«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə32/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

nazorat savollari

  1. O‘simliklarga fosfor qanday birikmalar ko‘rinishida qabul qilinadi?

  2. Nuklein kislotalarning ahamiyati?

  3. Fosfor qanday moddalar tarkibida bo‘ladi?

  4. Fosfor o‘simliklarda qanday jarayonlarda ishtirok etadi?

  5. O‘simliklarda fosfor etishmasligi qachon namoyon bo‘ladi?



8-ma’ruza
Mavzu: Kaliyli o‘g‘itlar va ularning olinishi.
Reja:
1. Kaliyning o‘simliklar hayotidagi roli.
2. Kaliyning qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va sifatiga ta’siri.
3. Kaliyli o‘g‘itlarning konlari.
4. Kaliyli o‘g‘itlarning turlari, normalari va yerga solish muddatlari.


Kaliyning o‘simliklar hayotidagi roli
Kaliy hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlar uchun zarur elementlar qatoriga kiradi.
Kaliyning ko‘p qismi o‘simlik hujayrasining shirasida bo‘ladi. O‘simlikning tunasida engil harakatchanlikka ea bo‘lib, ildizdan kechasi ajraladi va kunduzi yana singadi. O‘simliklarning eski qari bargidan yomg‘ir suvlari kaliyni ko‘plab yuvadi.
O‘simlikda kaliy bir tekis tarqalmagan, uning ko‘p qimsi modda almashinivi va hujayraning bo‘linishi intensiv ravishda ketayotgan organlarida mirestemasida, yosh novdalarida bo‘ladi.
Kaliy o‘simlikning changdonida ham ko‘p bo‘ladi. Makkajo‘xorining changdonida 35,5% gacha bo‘ladi. Kaliy o‘simliklarning tovar bo‘lmagan qismida ko‘p bo‘ladi.
Kaliy o‘simliklarda fotosintez jarayonini normal o‘tishini ta’minlaydi. Fermentlar tarkibiga kirmaydi. Lekin ularning faoliyatini tezlashtiradi.
Protoplazma kolloidlarining gidrofillik qobiliyatini kuchaytiradi. Kaliyning ta’sirida o‘simliklar suvni o‘zida ushlab turish qobiliyatini oshiradi. Qisqa muddatli qurg‘oqchilikka chidamliligini kuchaytiradi.
Kaliy bilan oziqlanish yaxshi bo‘lgan sharoitda o‘simliklarda uglevodlarning tez to‘planishi natijasida meva va sabzavotlarda qandning, kartoshkada kraxmalning, zig‘ir va boshqa tolali ekinlarda tolasining ingichkaligi va mustahkamligi ortadi. Xujayra shirasining osmotik bosimi va ekinlarning sovuqqa chidamliligi ortadi.
O‘simliklar kaliy bilan yaxshi ta’minlansa, oqsil ko‘p hosil bo‘ladi, azotni yaxshi o‘zlashtiradi.
Ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlarida kaliy azotga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Lekin hamma o‘simliklar va mikroblar kaliyni fosforga nisbatan ko‘p istemol qiladi.
Kaliy etishmaganda o‘simlik barglarining qirralari qizil-qo‘ng‘ir tusga kiradi. Ularning rivojlanishi va xosilning etilishi kechikadi.
O‘simliklar o‘zlaring har xil o‘suv davrlarida kaliyni har xil miqdorda qabul qiladilar.
Masalan, zig‘ir gullashdan oldin 25,1 % gullash boshlanganda 73,7%, to‘la gullaganda 98,7% qabul qiladi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari kaliyni birday talab qilmaydilar. Kaliyni nisbatan ko‘p talab qiladigan qishloq xo‘jalik ekinlariga qand lavlagi, karam kartoshka ildiz mevalilar, beda, kungaboqar, grechixa, don dukkakli ekinlar va makkajo‘xori kiradi. Arpa, tariq, bug‘doy, javdarlarning donida kaliyni miqdori kam bo‘ladi.
Kaliy azot va fosfordan farq qilib o‘simliklarning vegetatsiya qismida ko‘p bo‘ladi. G‘allali ekinlarning donida kam, poxolligida esa ko‘p bo‘ladi.
Kaliyning pichanda g‘allali ekinlaning poxolida ko‘p bo‘lishi kelgusida go‘ng tarkibidan kaliyni ko‘p bo‘lishini ta’minlaydi. CHunki poxol va pichanlar chorva mollariga oziqa hamda to‘shama sifatida foydalaniladi. To‘shama esa go‘ngning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ba’zi qishloq xo‘jalik ekinlarining xosili tarkibidagi


kaliyni miqdori

Ekin turi

Mahsuloti

Kaliy oksidi

Ekin turi

Mahsuloti

Kaliy oksidi

kuzgi donli

doni/poxol

0,65/1,10

bodring

mevasi

5,65

bahorgi g‘allali

doni/poxol

0,67/1,30

pomidor

mevasi

5,60

makkajo‘xori

doni/poyasi

0,43/1,93

zig‘ir

poxolida

1,10

no‘xat

doni/poxol

1,46/0,60

g‘o‘za

tolasi

1,00

qand lavlagi

il.meva/o‘s.

1,0/3,0

yo‘ng‘ichqa

pichan

1,80

ozuqa lavlagi

il.meva/o‘s.

3,5/2,63

Beda

pichan

1,80

kartoshka

kartoshka/o‘s.

2,40/3,70

Vika

pichan

1,20

karamda

Bosh

4,60

timofelka

pichan

2,42

sabzida

ild.meva

3,20













Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin