«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə29/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

nazorat savollari

  1. O‘g‘itlar necha guruhga bo‘linadi?

  2. Saoatda ishlab chiqarilgan o‘g‘itlarga va mahalliy o‘g‘itlarga qaysilar kiradi?

  3. Mineral o‘g‘itlar qanday xususiyatlarga ega?

  4. Mineral o‘g‘itlarning gigroskopikligi nima va u qanday ahamiyatga ega?

  5. Mineral o‘g‘itlarning sochiluvchanligi nima va uning ahamiyati?



7-ma’ruza
Mavzu: Fosforli o‘g‘itlar.
Reja:

  1. Fosforning o‘simliklar oziqlanishidagi roli.

  2. Fosforli o‘g‘itlarning o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi, hosili va sifatiga ta’siri.

  3. Fosforli o‘g‘itlarning turlari, yillik meyorlari va yerga solish muddatlari.



Fosforning o‘simliklar oziqlanishidagi roli
Fosfor ham azot singari o‘simliklarning oziqlanishida eng muhim elementlardan biridir. O‘simliklar fosforni asosan ortofosfat kislotaning anionlari holida o‘zlashtiradi. Ular fosforni metafosfat va pirofosfat kislota tuzlaridan, ular gidrolizlangandan so‘ng o‘zlashtirishi, shuningdek, ba’zi organik fosfatlarning fitin glyukoza fosfatlarning fosforini ham o‘zlashtirishi mumkin.
Uch asosli kislota bo‘lgan ortafosfat kislota rN 7-8 da va undan pastda dissotsiyalanib, bitta yoki 2 ta vodorod ajratib chiqaradi va ortafosfat kislota qoldig‘i anionlarini hosil qiladi. Mineral fosfatlar o‘simliklarning to‘qimalarida oz miqdorda bo‘ladi, lekin ular hujayra shirasi bufer sistemasining vujudga kelishida muhim rol o‘ynaydi.
O‘simliklarda fosforning organik birikmalaridan nuklein kislotalar, azotli asoslar, uglevodlarning molekulalari va fosfat kislotadan tarkib topgan murakkab yuqori molekulyar moddalar eng muhim rol o‘ynaydi. Ular organizmlar hayot faoliyatining eng muhim jarayonlarida oqsil sintezida o‘sish, ko‘payish, irsiy xususiyatlarning nasldan-naslga o‘tishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar bilan kompleks hujayralarning tsitoplazmasi va yadrosini qurishda ishtirok etadigan nukleotidlarni hosil qiladi. Fosfor fosfidlar yoki fosfolipidlar tarkibiga kiradi. Ular oqsil lipidli hujayra membranalarini hosil qiladi. Ularning turli moddalarni o‘tkazishini tartibga solib turadi.
O‘simliklardagi fosforning anchagina miqdori fitin ya’ni urug‘larni zapas moddasi tarkibiga kiradi. Bu modda o‘simlikning o‘sish, fosfor elementining manbai sifatida foydalaniladi. O‘simliklar to‘qimalaridagi fosfor organik birikmalarning muhim guruhi saxarofosfatlar bo‘lib ular fotosintez jarayonida uglevodlarni sintez bo‘lishida va parchalanishida muhim ahamiyatga ega.
O‘simliklarning hujayralarida fosfor energiya almashinuvida turli hil moddalar almashinish jarayonida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi. Fosfor uglevod va azot almashinishida fotosintez, nafas olish, achish, bijg‘ish jarayonlarida faol ishtirok etadi. O‘simliklarda uglevodlarning turli tuman o‘zgarishlari uglevodlar molekulalariga fosfat kislotaning birikishidan yoki uning ajralib chiqishidan, ya’ni ularning fosforlanishi va defosforlanishidan boshlanadi. Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun energiyaga boy fosforli birikmalar ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ular orasida ATF asosiy rol o‘ynaydi. ATF nafas olish jarayonida ajralib chiqadigan fotosintezda to‘planadigan asosiy energiya aktseptori va turli xil sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun asosiy energiya taminotchisi hisoblanadi.
Uglevod almashishida fosfor katta rol o‘ynagani sababli fosforli o‘g‘itlar qand lavlagida shakar to‘planishiga, kartoshka tuganaklarida kraxmal to‘planishiga va boshqa jarayonlarga ijobiy ta’sir qiladi. Fosfor o‘simliklarda azotli moddalar almashinuvida ham muhim rol o‘ynaydi.
O‘simliklarning azotli va fosforli oziqlanishi orasidagi uzviy bog‘lanish ham ana shu jarayonlar bilan ifodalanadi.
Fosfor etishmaganda oqsil sintezi buziladi va uning o‘simlikdagi miqdori kamayadi.
Azot singari fosfor ham o‘simliklarning organik moddalar sintezlanish jarayonlari intensiv boradigan reproduktiv va yosh o‘suvchi organlarida hamda qismlarida eng ko‘p bo‘ladi. Fosfor eskiroq barglardan o‘sish zonasiga o‘tish va takpror foydalanishi mumkin, shu sababli o‘simliklarda fosfor etishmasligining tashqi belgilari avvalo eski qari barglarda bilinadi.
O‘simliklarda fosfor etishmasligi yosh nihol paytida, xali rivojlanmagan ildiz sistemasining o‘zlashtirish qobiliyati past bo‘lgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi.
Bu davrda fosfor etishmasligining salbiy ta’sirini keyinchalik fosfor bilan ko‘p oziqlantirish orqali ham tuzatib bo‘lmaydi.
O‘simlik fosforni vegetativ organlari intensiv o‘sayotgan davrda eng ko‘p o‘zlashtirsa ham o‘sishning boshlang‘ich davri fosforli oziqlanishiga nisbatan olganda kritik davr xisoblanadi.
Shu sababli o‘simlikni vegetatsiya boshlanishida oson eriydigan fosfor bilan ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Reproduktiv organlarning shakllanish davrida o‘simliklarni fosfor bilan ta’minlashning muhim ahamiyati bor.
Bu davrda o‘simliklarni fosfor bilan kuchli oziqlantirish reproduktiv organlar hosil bo‘lishini va o‘simliklarning pishib etilishini tezlashtiradi, hosilni va uning sifatini oshiradi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin