriga, em-xashak miqdoriga va qo‘llaniladigan to‘shalmaning turiga bog‘liq bo‘ladi. Xo‘jalikda olinadigan go‘ngning miqdorini quyidagi formula bilan hisoblab chiqarish mumkin.
K
N = (--------- + p) 4
2
N - go‘ng miqdori
K - oziq tarkibidagi quruq modda
p - to‘shama miqdori
4- koeffitsient (xo‘l go‘ngning massasi ozuqadagi quruq modda massasiga qaraganda 4 barobar ko‘p).

Bir yilda turli hayvonlardan olinadigan go‘ngning


miqdori, t hisobida

Og‘ilxonada boqish davri, kun

Qoramol yoki 2 yoshli gacha bo‘lgan buzoq

Otlar

Qo‘ylar

200 dan 220 gacha

7-8

5-6

0,8-0,9

180 dan 220 gacha

6-7

4-5

0,6-0,8

180 dan kam

4-5

2,5-3

0,4-0,5

2. To‘shamasiz (suyuq) go‘ng.


To‘shama sifatida foydalaniladigan materiallar chegaralangan hollarda tarkibida 85-87 % gacha suv bo‘lgan suyuq go‘ng olinadi.
To‘shama unchalik ko‘p bo‘lmagan holda to‘shalgan go‘ng va siydik aralashmasi chorvachilik fermasini tozalash ishlarini to‘liq mexanizatsiyalash imkonini beradi, lekin yarim suyuq holdagi go‘ng transport vositalarida tashish va yerga solish uchun noqulay fizik xossaga ega bo‘ladi. Bunday go‘ngdan azot ko‘p isrof bo‘ladi va uni dalaga chiqarib solishdan oldin torf yoki tuproq bilan kompostlash talab qilinadi. Yirik chorvachilik fermalari hamda chorvachilik komplekslarida chorva mollarini to‘shamasiz boqish tajribasi qo‘llanilib, bunda suyuq holatdagi harakatchan go‘ng aralashmasi olinadi.
Yirik chorvachilik komplekslarida suyuq holatdagi go‘ngning chiqishi yil davomida, o‘rta hisobda, tarkibidagi suv 90 % bo‘lganda, 2000 bosh sigir uchun 40 %, 10 ming bosh buqachalar uchun 100 t ni tashkil etadi. Bu miqdor cho‘chqalarda har 100 ming bosh cho‘chqa uchun 100 t ga boradi.
Bunday miqdordagi suyuq go‘ngdan foydalanishga faqat chorvachilik fermalarida go‘ngni transport vositalarida tashish, saqlash va undan foydalanish jarayonlarini to‘la ravishda mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish yo‘li bilangina erishish mumkin.

Suyuq go‘ngning chiqishi va uning tarkibi



Ko‘rsatkichlar

Qoramol

CHo‘chqa

har bir bosh hisobiga sutkada







go‘ng siydik chiqishi, kg

55

50

tarkibi, %







Suv

88,5

89,5

quruq modda

11,5

10,5

organik modda

8,6

5,2

umumiy azot

0,40

0,50

ammiakli azot

0,25

0,35

fosfor oksidi

0,20

0,25

kaliy oksidi

0,45

0,24

magniy oksidi

0,10

0,10

kaltsiy oksidinatriy

0,15

0,20

natriy oksidi

0,12

0,10


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin